Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik ta’minot.
Dasturiy ta’minot. AAKTning dasturiy ta’minotiga kiruvchi kutubxonani avtomatlashtiruvchi tizim (KAT) yaratish (yoki sotib olish) va tatbiq qilish kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda muhim bosqich sanaladi. Bugungi kunda dasturiy vositalar bozorida kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan juda ko‘plab tizimlar taklif qilinmoqdaki, ular orasidan O‘zbekiston kutubxonalariga mos keladigan tizimni tanlash ancha murakkab ishga aylangan.
Kompyuterlar uchun jiddiy dasturiy vositalar yaratuvchi firmalar faoliyatiga nazar solsak, bir dasturni yaratish uchun odatda kamida 2 dasturchi jalb qilinadi (dasturchilar juftligi-parnoye programmirovaniye). Dastur yaratish ancha murakkab va o‘ta yuqori malaka talab qilganligi bois, ish davomida bir dastur tuzuvchi biror bir sabab bilan ishni davom ettirish imkoni bo‘lmaganda ikkinchi dasturchi ishni nihoyasiga yetkazishi mumkin. Ayni paytda yaratilgan tizimni doimiy ravishda rivojlantirib turish ham talab etiladiki, kutubxonalarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizimlarni rivojlantirish faqatgini uni yaratgan mualliflar ishtirokidagini katta samara berishi mumkin. Axborot texnologiyalari tarixida bunga juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. KAT yaratish uchun kamida 5 yil vaqt kerak bo‘lishini nazarga oligan holda har bir mutaxassisga 100$ maosh belgilansa, tizim yaratish uchun faqat maoshning o‘ziga 5*100$*12oy *5yil = 30 000 $ sarf bo‘lar ekan. Bu xarajatga elektr energiyasi, internet xizmatlari, kompyuter va boshqa qurilmalar hamda dasturiy vositalar (Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi - MBBT) uchun sarf-xarajatlarni ham kiritsak KAT uchun qancha mablag‘ kerakligini taxminan hisoblab ko‘rish mumkin.
1-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi Texnik ta’minot. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini yaratishda uning muhim qismi hisoblanuvchi texnik ta’minotning (TT) o‘rni beqiyosdir. TTga kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar (shaxsiy kompyuterlar, orgtexnika, serverlar, printerlar, va x.k.) majmui kirdi. Odatda dasturiy ta’minotga mos holatda texnik ta’minot tanlanadi. Bizga ma’lumki kutubxonalarda asosan matnli ma’lumotlarga ishlov beriladi. Bir kitob bibliografik tasvirini KATning elektron bazasiga kiritish uchun 20-30 minut vaqt sarflanishini nazarda tutsak, kutubxonaning elektron katalogi bazasida naqadar qimmatli ma’lumot jamlanishini tushunamiz. Demak, bunday ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalarning ishonchli ishlashi AAKTning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Aks holda juda katta mashaqqat bilan yaratilgan bibliografik ma’lumotlar bazasi, texnik ta’minotning noto‘g‘ri tanlanganligi oqibatida yaroqsiz holatga kelib qolishi mumkin. Shunday qilib, kutubxonalar uchun texnika vositalari tanlanganda birinchi navbatda ularning ishonchli ishlashiga e’tibor berish lozim. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining texnik ta’minoti – kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar (kompyuterlar, tashkiliy texnika vositalari, printer, skaner, nusxa ko‘chirish qurilmalari, modem, tarmoq qurilmalari va h.k.z) majmuidan iborat bo‘ladi. Bu vositalar yordamida kutubxonada axborotlar yig‘iladi, ishlov beriladi, saqlanadi, qidiriladi va uzatiladi. Bulardan tashqari adabiyotlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan texnik qurilmalar ham texnik ta’minot tarkibiga kiradi. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling