Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Download 65.26 Kb.
bet3/5
Sana24.06.2020
Hajmi65.26 Kb.
#121232
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot

Kompyuter tarmoqlari



Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo'lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo'yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan disketa yordamida ko'chirib olinadi. Lekin qo'shimcha axborot zarur bo'lib turgan vaqtda disketa ko'tarib yurish ko'pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish prinsipi taklif qilingan. Kompyuterlarni birlashtirish vazifasini ikki yo'nalishda bajarish mumkin. 60-70- yillarda uzoqlashgan terminallar sistemasi tushunchasi paydo bo'ldi. Bu tushunchaning ma'nosi shundan iboratki, terminal displey va klaviaturadan iborat bo'lib, bir nechta terminal bitta yirik hisoblash mashinasiga ulangan bo'ladi. Bunda bir nechta foydalanuvchi bitta kom-pyuterdan bir vaqtning o'zida foydalanishlari imkoniyati yaratiladi. Bu terminallar hozirgi shaxsiy kompyuterlarning ajdodlari bo'lib, ularning bosh kompyuter bilan bog'lanish tex-nologiyasi 70-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan lokal tarmoqlarga asos bo'ldi. Bunday tarmoqlar o'z ishi uchun qo'shimcha qurilmalar talab qilsada (kengaytirish platasi, kabel), u kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Bitta kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, yuqorida aytganimizdek, lokal tarmoqlar deb nomlanadi. Lokal tarmoqlarga misol tariqasida Local Area Networks, LANs, Ulan tarmoqlarini keltirish mumkin. XX asr oltmishinchi yillarining oxirida uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash imkoniyatini beruvchi global tarmoqlar vujudga keldi. Bunday tarmoqlarda hattoki turli mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash mumkin bo'ladi. Lokal va global tarmoqlarning ishlashidagi o'zaro farqi shundaki, lokal tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarning o'zaro muloqati kompyuterlarning ishiga ta'sir qilmaydi, global tarmoqda esa boshqa kompyuterga murojaat qilish uchun bir nechta amallar ketma-ketligini bajarish kerak: tarmoqqa kirish, kerak kompyuterning koordinatlarini (tarmoq adresini) ko'rsatish, aloqa ulanishini kutish va h.k. Shunga qaramay, global tarmoqlar ko'p hajmdagi axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bunday tarmoqlarga Usenet, Relsom, Fido, Palnet, Vitnet, GlasNet tarmoqlarini misol sifatida keltirish mumkin. Modem va elektron pochta. Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa vositalari rivojlangan bugungi kunda bunga ehtiyoj ham yo'q. Telefon tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo'lmagan elektron qurilma bo'lib, kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog ko'rinishli signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni sonli signalga o'tkazadi va kompyuterga beradi. Signalning raqamli ko'rinishidan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator deb ataladi.
Signalning analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi. Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi va uning nomi yuqoridagi ikkita qurilmaning nomidan kelib chiqadi:

Ma'lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko'rsatilgan:

Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadiganbo'lib, o'zining korpusiga ega va alohida qurilmadir.

Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi mumkin, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.

Har qanday global tarmoqning asosiy qismi elektron pochta hisoblanadi. Elektron pochtasiz har qanday global tarmoq o'z mohiyatini yo'qotadi.

Ishlash prinsipiga ko'ra elektron pochta oddiy "qog'ozli" pochtani eslatadi. Xatni biror odamgayetkazish uchun uning manzili va unga yaqin joylashgan pochta nomerini bilish kifoya. Manzilga yetish uchun xat bir nechta pochta bo'limlaridan o'tadi.

Elektron pochtaning ham, qog'ozli pochtaning ham afzalliklaridan biri - xatni o'zingizga ma'qul bo'lgan vaqtda yuborishingiz mumkin, qabul qilib oluvchi esa o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda xatni olishi va o'qishi mumkin.

Elektron pochta xizmatidan hozirgi vaqtda juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Masalan, jamg'arma banklarida bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul o'tkazish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tez bajarilganligi bois, samaralidir.

Hozirgi vaqtda elektron pochtani dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lgan SprintMail, MCI Mail, AT&T Mail va h.k. aloqa xizmatlari mavjud.

Kompyuterlarning lokal tarmoqlari va multimedia

Hozirgacha alohida olingan kompyuter imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdik. Bir kompyuter avtonom holda masalalarni hal qilish, ma'lumotlar omboridan kerakli axborotni olish va undan foydalanishni bemalol uddalay oladi. Ammo kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar tashqi axborot tashuvchilar (disketlar, SD - disklar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bir necha alohida kompyuterlarni birlashtirib, lokal kompyuter tarmog'ini (LKT) yaratish mumkin. Mazkur tarmoq ikki va undan ortiq kompyuterlarning ichki resurslari (xotira, ma'lumotlar, amaliy dasturlar va boshqalar) dan, tashqi qurilmalar (printer, diskyurituvchi va boshqalar) dan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Xo'sh, ishni bu kabi tashkil etishning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, ma'lumotlardan birgalikda foydalanish shunday sistemalar yaratish imkonini beradiki, ularda ko'riladigan masalalarni alohida kompyuterda bajarish umuman mumkin emas yoki samarasiz bo'ladi. Masalan, siz bilan avvalgi boblarda tanishgan ma'lumotlar omboridagi mahsulotlarni hisobga olish misolini ko'raylik. Mazkur ma'lumotlardan kamida uch guruh xodimlar: ombordagi ashyolarni hisobga oluvchilar, ularni sotuvchilar va rahbarlar foydalanadilar. Mazkur xodimlarning ayrimlari ashyolarni hisobga olish kitobini yuritsa, ayrimlari moliyaviy hujjatlarni tayyorlaydilar, uchinchilari esa ashyolarni boshqarish (xarid qilish, sotish uchun mijoz topish ) bilan shug'ullanadilar. Agar biz bu masalani alohida-alohida kompyuterlarda hal qilganimizda edi, mavjud ma'lumotlarning nusxasini har bir kompyuterda saqlash va u o'zgarganda, disketalar yordamida ma'lumotlarning barcha kompyuterlardagi variantini o'zgartirishimiz kerak bo'lar edi. Ombordagi ashyolar soni hamda nomi tez o'zgarib turishini inobatga olsak, har safar ma'lumotlar omborining o'zgargan ko'rinishini har bir kompyuterda yangilab turish samarasiz ish bo'lgan bo'lur edi. Ikkinchidan, lokal kompyuter tarmog'idan foydalanish turli texnik vositalarga ketadi-gan xarajatlarni keskin kamaytiradi. Faraz qiling, bir korxonada o'nta xodim kompyuterdan foydalanib, o'z masalalarini hal qiladi. Ular uchun o'nta kompyuter va o'nta printer bo'lishi kerak. Bir tipdagi murakkab masalalarniyechayotgan bu kompyuterlar uchun qimmatbaho xotira qurilmasi ham ishlatiladi. Undan tashqari doimo yangilanadigan ma'lumot omborini har bir kompyuterdagi nusxasini saqlash, biridan ikkinchisiga o'tkazish uchun kerak bo'lgan tashqi axborot tashuvchi vositalardan anchagina ishlatish va, demak, xarid qilish kerak bo'ladi. Lokal kompyuter tarmog'i bu masalani qanday hal qiladi?


Kompyuterlardan biri tarmoqdagi asosiy kompyuter etib tanlanadi. Uni fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlaymiz. qolganlari esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan yoki o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Ishchi stansiyalar avvalgidek avtonom kompyuter vazifasini ham bajaraveradi: u operasion sistemasining hamda ma'lumotlar fayllarini xotirasida saqlaydi. Ammo butun tarmoqning ishini tarmoq operasion sistemasi boshqaradi. Uning aksariyat qismi fayl serverda saqlanadi, ayrim elementlari esa ishchi stansiyalarida ham mavjud bo'ladi.

Tarmoqqa bir yoki bir necha printer va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqning resurslarini ishlatishda ayrim amallarni cheklashi mumkin. Bu hol informatsion sistemasidagi axborotlar va ma'lumotlarning to'kisligini saqlash imkonini beradi. Tarmoqda ishlaydigan dasturlar avtonom kompyuterlar uchun foydalanadigan dasturlar kabi tuziladi. Ammo mazkur dastur ma'lumotlar bazasini o'zgartirishni nazarda tutsa, boshqa foydalanuvchilar ma'lumotlarni o'zgartirishni cheklashi kerak bo'ladi, chunki ma'lumotlarga bir vaqtda bir necha foydalanuvchi murojaat qiladi va uni o'z masalasiga moslashtirib, o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ishchi stansiyalardan tarmoqdagi printerga bosmaga chiqarish uchun uzatilgan xujjatlar navbatma-navbat chop etiladi. Lokal kompyuter tarmog'i ishini mutaxassislar - ma'murlar boshqaradi. Tarmoqda ishlashda foydalanuvchi o'zining avtonom kompyuteri xotirasidan tashqari qo'shimcha xotiralardan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Biror ishchi stansiyasiga ma'lumot ko'payishi uchun serverdagi biror diretoriyaga fayl ko'rinishida yozishyetarli. Lokal kompyuter tarmog'i ni hududiy va xalqaro tarmoqlardan farqlash lozim. Lokal kompyuter tarmog'i alohida olingan joyda tashkil etilib, unda kompyuterlar o'zaro va tarmoq platalari bilan bog'lanadi. Hududiy yoki xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar esa telefon, radio va hatto sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

Multimedia. "Multimedia" so'zini o'zbek tiliga o'girganimizda "ko'p muhit" degan ma'noni anglatadi. Multimedia - maxsus texnologiya bo'lib, u kompyuter texnik vositalari va dasturli ta'minoti yordamida rasmlar va matndan iborat axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish imkonini beradi.


Multimedia uchun dasturlar, texnik vositalar ishlab chiqish mustaqil yo'nalish bo'lib, undan foydalanuvchi tasavvurida multimedia texnalogiyasini multimedia axborotlaridan bevosita foydalana olish imkonini beradigan apparatli vositalar; multimedia axborotlarini ish-lata oladigan dasturlar va multimedia axborotlarini tashuvchi texnik vositalar tashkil etadi. Kompyuterni multimedialik deb hisoblash uchun u ma'lum bir texnik vositalar va dasturlarni o'z ichiga olmog'i lozim. Bugungi kunda multimedia dasturlari bozorini o'rganish bo'yicha Xalqaro Kengash tuzilgan bo'lib, uning ko'rsatmasi bo'yicha multimedia va uning dasturlari normal ishlashi uchun kompyuter kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:

- rusumi 486DX va ishlash chastotasi 25 MGs ;

- tezkor xotirasi 4 Mb va doimiy xotirasi 160 Mb;

- monitor ekrani 640 x 480 pikselli va 65536 xil rangni ko'rsata oladigan;

- tovush platasi va ovoz kuchaytirgichlar;

- kompakt lazerli disklardan multimedia informasiyasini o'qiy oladigan qurilma.

Multimedia informasiyasini saqlash va tashish uchun maxsus vositalar - kompakt disklar (CD - Compact Disk) ishlatiladi. CD lar xotirasi kamida 650 Mb bo'lib, uni o'qiydigan qurilma CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory) yozishga mo'ljallangan qurilmani CD-RW deb yuritiladi va tashqi xotiradagi informasiyani ichki xotira (doimiy yoki vaqtincha) ga kiritish uchun ishlatiladi.

CD-ROM larda ma'lumotlarni o'qib olish tezligi unda diskni aylantiradigan qurilmaga bog'liq bo'lib, bugungi kunda belgilangan minimum xususiyatlardan 4, 6, 24, 48, ...,128 marta tez ishlaydigan qurilmalar mavjud. Shunga ko'ra, 4 marta (belgilanishi 4 x CD (Quadro)), 6 marta (6 x CD), 24 marta (24 x CD) va h.k. tez ishlovchi CD-ROM deb yuriti-ladi.

CD lar o'z vazifasiga ko'ra disketalar, magnit tasmalariga o'xshaydi, ammo undan informasiyani o'qib olish tezligi yuqoriligi bilan farq qiladi.Ular shaklan uy magnitofonida ishlatiladigan CD ga o'xshaydi, ammo birini ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi. CD larni ba'zan "lazerli disklar" deb ham ataydilar va ularga axborotni maxsus ishlab chiqarish sharoitidagina yozish mumkin bo'lib, ularni kompyuterlarda ishlatishda guyo vinchester yoki disketa bilan ishlayotgandek ishlanaveradi, faqat unga biror nom berilishi lozim. Bu sayt orqali Respublika ta'lim markazi to'g'risidagi axborotlarni va metodikaga oid yaratilayotgan yangilik bilan tanishib borish mumkin.

Keyingi vaqtlarda WWW - serverlarni yirik relyasion informatsion tizimlar bilan bog'lash imkoniyati yaratilmoqda. Bu hol server bilan bog'langan kompyuterlar yordamida dunyodagi yirik informatsion manbalarga kirish va uyerdagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Internet global tarmog'i bilan oxirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual xaqqoniylik kabi tushunchalar ham bevosita bog'langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta'rif berish mumkin emas - ular badiiy obraz bo'lib, ilmiy tushunchalar hisoblanmaydilar. Dunyodagi barcha aloqa vositalari bilan bog'langan kompyuter tizimlari, ulardagi axborot, ma'lumot majmuasi va oqimlarining to'plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deb ataladi. Virtual xaqqoniylik deganda, mavjud kompyuter texnologiyalari yordamida ekranda real ob'ektlar va jarayonlarning ( odamlar, musiqa asboblari, badiiy asarlar, samolyotlar va boshqalar) obrazini yaratishni tushunamiz. Mazkur shakllar ob'ekt yoki jarayonlarning fotosurati emas-ularning belgilangan ko'rsatma va buyruqlar yordamida xarakatga keltirish-bir holatdan boshqa holatga o'tkazish mumkin, ular bilan haqiqiy ob'ektlar kabi "muomala" qilishimiz mumkin. Masalan, pianino shaklida biror musiqa ijro etishimiz; kimyoviy uskunalar yordamida kimyoviy reaksiyalar o'tkazish mumkin. Shunday qilib, hayotimizga kirib kelayotgan kiberfazo va vertual xaqqoniylik tushunchalari bizni dunyoning barcha informatsion manbalaridagi axborot, ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratmoqda.


Download 65.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling