Avtotransport vositalarida
Avtobuslar harakatini GPS tizimi orqali
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
3.11. Avtobuslar harakatini GPS tizimi orqali
nazorat qilish va boshqarish Bugungi kunda «Toshshahartransxizmat» Uyushmasi tasar- rufidagi MNX eng zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari bilan ta’minlaganligiga qaramay, avtobuslar harakati va qatnov- lar muntazamligini ta’minlash eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolyapti. Harakatlanish va qatnovlar muntazamligining buzilishiga olib kelayotgan obyektiv va subyektiv sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Tig‘iz vaqtdan keyingi vaqtlarda, ya’ni yo‘lovchilar oqimi kamaygan oraliqda ba’zi qatnovlarning haydovchilar tomonidan bajarilmasligi. 2. Ish kunining oxiridagi qatnovni ko‘p hollarda bajarmay haydovchilarning saroyga qaytib ketishi. 3. Bir ko‘cha-yo‘l tarmog‘idan bir nechta avtobus yo‘nali- shining o‘tganligi sababli bir paytda bir nechta avtobuslarning bekatga yetib kelib qolishi natijasida oraliq bekatlarda avtobuslar- ning zaruratdan ortiq turib qolishi. 4. Oraliq bekatda avtobusning ortiqcha ushlanib qolishi sababli haydovchilarning belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakat- lanishi va natijada xavfli yoki avariya vaziyatlarining vujudga kelishi. 5. Yo‘nalishda avtobuslarning ko‘rilayotgan istalgan vaqtda (on line) harakat jadvaliga muvofiq harakatlanayotganligini yoki avtobuslarning belgilangan yo‘nalishdan tashqariga chiqishini nazorat qilish imkoniyatining yo‘qligi. Bugungi kunda har bir haydovchi uyali telefon apparatiga egaligi sababli avtobuslarning yo‘nalishdagi harakatini, asosan, 138 o‘zlari tartibga solmoqdalar. Yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, haydovchi va yo‘nalish nozimla- riga nisbatan ko‘rilayotgan choralar ham hech qanday samara bermayapti. Tajribalardan aniqlanishicha, bugungi kundagi fan va texnika taraqqiyoti (fazoga sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi) bu kam- chiliklarni to‘liq bartaraf etish imkoniyatini berishi mumkin ekan. Birinchi sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi yo‘ldosh orqali transportlar harakatini nazorat qilish imkoniyatining yaratili- shiga asos bo‘ldi. GPS (Global Positioning System) tizimlari hozirgi zamon sun’iy yo‘ldosh monitoringi transport vositalarining on line vaqtda qayerda va qanday harakatlanayotganligini aniqlab beradi. Hozirgi zamon GPS tizimlari haydovchilar butun ish kuni davomida nazorat ostida ekanliklarini bilishlari sababli boshqa yo‘nalishlarga o‘tib ketish ehtimolini kamaytiradi hamda ularning intizomi ham oshishiga olib keladi (21-rasm). Avtotransport sun’iy yo‘ldosh monitoring tizimi avtomo- billarning harakatlanishini kuzatib borish bilan bir paytda, 21-rasm. GPS tizimi orqali avtomobillarning harakatlanishini kuzatib borish. 139 ularning yo‘nalishdan og‘ishi, favqulodda vaziyatlar vujudga kelib qolganida SMS orqali korxonaga xabar yuborishi mumkin. Transport vositalari korxonaga qaytib kelganida ma’lumotlarni o‘zida saqlab qolishi sababli berilgan topshiriqning qanday bajarilganligi to‘g‘risida yozma matnda yoki jadval ko‘rinishida hisobot tayyorlab beradi. Rossiya olimlari ishlab chiqqan ÃËOÍAÑÑ (Ãëîáàëüíàÿ íàâèãàöèîííàÿ ñïóòíèêîâàÿ ñèñòåìà) 1980-yillarda yaratila boshlagan va birinchi yo‘ldosh 1982-yil 12-oktabrda fazoga uchirilgan. 1993-yili ÃËOÍAÑÑ tizimining birinchi navbati ishga tushirilgan. Sun’iy yo‘ldosh tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega (22-rasm): 22-rasm. Avtobusning harakatini nazorat qilish. Xarita Yo‘ldosh Gibrid Landshaft Yo‘nalish Ma’lumotnoma Avtobus Trolleybus Yo‘nalishli taksi Avtobus ¹45 (4 grafik) Jadval 09:37 Kirov maydoni 13:04 Chemskoy maydoni 13:40 Kirov maydoni 13:59 Petuxov ko‘chasi 14:17 Kirov maydoni Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling