Avtotransport vositalarida


Takrorlash uchun savollar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

Takrorlash uchun savollar:
1. Taksilarda nozimlik boshqarish qanday vazifalarni bajaradi?
2. Yengil avtomobil-taksilarni safarga chiqarishga tayyorlash va
chiqarish qanday amalga oshiriladi?
3. Yengil avtomobil-taksi uchun buyurtmalar qanday turlarga
bo‘linadi?
4. Avtomobil-taksilarga buyurtmalarni qabul qilish nozimi mijozdan
qanday ma’lumotlarni oladi?
5. Avtobuslar harakatini nazorat qilishda GPS tizimini tatbiq etish
qanday samara beradi?
25-rasm. «Teletrek» tizimining ko‘rinishi.
GPS
yo‘ldosh
Ma’lumotlar
almashuvi
Dispetcherlik
dasturi bilan
ta’minlash
Dispet-
cher
Ma’lumot-
lar bazasi
Tele-
matik
server
Dispetcherlik ish joylari lokal-global
tarmoq orqali birlashtirilishi mumkin
Koordinatalarni
aniqlash


143
4-bob. AVTOBUSLAR VA TAKSILAR ISHINING
SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
4.1. Aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifati
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni, transport xizmati bozorida
raqobatning vujudga kelishi, qaysi mulkchilikka mansubligidan qat’i
nazar barcha yo‘lovchi tashuvchi korxonalarda aholiga yuqori sifatli
transport xizmatini ko‘rsatish masalasini eng birinchi hal qilinishi
kerak bo‘lgan masalaga aylantirib qo‘ydi.
Hozirgi davrda aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy tashuvchilar
bir-biri bilan hamda aksiyadorlik jamiyatlari bilan raqobatlashyapti.
Bugungi kunda qaysi mulkchilikka mansubligidan qat’i nazar,
har bir korxonaning oldida turgan eng dolzarb masala avtomobil
transporti mahsulotini, ya’ni transport xizmatini qayerda, kimga
va qanday qilib boshqa korxonalarga qaraganda ko‘proq sotish
masalasidir. Bunday murakkab masalani yechish yo‘llaridan biri
transport xizmati sifatini tubdan yaxshilashdir.
Buning uchun transport korxonalari yo‘lovchilarning quyidagi
talablarini qondirishlari kerak: harakat va qatnovlar muntazamligini
ta’minlash, bekatgacha piyoda yurib borish masofasini kamaytirish,
yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamaytirish, imkoni boricha ko‘zlangan
manzilga bitta avtobusda yetib borishni ta’minlash, yo‘lovchilarni
kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash, yo‘lovchilar uchun salon
ichidagi maishiy qulaylikni yaratish, yo‘lovchilar xavfsizligini
ta’minlash va boshqalar.
Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish sifatini baholash uchun
me’yorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, eng asosiylariga quyidagilar kiradi:
— sig‘imdan foydalanish koeffitsiyenti 0,73—0,78 dan ort-
masligi;
— harakat muntazamligi 98% dan kam bo‘lmasligi;
— harakat intervalining shahar ichi tashishlarda 20 daqiqadan
ortmasligi;
— transport tarmog‘i zichligining 2,5 km/km
2
dan kam
bo‘lmasligi.


144
Transport xizmatini sifatli ko‘rsatishning asosiy ko‘rsatkich-
laridan biri bu yo‘lovchilarning manzillariga yetib borish vaqtidir.
Bu quyidagi vaqtlardan tashkil topadi:
— bekatgacha va bekatdan o‘z manziliga yetib borish vaqti — t
et
;
— transportni kutish vaqti — t
kut
;
— transportda harakatlanish vaqti — t
har
;
— boshqa transportga o‘tish uchun sarflanadigan vaqt — t
bosh
;
— avtobus to‘la bo‘lgani sababli keyingi avtobusni kutish uchun
sarflanadigan vaqt — t
kut
.
Bugungi kunda aholiga transport xizmatini ko‘rsatish sifatining
integral ko‘rsatkichidan foydalanilyapti (17-jadval):
K
tx
= K
1
· K
2
· K
3
· K
4
;
bu yerda: K

— avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsiyenti;
K

— yo‘lovchilar sarflaydigan vaqtning nisbiylik koeffitsiyenti;
K
3
— harakat muntazamligi koeffitsiyenti;
K
4
— yo‘l-transport hodisalarining o‘zgarish koeffitsiyenti.
17-jadval
Yo‘lovchi tashish avtomobil transporti xususiy tashuvchilar
hisobiga yuqori sur’atlar bilan rivojlanib borishiga qaramasdan,
uning ishidagi barcha muammolar to‘la hal qilinmagan.
Aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda kamchiliklarni yuzaga
keltiruvchi asosiy sabablar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
— transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir-
lashning qoniqarli tashkil etilmaganligi;
— yo‘nalishlarning zarur avtobuslar bilan yetarli ta’minlan-
maganligi;
Servis
darajasi
Sifat mezonlari koeffitsiyentlari
K
1
K
2
K
3
K
4
K
tx
Namunali
1,0
1,0
0,98
0,98
0,96
Yaxshi
0,88—0,94
0,92
0,95
0,85
0,65—0,69
Qoniqarli
0,78
0,75
0,93
0,7
0,38
Qoniqarsiz
0,78 dan
kichik
0,75 dan
kichik
0,73 dan
kichik
0,7 dan
kichik
0,38 dan
kichik


145
— bosh va shoxbekatlarda, yo‘nalishlarda transport jarayonini
tashkil etishning samarali shakllaridan va ilg‘or usullaridan sust
foydalanilishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun
boshqaruvning sifat tizimi ishlab chiqilgan. Boshqarishning sifat
tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— sifat me’yorlarini ishlab chiqishni;
— tashishga va tashish sifatiga bo‘lgan talabni o‘rganish hamda
aniqlashni;
— sifat darajasini oshirishni rejalashtirishni;
— sifat me’yorlariga erishish maqsadida tashkiliy-texnik
tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishni;
— transport vositasining tasarruf ko‘rsatkichlarini yaxshilash
uchun ishlab chiqarish texnika bazasini doimo yangilab va to‘ldirib
borishni;
— ayrim ishchilarni va butun avtosaroy jamoasini sifatni
oshirganligi uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borishni;
— samaradorlik va mehnat sifatini oshirish bo‘yicha,
yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish, yaxshi ishchi, brigada,
yo‘nalish va boshqa avtosaroylar o‘rtasida musobaqa tanlovlarini
o‘tkazishni;
— sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar to‘p-
lashni, tahlil qilishni, me’yorlardan chetga chiqishni aniqlashni va
kamchiliklarni tuzatishni;
— ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qilishni.
Qaysi mulkchilikka mansubligidan qat’i nazar, barcha yo‘lovchi
tashuvchi korxonalar yuqorida keltirilgan transport xizmatini
ko‘rsatish sifatini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi
omillarni o‘rganib borishi va ularni yaxshilash masalalarini hal
etishlari kerak, aks holda tenderlarda mag‘lub bo‘lishlari, bu esa,
o‘z navbatida, ularning inqirozga uchrashlariga olib keladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling