Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси
Download 413 Kb.
|
А - 58. Kardanga TXK
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV SOATLARI
- MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
- MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
«Avtotransportni ishlatish va ta’mirlash» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi MODUL RAQAMI: A.58. MAVZU: «Kardan, asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlarning texnik holatini baholash, TXK rostlash». MAQSAD: O‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kardan, asosiy uzatma, differensialga, TXK va rostlash ishlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish. O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa). MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR: Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya etish; Detallarni tozalash va yuvish; Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish; Asbob-uskunalardan to‘g’ri foydalanish; MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR; Xavfsiz ishlash usullari; Kardan, asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qda kuch uzatmasida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari; Rostlash va sinash usullari. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR: Zamonaviy avtomobillarda shu jumladan UZDAEWOO avtomobillari TICO, NEXIA, MATIZ DAMAS avtomobili agregatlariga davriy texnik xizmat ko‘rsatish yetakchi g’ildirak yuritmasining sharnir va zichlagichlari, uzatmalar qutisi va asosiy uzatma karteridagi transmission moy har 20 000 km masofa bosilgandan so‘ng tekshirilib, almashtirilishi nazarda tutilgan. DAMAS avtomobilining transmissiya agregatlaridan kardanli uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlarga tashhis qo‘yish yo‘li bilan ularning me’yoriy ko‘rsatkichlarga mos kelish-kelmasligini aniqlanib, zarur bo‘lsa rostlash ishlarini bajariladi. Avtomobilga TXK va rostlash ishlarini bajarishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak Domkratdan foydalanish. Avtomobil tekis va qattiq maydonchaga qo‘yiladi va to‘xtatib turish tormozi bilan qaydlanadi. Ko‘tarilayotgan g’ildirakka nisbatan diagonal bo‘yicha oldingi va orqa g’ildiraklarning siljimasligini oldini olish uchun tirgaklar qo‘yish kerak. Domkrat vertikal holatda o‘rnatilib kallagi osma richagiga tekkuncha (oldingi g’ildiraklar uchun) yoki ressor chuqurchasiga tiralguncha (orqa g’ildirak uchun) ko‘tariladi. Domkrat yerdan avtomobilni sekin va ravon ko‘tarishi tavsiya etiladi. Avtomobilning vertikal yo‘nalishda ko‘tarilishiga e’tibor bering, agar vertikal yo‘nalishdan og’sa avtomobil tushirilib, domkratning holatini o‘zgartiring. Avtomobil yer yuzasiga qiya ko‘tarilmasin. Falokatning oldini olish uchun, avtomobil ko‘tarilayotgan vaqtda uning ostida biron-bir kimsaning kirishiga yo‘l qo‘ymang. Agregatlarni ajratishdan oldin, ularni imkon qadar tozalab artilishi kerak. Moy tekkan agregatlar sirpanchiq bo‘lib, tushib ketish ehtimoli ko‘payadi. Download 413 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling