Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish


Download 464.2 Kb.
bet9/15
Sana17.06.2023
Hajmi464.2 Kb.
#1520270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Kadrlar ta’minoti. Kutubxona dasturiy-texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlanishi mumkin ammo, bunday dasturiy-texnik kompleksni samarali ishlata oladigan kadrlar bo‘lmasa, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish hech qanday samara bermaydi.
Kadrlar ta’minoti AAKT faoliyatini yurituvchi xodimlar majmui bo‘lib, u kadrlar malakasini turli ta’minot ko‘rinishlariga (texnik, axborot va dasturiy) mos ravishda rivojlantirishga mo‘ljallangan tadbirlarni hamda kutubxonachilar tayѐrlash, malakasini oshirish va qayta taѐrlash jaraѐnlarini o‘z ichiga oladi.
Kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsata oladigan kadrlar tayѐrlash maqsadida, kutubxonalarda ishlaѐtgan kutubxonachi xodimlar malakasini oshirish va qayta tayѐrlash uchun maxsus kurslar tashkil qilinishi lozim. AAKTlarning kadrlar ta’minoti mazkur tizimning eng muhim qismi hisoblanadi.

II BOB. ELEKTRON KATALOG BAZASINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA ALGORITMLARI
2.1 Kataloglashtirish bo‘yicha axborot-kutubxona markazlari korporativ tizimini ishlab chiqish uslubiyati asoslari
Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kutubxonalar faoliyatini kooperatsiyalash g‘oyasi jahon kutubxonachilik ishida o‘z o‘rnini topgan. Bu g‘oyaning amalga oshirilishida asosan ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanmoqda. Ularni shartli ravishda: korporativ kataloglashtirish tizimlari va korporativ kutubxona tizimlari hamda tarmoqlariga ajratish mumkin. Kutubxonalarni korporatsiyalarga birlashuvi yuqoridagi birinchi va ikkinchi holda ham ularga mos ko‘rinishdagi taqsimlangan avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari yaratish bilan bog‘liq.
Korporativ kataloglashtirish tizimini yaratishdan maqsad quyidagicha:

  • Kataloglashtirish xarajatlarini kamaytirish, avtonom texnologiyalar sharoitida bu xarajatlar sezilarli darajada katta bo‘ladi va ular o‘sib borish tendensiyasiga ega;

  • Alohida olingan bir mamlakat ѐki jahon hamjamiyati doirasida kutubxona resurslariga to‘liq kirish imkoniyatini beruvchi, elektron kataloglar va ma’lumotlar bazalarining axborot hamda lingvistik ta’minoti mosligini ta’minlash (jumladan, format bo‘yicha ham);

  • Birlamchi hujjatlarning yuqori sifatli bibliografik tasvirini ta’minlash;

  • Mazkur faoliyat shaklidan real daromadlar olish.

Jahon kutubxonachilik ishi tajribasidan bu yo‘nalishdagi ѐrqin misol sifatida OCLC (Online Computer Library Center) korporatsiyasi faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Mazkur korporatsiya xizmatidan AQShdagi va boshqa 82 mamlakatlardagi 41 ming kutubxona foydalanadi. OCLC korporatsiya markazi va tizim qatnashchilarining bir qismi bo‘lgan yetakchi kutubxonalar (taxminan 8,2 mingdan ortiq) umumiy lug‘at vositalari va hujjatlarni tasvirlashning yagona qoidalari hamda formati asosida adabiѐtlarni kataloglashtiradilar, seriyali nashrlarni yig‘ma ro‘yxatlarini tuzadilar. OCLC tizimni birlashgan resurslariga guruhli va individual onlaynli kirishni ta’minlaydi. Korporatsiyaning samarali ishi natijasida AQSH va Yevropaning ko‘pchilik kutubxonalari (turli baholashlarga ko‘ra 30% dan 80% gacha) o‘z kutubxonalari fondlarini to‘liq kataloglashtirish ishlaridan voz kechganlar. Chunki bu kutubxonalar kerakli elektron bibliografik ѐzuvlarni OCLC tizimidan foydalanib yarata olish imkoniyatidan foydalanishgan. Korporativ kataloglashtirish bo‘yicha bir qator chet el tizimlari muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatishmoqda, masalan, RLIN, WLN, PICA va boshqalar. Amaldagi barcha korporativ kataloglashtirish tizimlarining muhim xususiyati shundaki, korporatsiya qatnashchilari orasida ma’lum bir moliyaviy munosabatlar (ѐki majburiyatlar) o‘rnatilgan.
Masalan, korporatsiyaning yig‘ma elektron katalogi uchun elektron kutubxona-axborot resurslari (mashina o‘qiy oladigan bibliografik ѐzuv) yarataѐtgan tashkilot o‘z mahsuloti uchun aniq o‘rnatilgan narxda haq oladi, bu ѐzuvlarni olaѐtgan va ulardan foydalanaѐtgan tashkilot esa olgan mahsuloti uchun pul to‘laydi. Bunday tizimlarning iqtisodiy samarasi tizimga kirish va chiqishdagi bozor kategoriyalari ―taklif‖ va ―talab‖ munosabatlariga, korporatsiya taqdim qilaѐtgan xizmatlariga, axborot mahsulotlariga qo‘yilgan o‘zgaruvchan narxga hamda hujjatlarga bibliografik ishlov berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatga qo‘yilgan qattiq nazoratga asoslanadi.

Download 464.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling