Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon
bo‘lishi mumkin, lekin bu sahifaning gipermatnlar bilan to‘lib ketishiga olib keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, grafiklarga ham yo‘llovchi bo‘ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning ta'riflarini alohida sahifada joylashtirgan ma'qul. 93 Ranglar. Odatda multimediali ilova dizaynning asosini rang tashkil etadi. Dizaynerning har qanday ijodiy ishi quyidagilardan iborat bo‗ladi: 1) Rasm. 2) Tekst 3) Rang Bularning ichida dizaynning ko‗rkam bo‗lishini hal qiluvchi narsa bu aynan rang hisoblanadi. Duch kelgan rangni tanlash ko‗rimsiz dizaynga sabab bo‗ladi. Rang tanlashda juda ehtiyot bo‗lish kerak. Aslida ranglar bilan ishlash haqida juda ko‗p kitoblar yozilgan. Agar internetning qidiruv saytlaridan ―Color theory‖ yoki ―Color scheme‖ – deb qidirsangiz bu haqda juda ko‗plab maqola va kitoblar borligini ko‗rasiz. Ammo bularni chuqur o‗rganish sizdan ko‗p vaqt talab etadi. Qolaversa ularni hammasini siz amalda qo‗llamaysiz. Tabiatga diqqat bilan etibor qilsangiz, undagi har bir rang nimadandir darak beradi. Masalan yashil rang insonni ruhan tinchlantiradi. Shuning uchun tabiatda asosan yashil rang ko‗p takrorlanadi. Qizil rang esa insonni hushyorlikka chaqiradi yoki ogohlantiradi. Shuning uchun jonzotlarning qoni qizil rangda. Tikonli atirgullarning rangi ham qizil bo‗lishi bejiz emas. Ranglarni insonga ta‘sirini o‗rganish bilan nafaqat olimlar yoki rassomlar shug‗ullangan, balki psixologlar ham ranglarning insonga ta‘sirini o‗rganishgan. Har bir rang qanday ma‘no berishini birma bir sanaymiz: QIZIL – ogohlik, jasurlik, issiqlik, g‗azab 94 KO‗K – bilim, donolik, ulug‗vorlik, yuksaklik, sovuqlik, muloqot SARIQ – xursandlik, do‗stlik, ishonch, yordam YaShIL – tinchlik, xotirjamlik, o‗sish, atrof muhit, hayot JIGARRANG yoki TO‗Q SARIQ – issiqlik, sahovat, taom -ovqat, xavfsizlik, xursandchilik. BINAFShA – boylik, mo‗jiza, cheksizlik, sifat, ijod, go‗zallik 95 QORA – maxfiylik, og‗irlik, kuch-quvvat OQ – tozalik, oddiylik, yengillik, soflik, ochiqko‗ngillik. Biror mavzuda ijod qilishda avvalo shu mavzuga mos rang tanlash kerak. Masalan: Meditsina mavzusida biror banner dizayni yoki sayt dizayni tayyorlamoqchi bo‗lsangiz, u holda bunday dizaynga ko‗proq ko‗k va oq rang mos keladi. Sport mavzusiga esa ko‗proq qizil va qora ranglar kombinatsiyasi mos keladi. Chunki qizil rang bu qiziqqonlikni bildiradi, qora esa kuch quvvatni anglatadi. Lekin bu ranglarni ishlatishning o‗z qoidasi bor. Ya‘ni fon rangi matn rangi rasmlar rangi va boshqalarni tanlashda ehtiyot bo‗lish kerak. Ilovalar dizayni uchun rang palitrasini tayyorlash. Dizaynerlik xizmati bilan shug‗ullanadigan kishilarning eng asosiy ish qurollari bu Photoshop, CorelDraw, Adobe Illustrator va boshqalardir. Bu dasturlarning qaysi birida ishlasangiz ham ularda ranglar palitrasi bor. 96 Duch kelgan rangni tanlash kerak emas. Avvalo o‗zingiz ishlatadigan ranglar palitrasini tayyorlash kerak. Har bir rangga kerakli nom beriladi. Photoshop dasturida ranglar palitrasi ―swatches‖ deb ataladi. Adobe Photoshop ranglar palitrasi Ranglar palitrasida tez-tez ishlatiladigan ranglarni saqlab qo‗yish lozim. Savol tug‗iladi, ranglar palitrasidagi ranglarni nimaga asoslab tanlaymiz? Javob oddiy, bu ranglarni tanlash uchun dizaynda ishlatiladigan rasmga ahamiyat berish kerak. Tanlangan rasmda qaysi ranglar ko‗p bo‗lsa palitra ranglari ham shu asosida olinishi kerak. Rang tanlash. Quyidagi rasmga etibor bering. Unda 3 xil rang ko‗p ishlatilganini ko‗rish mumkin. Demak boshqa ranglar ham shulardan olisnishi kerak. Ya‘ni ranglar palitrasini ana shular tashkil qilishi kerak. 97 Shu rasm asosida dizayn tayyorlanadigan bo‗lsa boshqa elementlarning rangi ham shu rangdan olinadi. Ranglar mutanosibligi. Hamma ranglar ham bir biri bilan mos kelavermaydi: Masalan to‗q ko‗k va to‗q qizil ranglar mos kelmasligi mumkin uning o‗rniga biroz ochroq rangni ishlatgan maqul: (Ranglar bir biridan farq qilishi kerak. Ya‘ni biri och ikkinchisi to‗qroq bo‗lgani maqul) 98 Ranglar mutanosibligini tanlash ko‗pincha ko‗p vaqt va tajriba talab qiladi. Shuning uchun hozirda internet tarmog‗ida tayyor rang kombinatsiyalarini olishingiz mumkin. Ya‘ni bir biriga mos tushadigan ranglar kolleksiyasini topish mumkin. Masalan: https://color.adobe.com/ sayti orqali ko‗plab rang kombinatsiyalarini olish mumkin. Munosib rang tanlash nafaqat reklama dizayni uchun balki saytlar dizayni uchun ham ko‗p ahamiyatga ega. Masalan quyidagi sayt qizil va yashil ranglardan iborat. Qip-qizil rang ba‘zan yoqimsiz ko‗rinish berishi mumkin. Bundan ehtiyot bo‗lish kerak. 99 Endi esa yuqoridagi rasmning rangini biroz o‗zgartiramiz. Quyidagi rasmda esa och rangdagi fon va matn ranglari bir biriga munosibligi chiroyli ko‗rim bermoqda Yuqoridagi rasmlardan ma‘lum bo‗lmoqda-ki, ranglar rasmni ko‗rinishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling