Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
LOYIHA ASOSI
Reja: Loyiha asosini tashkil etuvchilari. Ranglar. Kontrast. Loyiha asosini tashkil etuvchilari. Hozirgi vaqtda multimedia mahsulotini ishlab chiqishga juda katta e'tibor qaratilyapti, ayniqsa agar ED yoki kompyuter ensiklopediyasi, rivojlantiruvchi va o'rgatuvchi dasturlar bo'lsa. Multimedia mahsuloti nima? Birinchidan bu dastur mahsuloti bo'lib, foydalanuvchiga interaktiv ya'ni muloqotli rejimda odam va kompyuter o'rtasida komanda orqali bo'lib o'tadigan ish rejimini taklif etadi. Ikkinchidan bu muhitda turli audio va video effektlar ishlatiladi. Multimediya mahsuloti – interaktiv kompyuter ishlanmasi bo'lib, uning tarkibiga musiqa, videokliplar, animatsiya, suratlar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar ombori va x.k kirishi mumkin. Multimedia loyihasi ishlab chiqilganda imkon boricha ma'lum etaplar ketma- ketligin saqlash kerak. I etap. Mavzuni tanlash va muammoning qo'yilishi. Mavzu aniqlangandan so'ng, loyihaning maqsadi va vazifasi ko'rsatilgan, multimedia loyihasini ishlab chiqish uchun topshiriq yozilishi kerak. II etap. Oby'ekt tahlili. Bu bosqichda loyiha qanday oby'ektlardan tashkil topishi va u obu'ektlar qanday parametrlaga egaligi ko'rib chiqiladi III etap. Ssenariy ishlab chiqish va model sintezi. Ssenariy ishlab chiqilganda loyiha bilan ishlash ketma-ketligini, ish jarayonini o'zgartirish va undan chiqish(ishni tugallash)ni ko'ra bilish, buzilish holatlari kelib chiqishini oldini olish 89 maqsadida, ularni kelib chiqishini ko'ra bilish. Shu bilan birga ishni invariantlik darajasini aniqlash, ya'ni bir natijaga turli yo'l bilan erishish kerak. Ssenariyga ish jarayonni tovushlashtirish ham kiritilgan bo'lishi kerak. Ikkinchi bosqich tahlil natijalarida foydalanib, bo'lajak loyiha ma'lum modelini tanlash. Maslan, bu alohida dastur mahsulotlari yoki loyiha ob‘yektlarin chaqirib olish imkoniyatiga ega bo'lgan iyerarxik model bo'lishi mumkin. Model tanlangandan so'ng, uning ilovalar va bog'lanishlari ko'rsatilgan sxemasini chizish kerak. IV etap. Ma'lumotni taqdim etish shakli va dastur mahsulotlarini tanlash. Ssenariy ishlab chiqilib, model tanlangandan so'ng loyihani amalga oshirish dastur mahsulotlarini aniqlash kerak. Bu bosqichda o'zingizni ikki dasturiy mahsuloti bilan ta'minlashingiz kerak: loyihani tashkil etadigan materiallarni tayyorlash va qayta ishlash: grafik ob‘yektlar, audio- va videoyozuvlar, matn; multimedia mahsuloti uchun instrumentariy. Dastur vositalari tanlangandan so'ng ma'lumotni taqdim etish formasini va uni amalga oshirish instrumentlarini tanlash kerak. V etap.Ob‘yekt kompyuter modeli sintezi. Tanlangan dastur mahsulotlari imkoniyatlari ko'rib chiqilgandan so'ng loyihani kompyuterda amalga oshirishga o'tish mumkin. Loyiha kompyuter modeli amalga oshirish jarayonida quyidagi ikki bosqichni o'tish kerak. Bosqich 1. Materialni ishga tayyorlash. Bu bosqichda tanlangan dastur mahsulotlari yordamida grafik, matn, gipertekst, audio- va videomateriallar tayyorlanadi. Materiallarni tayyorlash ishi yaxshi malaka talab qiladi. Bosqich 2. bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dastur mahsulotlari asosida multimedia loyihasining testlanadigan kompyuter modeli yaratiladi. 90 VI etap. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. Endi yaratilgan ilova bilan ishlash: ko'rib chiqish, izlash, informatsiyani tanlash va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin. Ta`limiy multimediali ilovaning strukturasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: muqova; titul ekran; mundarija; annotatsiya; o‘quv materialining to‘liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik); o‘quv materialining qisqacha mundarijasi (sxema-kurs shaklida); qo‘shimcha adabiyotlar; o‘z bilimini tekshirish tizimi; cheklangan nazorat tizimi; matn fragmentlarini izlash; mualliflar ro‘yxati; tayanch iboralar; darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma. Muqova. Ta`limiy multimediali ilova muqovasi o‘z ichiga grafik, animatsiya, video yoki haraktlanuvchi annotatsiyadan iborat bo‘lsa o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling