Davriy nashrlar yig‘ma EK shakllantirish algoritmi
1. Davriy nashrlar EK yaratish bo‘yicha ARM korporatsiyasi tashkil qilinadi.
2. Korporatsiya faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’ѐriy-normativ, huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va barcha ishtirokchilar tomonidan tasdiqlanadi.
3. Korporatsiya ishtirokchilaridan biri ma’lumotlar bazasining provayderi sifatida tanlanadi va EKning ishchi bazasi shu ARM serverida joylashtiriladi.
4. Korporatsiya ishtirokchilari o‘z ARM da qo‘llanilaѐtgan KATning turiga qarab yuqoridagi 1- ѐki 2- model tanlanadi.
5. KBK ѐki UDK asosida jurnallar korporatsiya ishtirokchilari orasidan taqsimlab olinadi.
6. Korporatsiya ishtirokchilari bibliografik ma’lumotlarni yagona ѐki taqsimlangan bazasini shakllantirish usullaridan birini tanlaydilar.
7. Korporatsiya ishtirokchisining har biri tanlangan jurnalga qabul qilingan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda ishlov beradi.
8. Kelishuvga ko‘ra (har oyda ѐki chorakda) yaratilgan bibliografik ѐzuvlar provayder serveriga uzatiladi.
9. Provayder serveridagi bibliografik ѐzuvlar nazoratdan o‘tkaziladi va EK bazasiga kiritiladi.
10. Provayder bazasidagi bibliografik ѐzuvlardan korporatsiya ishtirkchilarining barchasi foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
11. Yaratilgan yig‘ma elektron katalog foydalanuvchilar ixtiѐriga beriladi.
Yig‘ma elektron katalogni shakllantirishning taklif etilaѐtgan modeli va algoritmi asosida yaratish ARM, AKM va kutubxonalar faoliyatining samarasi keskin oshadi. Kitobxonalar tomonidan izlanaѐtgan maqolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy nashrning qaysi sonida e’lon qilinganligi va uning analitik tasviri va hatto to‘liq matniga tezlikda ega bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini yuksaltiradi. Davriy nashrlar yig‘ma elektron katalogini shakllantirish va birgalikda yig‘ma katalogdan foydalanish kataloglashtirish xarajatini kamaytiradi, elektron bibliografik ѐzuv sifatini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |