Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
Korporativ AK - tizimlar yaratish prinsiplari
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
2.2 Korporativ AK - tizimlar yaratish prinsiplari
Umumtizim nuqtai nazaridan qaraganda ixtiѐriy korporativ kutubxona-axborot tizimi ѐki tarmog‘i (KKAT) birlashgan axborot resurslarini yaratish va ulardan foydalanish maqsadida yaratiladi va yagona tashkiliy, texnologik, texnik va axborot vositalarining kompleksidan iborat bo‘lib, foydalanuvchilarning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiѐjlarini qondirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Korporativ kutubxonaaxborot tizimlarini yaratishdagi juda ko‘plab xususiy shartlar mavjudligiga qaramay, KKAT tizimlarini barpo qilishda bir qator tashkiliy va texnologik jihatdan umumiy bo‘lgan prinsiplar mavjud: 1. KKATga a’zo bo‘lganlarning tarkibi dasturiy-texnik vositalar, xodimlarning malakasi, axborot resurslari xarakteriga nisbatan turlicha bo‘lishi mumkin. Bundan esa KKAT ning tuzilmasi yaratilaѐtganda, ARM va AKM larning turli darajada tarmoqqa ulanishi hisobga olinishi lozim bo‘ladi. Korporatsiya a’zolari soni va xarakteriga ko‘ra bu darajalar bosh AKM (ѐki ARM) (tarmoq provayderi)ga nisbatan iyerarxik tarkibli bo‘lishi mumkin, bunda funksiyalar Bosh AKMga nisbatan o‘rta ѐki past bo‘g‘indagi AKMga nisbatan ham aniq taqsimlanishi kerak. 2. KKAT ko‘p platformali va ochiq tizim ko‘rinishida shakllantirilishi kerak, zero bunda mamlakatimizdagi va chet ellardagi kutubxonalar, axborot markazlari, AKM, ARM lar bilan hamkorlikda axborot resurslari yaratish hamda ulardan birgalikda samarali foydalanish ko‘zda tutiladi. Bu esa o‘z navbatida KKAT yaratishdagi texnik va texnologik yechimlar quyidagilarni ta’minlashi zarur: Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimining (AKAT) dasturiy ta’minoti talablarga javob bergan hollarda ixtiѐriy tashkilotlarning korporatsiya tarkibida ishtirok qilish imkoniyati; Korporatsiya tarkibini unga a’zo bo‘lmagan boshqa AKM, ARM, kutubxonalar hamda qaysi tarmoqqa tegishligidan qat’iy nazar axborot xizmatlari hisobiga kengayishi; Mamlakatimizdagi va chet ellardagi korporativ tizimlar, kutubxonalar va axborot markazlari bilan hamkorlik; Dasturiy texnik ta’minotning takomillashuvi, yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi tufayli yuzaga keladigan qiyinchiliklarni korporatsiya a’zolari va unga a’zo bo‘lmagan foydalanuvchilarga imkon qadar sezdirmasdan moslashish; Foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiѐjlarini va bu ehtiѐjlarni qondirishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yangi texnologik masalalarni yechishga bosqichma bosqich silliq o‘tish va boshqalar. 3. KKAT a’zosi bo‘lgan AKM va ARMlarini integrallashgan axborot fazosiga kirishlarini va korporativ kutubxona texnologiyalarini korporatsiya doirasida amalga oshirilishini ta’minlovchi AKAT ning dasturiy ta’minotiga qo‘yiladigan majburiy talablar quyidagicha: Ma’lumotlarni ikki tomonlama konvertatsiya qilish vositasi bo‘lgan halqaro kommunikativ formatlar RUSMARC, UNIMARC va USMARC bilan to‘liq mos ishlay olish; KKAT amaliѐtida meta ma’lumotlarning milliy va xalqaro qoidalari asosida yaratish va yuritishning yagona tuzilmasidan foydalanish; Web-server orqali ARM va AKM hamda kutubxonalarning elektron kataloglari va boshqa elektron resurslariga WWW-texnologiyalar asosida kirishni ta’minlash; Z39.50 (ISO 23950) protokolini qo‘llab-quvvatlash; Ma’lumotlarni kiritaѐtganda va ulardan foydalanaѐtganda tillardan hamda kodlashtirilgan simvollar jamlamasidan foydalanganda kelishuv shartlariga rioya qilish; So‘rovlar va ѐzuvlarni yaratishda kodlashtirilgan simvollar jamlamasi KOI8-R (GOST 19768-74) dan foydalanish; 4. KKAT tarkibiga kiruvchi alohida tugunlarning texnik, axborot, lingvistik va texnik ta’minoti vositalari zamonaviy AKATlariga qo‘yiladigan kompleks talablarga mos kelishi kerak. Bu kompleks talablarda asosan korporativlik va adaptivlikga e’tibor berilishi kerak. 5. KKAT ga a’zolar serverlarida O‘zbekiston, MDH va boshqa kutubxonalarning Web-saytlaridagi hujjatlarni qidirib topishga mo‘ljallangan navigatsiya vositalari muvofiqlashtirilgan holda bo‘lishi kerak. 6. KKAT texnologik kompleksining rivojlanishi, takomillashtirilishi va xizmat ko‘rsatish tartiblari, nomenklaturasi, ma’lumotlar bazasining tarkibining o‘zgarishi bosqichma-bosqich olib borilishi kerak. 7. KKAT ishtirokchilarining axborot resurslarini shartli ravishda ikki kategoriyaga bo‘lish mumkin: Umum foydalaniladigan resurslar; Faqat resurs egalari foydalaniladigan resurslar. Ikkinchi kategoriyaga kiradigan resurslarni yaratish va foydalanish uning yaratuvchilari ixtiѐrida bo‘ladi; 8. Umum foydalanishga mo‘ljallangan KKATning birlashgan axborot resurslari yagona qoidalar asosida korporatsiya a’zolari tomonidan muvofiqlashtirilgan holda yaratiladi. Ular elektron kataloglar, ma’lumotnoma-axborot massivlari, to‘liq matnli hujjatlar va multimediali materiallar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu resurslar foydalanuvchilarga hech bir cheklovlarsiz, pulsiz taqdim qilinadi; 9. KKAT da texnologik jaraѐnlarni tashkil qilish, mamlakatimizda va chet ellarda nashr qilinaѐtgan adabiѐtlarga bir marotaba ishlov berish (kiritish) va ulardan ko‘p marotaba foydalanishni ta’minlashi kerak. Bunday holda kitob birinchi bo‘lib qaysi ARM ѐki AKM da ishlov berilsa, korporatsiyaga a’zo bo‘lgan boshqa kutubxonalar bu ѐzuvdan nusxa olishadi va faqat o‘zlarigagina tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘shib qo‘yishadi (masalan, kitobning inventar nomerini, kitob nusxasini). 10. Yangi bibliografik ѐzuvlarni shakllantirish va ulardan foydalanish texnologiyasi KKAT ning yig‘ma elektron kataloglariga va boshqa axborot ta’minotchilarining elektron muhitiga onlaynli kirish orqali amalga oshiriladi. 11. Korporatsiya ishtirokchilari bo‘lgan kutubxonalar elektron kataloglarini yaratish va faollashtirishda KKAT ning ichki va tashqi elektron bibliografik resurslaridan foydalaniladi.(Masalan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, FA asosiy kutubxonasi, Axborot texnologiyalari universitetining va boshqa bir qator yetakchi kutubxonalarning elektron kataloglaridan foydalanish mumkin). Shunday qilib, biz yuqorida ko‘rib chiqqan korporativ tizimlar yaratish prinsiplaridan foydalanish AKM, ARM va kutubxonalarning hamkorlikda elektron resurslar yaratish va ulardan birgalikda foydalanish imkoniyaniti kengaytiradi. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling