1.1 Axborot texnologiyalarini axborot-resurs markazlarida rivojlanishining jahondagi tendensiyalari
Zamonaviy kutubxonalar bosma hujjatlarni saqlaydigan passiv omborlardan, faol ishlaydigan avtomatlashtirilgan axborot-resurs markazlariga (ARM), elektron kutubxonalarga, hujjatlarni elektron pochta, global telekommunikatsiya va Internet orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi markazlarga aylanmoqda. Kutubxona texnologiyalarini korporativ asosda amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot texnologiyalarining (AKAT) hozirgi paytdagi rivojlanishida bir qator asosiy tendensiyalar mavjudki, ular ARMlar faoliyatida va o‘zaro aloqalarida yaqqol ko‘zga tashlanmlqda. Bu tendensiyalarni bilish, o‘rganish ulardan o‘z ishlanmalari va texnologiyalarini yaratishda, kutubxona axborot resurslari integratsiyasida va ishlarni kooperpsiyalashda unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu tendensiyalarga qisqa to‘xtalamiz:
Jamiyatning axborotlashuvi. Turli mamlakatlarda jamiyatni axborotlashtirishning darajasi turlicha, u fuqarolik jamiyati asoslari yaratilgan, axborot va telekommunikatsiya sanoati rivojlangan, kompyuter texnologiyalari hayotning, turar joy, oziq ovqat, transport singari ajralmas qismlariga aylangan davlatlarda yuqori. Bu borada biz maqtana olmaymiz, ammo keyingi yillarda bu sohada ham olg‘a intilishlar bo‘ldi. Boshqa tarmoqlarga qaraganda Internet, O‘zbekistonda keng tarqaldi va o‘zining munosib o‘rnini topmoqda, Internet butun jahondagi singari O‘zbekistonda ham yagona kommunikatsion va axborot muhiti bo‘lib o‘z mavqeini mustahkamlab olmoqda.
Mamlakatimizga har yili ko‘plab kompyuterlar kirib kelmoqda, ularning talaygina qismi o‘zimizda yig‘ilmoqda. Kompyuter-telekommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotida o‘z o‘rnini mustahkam egallamoqda. Elektron resurslar yaratish va ulardan foydalanish tendensiyasi tobora rivojlanib bormoqda. Elektron nashrlarning turli tuman ko‘rinishlari ortib bormoqda, jumladan kutubxonalarda ham elektron nashrlar soni ortib bormoqda. Kutubxonalardan foydalanuvchilarning ham tayyorgarlik darajasi ortib bormoqda. Kitobxonlarda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanib axborotlarga tezlikda to‘liq ega bo‘lish ehtiyoji ortib bormoqda. Axborotlashgan jamiyatning shunday va shu kabi va boshqa bir qator ko‘rsatkichlari, kutubxonalarni o‘z texnologiyalarinigina emas balki o‘z kitobxonlariga xizmat ko‘rsatish darajasini ham takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |