Avtotransport vositalarida


Yo‘lovchi avtomobil transportida nazorat


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/66
Sana24.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1226181
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

4.4. Yo‘lovchi avtomobil transportida nazorat
qilishni tashkil etish
Ma’lumki, agar biron-bir muassasaning yoki tashkilotning
faoliyati nazorat etilmas ekan, bunda birinchi galda iste’molchilar
zarar ko‘radilar. Shuning uchun ham avtokorxonalar ishini nazorat
qilishni tashkil etish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Nazorat
qilish ishlarining nima maqsadda va kim tomonidan amalga
oshirilishiga qarab ikki turga ajraladi:
— korxona faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish;
— korxonadan yuqori darajada turgan boshqaruv organlari va
korxonaning o‘zi o‘tkazadigan ichki nazorat.
Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga yordam
berish ulardagi qonunbuzarliklarni fosh qilish yoki oldini olish
maqsadida o‘tkazadigan nazoratlar davlat nazorati deb ataladi.
O‘tgan davr ichida ATK faoliyatini davlat tomonidan nazorat
qilishni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy
baza yaratildi. Bunday hujjatlarning eng asosiylaridan biri O‘zbekiston
Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda 717-I-son bilan qabul
18-jadvalning davomi
Tramvay
1. Tashish imkoniyatining yuqo-
riligi
2. Tashish tannarxining kichik-
ligi
3. Harakatlanuvchi tarkibning
xizmat qilish muddatining kat-
taligi
4. Boshqarishning soddaligi
1. Manyovrlanganligining
kichikligi
2. Atrof-muhitning shovqinga
to‘ldirilishi
3. Dastlabki xarajatlarning
sezilarli darajada ko‘pligi
4. Oldinda to‘xtab turgan
tramvaydan o‘tish imkoniya-
tining yo‘qligi. Rele va elektr
tarmoqlari bilan ko‘chani
tiqilinch qilishi


155
qilingan «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan
nazorat qilish to‘g‘risida»gi Qonunidir.
Ushbu qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan
vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun
hujjatlari, tekshiruv turlari va boshqalar bayon etilgan.
Unda tekshirishlarni o‘tkazish shartlari, tekshiriladigan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar, tekshiruvchi organlar va mansabdor shaxs-
larning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalar ham to‘liq bayon etilgan.
Korxonaning yuqori tashkiloti va korxonaning o‘zi tashkil
etadigan nazorat-taftish ishlarining asosiy maqsadi korxonaning
daromadini oshirish va har xil qoida hamda qonunbuzarliklarning
oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ishlarning ichida yo‘nalishlarda
avtobuslar va yengil avtomobil-taksilar ishini nazorat qilish eng
muhim vazifalardan biri hisoblanadi va ular quyidagicha amalga
oshiriladi:
— avtobuslar va avtomobil-taksilarning ish tartibiga rioya etishini
nazorat qilish;
— haydovchilar va konduktorlar tomonidan moliyaviy
intizomga amal qilinishini nazorat qilish;
— yo‘lovchilarni tashish qoidalariga amal qilishlarini nazorat
qilish;
— reydlar o‘tkazish yoki butun yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi
nazorat-taftish ishlarini o‘tkazish.
Shahar ichi yo‘nalishlarida avtobuslarda tashishni nazorat qilish
davrida ularni bekatlar orasida harakati paytida to‘xtatish taqiqlanadi.
Nazoratchilar avtobusga faqat bekatda to‘xtab turganida chiqishlari
yoki tushishlari mumkin. Shahar atrofi va shaharlararo yo‘na-
lishlarda bekatgacha 200—250 m masofa qolganda to‘xtatish va
tekshirishga ruxsat etiladi. Bunda avtobuslar to‘xtaydigan joyda
harakat xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi, ya’ni yo‘l harakati qoida-
lariga amal qilingan bo‘lishi kerak (masalan, to‘xtash taqiqlanadigan
joylarda avtobusni to‘xtatish taqiqlanadi va hokazo). Nazorat
muntazam ravishda yoki butun ish kuni davomida amalga oshirilishi
mumkin. Bunday nazoratlar shahar ichi va yo‘nalishlarida bir kunda
5—6 marta, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda 3 kunda
bir marta, avtomobil-taksilarda esa 2 kunda bir marta amalga
oshiriladi.


156
Bir oyda bir marta avtobus yo‘nalishida butun ish kuni davomida
o‘tkaziladigan nazoratlar, asosan, avtobuslarga kunlik daromad
rejasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Haydovchilar va chiðtachilar tomonidan moliyaviy intizom
shu qatnov davomida sotilgan biletlarning seriyasi va raqamini
tekshirishdan boshlanadi va chiðta-hisob varaqasi bilan tekshiriladi.
Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda sotilgan biletga
qarab yo‘lovchilar yurgan masofasi uchun to‘g‘ri haq to‘laganligi
aniqlanadi. Bunda biletga qo‘yilgan barcha belgilar to‘g‘riligi
tekshiriladi.
Xuddi shunday usulda olib ketilayotgan bagaj uchun haq
to‘langanligi tekshiriladi.
Agar yo‘lovchining chiðtasi yo‘qligi aniqlansa yoki haqiqiy
emas deb topilsa, ulardan belgilangan qoidaga asosan jarima
undiriladi. Agar yo‘lovchiga shu qatnov uchun haqiqiy bilet sotil-
magan bo‘lsa, bunday holat uchun guvohlar ishtirokida dalolat-
noma tuziladi.
Agar yo‘lovchidagi oylik yo‘l chiðtalari yoki ularning guvoh-
nomalari noqonuniy deb topilsa, ular olib qo‘yiladi va yo‘lovchidan
jarima undiriladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling