1.3 Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi tarkibi
Asosiy kutubxona texnologiyalari: axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatishni avtomatlashtirish- bu kutubxonada avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini yaratishdir. Umuman olganda avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimiga qanday ta’rif berish mumkin? Agarda biz avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Voroyskiy F.S ning kitobida keltirilgan ta’rifni eslasak “Asosiy axborot jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va uzatishni avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik vositalar hamda xodimlardan iborat kompleksga” avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb ta’rif berilgan. Mazkur ta’rifni bemalol avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlariga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi zero kutubxonada yuqorida keltirilgan 5 ta asosiy jarayonlar mavjud. AKAT tizimdan foydalanuvchilarning turli xildagi kasbiy masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini grafik shakldagi ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan. Grafigdan ko‘rinadiki AKAT o‘zaro bog‘liq 6 ta qismdan iborat bo‘lib u o‘z ichiga texnik, dasturiy, tashkiliy-texnologik, axborot va lingvistik vositalar hamda mazkur tizimdan foydalanuvchi xodimlarni oladi. AKATlarni yaratish tamoyillari Y.L. Shraybergning [14] ishida batafsil keltirilgan. Mazkur ishda muallif avtomatlashtirilgan axborotkutubxona tizimlarini yaratishda talab qilinadigan 10 ta tamoyilni keltiradi. AKAT sxemasidan ko‘rinadiki kutubxonalarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim, AKATning asosiy komponentalaridan biri ekan.
Bizga ma’lumki avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AAKT) o‘zaro bog‘langan va yagona ma’lumotlar bazasi asosida faoliyat yuritadigan bir necha qismlardan iborat. AAKT tarkibiga quyidagilar kiradi:
dasturiy ta’minot;
texnik ta’minot;
lingvistik ta’minot;
axborot ta’minot;
tashkiliy - ta’minot;
kadrlar ta’minoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |