Misollarni tarjimasiga e’tibor bering:
I like to pay my bills as soon as I get them – Men to’lovlarni olishim bilanoq to’lashni yaxshi ko’raman
(men to’lovlarni o’z vaqtida to’lash to’gri va yaxshi deb o’ylayman. Buyerda vaqtida to’lashdan rohatlanmayman shunchaki vaqtida to’lash to’g’ri deb o’ylayman.)
VERBS OF PERCEPTION
Sezgi a’zolarimiz orqali his qilishni ifodalaydigan fe’llarimizdan so’ng, biz Verb1 yoki Verb-ing ishlatamiz. Ular biror ish harakatni jarayoni to’liq yoki qisman ishtirok etganimizga qarab ishlatiladi. Agarda siz ish-harakat jarayonida to’liq ishtirok etsangiz, boshidan oxirgacha bunda fe’lining oddiy shakli (verb1) foydalanamiz. Ish-harakatni biror qismidi qatnashgan bo’lsangiz Verb-ing ishlatasiz. Pastdagi qoidalar bilan tanishib chiqing.
-
See + Somebody + Verb1 – Kimdir nimadir qildi va biz uni ko’rdik shuni aytishda ishlatamiz.
I saw Shohsanam get into the car – Men Shohsanamni mashinaga o’tirganini ko’rdim (Butun ish-harkatni boshidan oxirigacha ko’rdim)
See + Somebody + Verb-ing - Kimningdir nimadir qilayotgani ko’rdik va shuni aytishda ishlatamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |