Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
Milliy nashrlar markazlashtirilgan kataloglashtirish tizimi modeli
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
2.3 Milliy nashrlar markazlashtirilgan kataloglashtirish tizimi modeli
Respublikamizda chop qilinaѐtgan har bir kitobning dastlabki bibliografik tasviri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yaratiladi. Nashriѐt tomonidan tayѐrlangan har bir kitob ISBN – nomeriga ega bo‘lgach, dastlabki bibliografik tasvir tuzilishi uchun u A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga yuboriladi. Kitobga tegishli ishlov berilgach, u nashriѐtga qaytariladi va kitob bosmaxonada chop etiladi. Kitob nashrdan chiqqandan so‘ng uning bir nusxasi A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kelib tushadi. Kitobga tegishli ishlov berilgach, kitob to‘g‘risidagi barcha bibliografik ma’lumotlar kutubxonaning elektron katalogiga kiritiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron katalogi IRBIS tizimi asosida shakllantirilishini nazarda tutsak, Respublikamizda chop etilaѐtgan barcha kitoblarning bibliografik tasviri O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yaratiladi. Bu yerda yaratilgan bibliografik ѐzuvdan foydalanib har bir kutubxona o‘z bibliografik resursini tezlikda shakllantirishi mumkin. Bunday tartibda kataloglashtirish vaqtni tejaydi, yaratilaѐtgan resurslarning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Muallif tomonidan kitobni nashriѐtga topshirish va kitob to‘g‘risidagi bibliografik ma’lumotlarni elektron katalog bazasiga kiritishgacha bo‘lgan jaraѐnni ko‘rib chiqaylik: 1. Muallif o‘z kitobini nashriѐtga topshiradi. 2. Nashriѐt kitobni nashrga tayѐrlaydi. 3. Nashriѐt (bosmaxona) tomonidan kitobga ISBN – raqami beriladi. 4. Nashriѐt (bosmaxona) dastlabki bibliografik tasvir tuzish uchun kitobni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga yuboradi. Milliy kutubxonaning ―Ishlov berish‖ bo‘limida kitob uchun dastlabki bibliografik tasvir IRBIS tizimi asosida tuziladi, ya’ni kitob bibliografik tasvir elementlari elektron katalog bazasiga kiritiladi. Nashr etishga mo‘ljallangan kitoblarning dastlabki bibliografik tasvir elementlaridan tashkil topgan ma’lumotlar bazasi shakllanadi. Mazkur ma’lumotlar bazasidaga barcha axborotlar Milliy kutubxonaning “Fondni butlash” bo‘limining ma’lumotlar bazasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. 5. Milliy kutubxonaning “Fondni butlash” bo‘limi Respublikamizda chop qilinishi mo‘ljallanaѐtgan kitoblarning taxminiy ro‘yxatiga (bu ro‘yxat kutubxonaning “Ishlov berish” bo‘limi tomonidan kitoblarga dastlabki bibliografik tasvir tuzish paytida shakllantiriladi) va kutubxonaga kelib tushaѐtgan majburiy nusxalar oqimini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6. Milliy kutubxonaning ―Fondni butlash‖ bo‘limi kitob bozorini tahlil qiladi, Respublikamizda chop etilgan va kutubxonaga kelib tushgan kitoblarga ishlov beradi. (IRBIS tizimining ma’lumotlar bazasiga kitobning inventar raqamini, kelib tushgan kitob nusxasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni kiritish orqali mavjud bibliografik tasvirni to‘ldiradi). 7. Milliy kutubxonaning “Fondni butlash” bo‘limida to‘ldirilgan bibliografik ѐzuvlar Milliy kutubxonaning “Ishlov berish” bo‘limiga tegishli to‘ldirishlar va tuzatishlar kiritish uchun ko‘chirib o‘tkaziladi. 8. Milliy kutubxonaning “Ishlov berish” bo‘limida tekshirib nazoratdan o‘tkazilgan bibliografik ѐzuvlar Milliy kutubxonaning ishchi elektron bazasiga o‘tkaziladi va keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilinadi. 9. Yaratilgan elektron katalog ma’lumotlar bazasi shartnoma asosida tegishli vazirlik va tashkilotlar qaramog‘idagi kutubxonalarga taqdim qilinishi mumkin. Shunday qilib, respublikamizda chop etilaѐtgan har qanday kitobga O‘zbekiston Milliy kutubxonasida (O‘MK) tegishli ishlov berish orqali elektron bibliografik resurs yaratiladi va bu resursdan barcha kutubxonalar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bunday usulda elektron bibliografik resurs yaratish juda ko‘p takrorlanadigan jaraѐnlarning oldini oladi va kataloglashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning bartaraf qilinishiga olib keladi. Yagona tizim asosida elektron katalog bazasini shakllantirish sxemasi quyida keltirilgan.
3-rasm. Milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish modeli 4-rasm. Milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish markazi modeli Shunday qilib, milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish tizimi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: elektron bibliografik ѐzuvlarni va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini bir marotaba yaratish va ulardan ko‘p marotaba foydalanish; ARM, AKM va kutubxonalarda elektron bibliografik resurslar yaratishda takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik; yaratilaѐtgan elektron bibliografik resurslarning sifatli bo‘lishi va sarf-xarajatlarning keskin kamayishi; milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish markazi faoliyatida biz taklif qilgan modeldan foydalanish, majburiy nusxalarning kutubxonalarga va kitob palatasiga to‘liq kelib tushishini ta’minlaydi. Bu hol milliy bibliografiyaning to‘liq kataloglashtirilishining garovidir. Milliy nashrlar markazlashtirilgan kataloglashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi va ularning asosiy funksiyalari. Milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish markazi (MNMKM) markaz direktori, direktor muovini, buxgalter, kataloglashtiruvchilar, bibliograflar, klassifikatorlar, predmetlashtiruvchilar, tizimlashtiruvchilar, tizim administratori va boshqa texnik xodimlardan tashkil topadi. Markaz direktori milliy nashrlarni kataloglashtirish ishini muvofiqlashtirish, markaz ishini tashkil qilish va boshqarish kabi bir qator vazifalarni bajaradi. Markaz direktorining muovini markaz bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi, markaz va korporatsiya a’zolari orasidagi shartnomaviy aloqalarni olib boradi ularni bajarilishini nazorat qiladi. Korporatsiyaga yangi a’zolarni qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Markaz buxgalteri markazlashtirilgan kataloglashtirish tizimining moliyaviy-iqtisodiy ishlarini tashkillashtiradi va bu sohadagi barcha funksiyalarni bajaradi. Bibliograflar, klassifikatorlar, predmetlashtiruvchilar va tizimlashtiruvchilar kutubxonaga kelib tushaѐtgan hujjatlarga ishlov beradilar (milliy nashrlarning bibliografik tasvirini tuzish klassifikatsiyalash, predmetlarga ajratish, tizimlashirish). Kataloglashtiuvchilar tayѐrlangan bibliografik ѐzuvlarni AKAT ma’lumotlar bazasiga kiritish vazifasini bajaradilar. Tizim administratori avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini bir maromda ish yuritishini ta’minlaydi. AKAT ma’lumotlar bazasini boshqaradi. Ma’lumotlar bazasi ustida eksport/import va boshqa bir qator operatsiyalarini bajaradi.
5-rasm. AKAT ma’lumotlar bazasi Shunday qilib, milliy nashrlarning markazlashtirilgan kataloglashtirish markazi respublikada nashr etilaѐtgan barcha nashrlarning elektron bibliografik tasvirini yaratish bilan shug‘ullanadi. Bir marotaba yaratilgan elektron bibliografik resurslar respublikaning barcha ARM, AKM va kutubxonalariga “Masofadan kirish moduli” ѐrdamida ko‘chirib o‘tkazilishi mumkin. Bunday usuldan foydalanish kataloglashtirish jaraѐnini tezlashtiribgina qolmay balki kataloglashtirish ishi xarajatlarini keskin kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling