Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Ilova sahifalarining strukturasi


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

Ilova sahifalarining strukturasi. Ta`limiy multimediali ilova sahifalari bir 
qancha sohalarni o‘z ichiga oladi: 

sahifaning ilovada joylashgan o‘rnini ko‘rsatuvchi sohasi (sahifa 
nomeri, mavzu yoki mavzu osti nomlanishi); 

matnga grafik qo‘shimchalar (formula, grafik, jadval va 
h.k.),gipermatnlar kiritilishi mumkin; 


92 

sahifadagi o‘quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha 
(sxema-kurs shaklida); 

sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha (oldingi, keyingi 
sahifaga, mundarijaga o‘tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi); 

sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik 
resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga 
gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida 
chaqiriladi; 

o‘quv materialining qisqacha mazmuni. O‘quv materialining to‘liq 
matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo‘lishi juda muhim. Sxema-
kurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema) berilishi yaxshi 
samara beradi. 
O’z bilimini tekshirish tizimi. O‘z bilimini tekshirish tizimiga alohida 
e'tibor berilishi kerak. Ilovaning hamma qismini qamrab olgan, interaktiv, bilim 
darajasini yaxshi nazorat qiladigan bo‘lishi lozim. Ilova bazasidagi barcha savollar 
o‘quvchi uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, 
har bir javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak. 
Matn fragmentlarini izlash. Ilovada bunday funksiyaning bo‘lishi shart. 
Izlash ikki variantda bo‘lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki 
shu elementni o‘z ichiga olgan so‘zlarni ham izlash. 
Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro‘yxati alohida sahifada keltiriladi. 
Bu sahifada nafaqat ilova mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning 
ham ro‘yxati beriladi. Bundan tashqari ilovani yaratgan tashkilotning to‘liq 
rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling