Ma’lumotlarning ierarxik modellari. Ma’lumotlarning ierarxik modeli o’zaro bog’liq ob’ektlarning majmuasidir. MB ning ierarxik modeli asosini ag’darilgan daraxt(graf) tashkil etadi. Shuning uchun, ierarxik modelda ma’lumotlar daraxtsimon bog’lanish ko’rinishda saqlanadi deyiladi. Ushbu model sath, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki,
quyi sathdagi bir necha tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir. Soddaroq
qilib aytganda daraxt shoxlarga ajraladi va har bir shox o’z navbatida yana shoxga ajralishi mumkin.
Bog’lanishlar tarkibi MB da qat’iy qayd qilinadi va bog’lanishlar soni cheklangan bo’ladi. Bog’lanishlarni o’zgartirish tarkiblarini o’zgartirishga va berilganlarni qaytadan kiritishga olib keladi.
2.1-misol. Davlatlar, ular tarkibidagi viloyatlar xamda viloyat tumanlari va h-
zolar.
Buxoro
Vobkent
manga bo’ysun
Bu ruyxatni tu
Qorovulbozor
uvchi mahalla yig’inlari, mahalla yig’inlariga
qarashli aholi yashash joylari tartibida davom ettirish mumkin.
Ma’lumotlarning to’r (tarmoqlangan) modellari. Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (turli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi
kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. U ham tugun, sath, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali ‘erkin’, ya’ni, ‘har biri hamma bilan’ ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
Tarmoqsimon yoki to’rsimon ko’rinishdagi MB dagi ma’lumotlar ham ierarxik ko’rinishdagidek tasvirlanadi, ammo undan farqi ixtiyoriy bug’in bevosita boshqa bug’inga ham bog’lanishi mumkin.
Internet tarmog’i to’rsimon MB ga misol bula oladi.
2.3-misol. Ta’lim muassasasidagi o’qituvchilar va talabalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |