Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
(yuqori ton) deb atalib, ular asosiy tondan doimo yuqori bo‘ladi. Obertonlar turli
musiqa asboblari va odam ovozla- rining balandligi bir xil bo‘lgan ovozlarni ajratishga imkon beradi; ular har bir ovozga o‘ziga xos ohang beradi, bu ohang ovoz tembri deb ataladi va bir xil tondagi turli ovozlarni bir-biridan ajratishga imkon beradi. Shovqinlar - turli-tuman nogarmonik tebranishlar bo‘lib, balandligi va kuchi tez hamda keskin o‘zgarib turadi (masalan, shtir- lash, taqillash, zarb ovozi, portlash, arraning ovozi, vishillash, hushtak va h. k.). OVOZNI YOZIB OLISH TARIXI Inson qadimdan ovozni yozib olishga intilib kelgan. Fizik olim Jambatista Porta 1589- yildayoq: «Ovoz izsiz yo‘qolib ketmaydi, uni iloj qilib saqlash mumkin», - degan edi. Ko‘p olimlar, shu jum- ladan, mashhur astronom Iogan Kepler (1634) ham ovozni saqlab qolish mumkinligi haqidagi fikrni aytgan. Ingliz fizigi Tomas Yung birinchi bo‘lib (1807) ovozni yozib olishga muvaffaq bo‘ldi. U Kamertonning ovoz tebranishlarini barabanga o‘ralgan is bosgan qog‘ozga yozib olgan. Fransuz Leon Skott 1857- yilda ovoz yozib oluvchi apparat - fonoavtografni kashf etdi. Bu asbob ovozning «shaxsiy imzosini» yozib olishga imkon bergan. Yung va Skott ix- tiro qilgan apparatlarda ovoz yozib olinardi-yu, lekin qayta eshit- tirib bo‘lmasdi. Fransuz Sharl Kro (1842-1888) birinchi bo‘lib ovozni yum- shoq materialdan qilingan diskka ariqchalar tarzida yozib olish va qayta eshittirishni taklif qildi. Qayta eshittirishda membrana bilan bog‘langan igna ariqchada harakatlanishi va tebranishlar mem- branaga uzatilishi, u esa havoni tebratib, rupor orqali atrofga tarqa- tishi kerak edi. Lekin Sh. Kro amalda bunday apparatni kashf qila olmadi. Mashhur amerika elektrotexnika kashfiyotchisi T. A. Edison birinchi bo‘lib (1877) ovozni yozib oldi va qayta eshittirdi. U fono- grafni ixtiro qildi. Unda ovoz mum valikka yozilar edi (chuqur yozuv). Ovozni qayta eshittirishda fonograf ignasi aylanib turgan valik ariqchalarida harakatlanib, membrana va rupor yordamida ovozni qayta eshittiradi. Ovozni yozib olishning bunday usuli me- xanikaviy usul deyiladi. Fonografning asosiy kamchiligi yozilgan ovoz nusxasini olish mumkin emasligidir. Vaqti kelib fonograf o‘rnini gramofon egalladi. Uni Emil Berliner taklif qilgan. U o‘z apparatini Filadelfiya universitetida 1888- yilda namoyish qilgan. Bu apparatda ovoz diskka ko‘ndalangiga yozilgan. Bu usul grammofonda ham qo‘llanilgan. Taxminan 1907- yilda balandroq ovoz chiqaradigan oksstofon deb ataladigan takomillashgan grammofon yaratildi. Bu apparat ma’ruzalar paytida diapozitivlarni namoyish qilish va gramplas- tinkalarni qo‘yishga imkon berdi. Ovozni mexanik yozib olish usulining rivojlanishi va takomil- lashishi bilan, ko‘p olimlar ovozni boshqa usullarda yozishni taklif qilishdi. A. F. Vishemskiy 1889- yilda jahonda birinchi bo‘lib ovozni yorug‘likka sezgir materialga optikaviy usulda yozib olish- ni taklif qildi. Rus fizigi A. G. Stoletov 1888- yil jahonda birinchi fotoelementni yaratdi, 1900- yilda esa I. L. Polyakov fotoelement- dan foydalanib, fotografik fonogrammadan ovozni qayta eshitti- rishni taklif qildi. Sobiq Ittifoq professorlari T. G. Tager va A. F. Shorinlar 1929- yilda ovozni kinoplyonkaga yozib olishning yangi optikaviy usul- larini ishlab chiqishdi. Bu usullar ovozli kino yaratish va rivojlan- tirishga asos bo‘ldi. Daniya fizigi V. Paulsen birinchi bo‘lib (1898) ovozni po‘lat simga magnit usulda yozishni taklif qildi. Ovozni yozib olish va qayta eshittirishning quyidagi usullari mavjud: 1) mexanikaviy usul gramplastinkalar ishlab chiqarish usuli bo‘lib, hozirgi kunda bu usul o‘rniga muqobil ravishda optik kom- pakt disklarga ovoz yozish qo‘llanilmoqda; 2) optikaviy (fotografik) usul faqat ovozli kinoda qo‘llaniladi; 3) magnit usul axborot-kutubxonalarda, radioeshittirish, ovozli kino, o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlari, kundalik turmush (havaskorlar- ning ovoz yozib olish) va h. k. da qo‘llaniladi. OVOZNI MAGNIT USULIDA YOZIB OLISH Ma’lumki, ba’zi materiallar juda oson magnitlanadi va magnit xossalarini uzoq muddat saqlaydi (masalan, temir va uning kremni kobalt va h. k. bilan birikmalari). Ferromagnitlar deb ataladigan bunday materiallar ovoz yozib olish uchun qo‘llaniladi. Demak, ovozni magnit usulida yozib olish ferromagnit materiallarning magnit ta’sirida magnitlanish va magnit maydonidan chiqqandan so‘ng bu holatni saqlash xossasiga asoslangan. Binobarin, ovoz magnit usulda olinganda, plyonkaning ferromagnit qatlamidagi qoldiq magnitlanib hosil bo‘ladi. Magnit tasma. Tovushni magnit tasmaga yozib olishda ovoz el- tuvchi sifatida atsetilselluloza, triatsetat, lavsan yoki boshqa mate- riallardan tayyorlangan, eni 6,25 mm va qalinligi 50 mkm bo‘lgan elastik tasma qo‘llaniladi. Bu tasmaning sirtiga temir oksidi yoki kobalt ferritining magnit kukuni yupqa qilib surkalgan. Hozirgi vaqtda ancha tasmalar, xu- susan, uzoq gapiruvchi, qalinligi 4,37 mkm, juda uzoq gapiruvchi - 26 mkm va hatto 18 mkm li tasmalar ishlab chiqariladi. Tasmaga bir ovoz (bir yo‘lli yozuv) yoki ikki ovoz yo‘lini (ikki yo‘lli yozuv) yozib olish mumkin. Ikki yo‘lli yozuvda har bir yo‘l- ning eni 2,5 mm bo‘lib, ular orasidagi bu joy o‘zaro xalaqitlarga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir ovoz yo‘li magnit fonogramma deb ataladi. Sanoatimizda magnit tasmalarning bir necha tipi ishlab chiqa- rilgan. 1-tip tasmaga ovoz katta harakat tezligida yozib olinadi. Bunday tasma faqat professional maqsadlarda ishlatiladi. Havaskorlar sez- girligi 1-tip tasmadan yuqori bo‘lgan 2- va 6- tip tasmalarni ishlati- shadi. Aytilgan tasmalarning asosi diasetatdan iborat. Asosi diasetatdan iborat 9- tip va asosi lavsandan iborat 10- tip, asosining qalinligi 37 mkm li tasmalar ishlab chiqarila boshlandi. Ko‘pincha, sobiq GDR da tayyorlangan C, CN va CR tipdagi magnit tasma ham ishlatiladi. C tasma bizdagi 1- tip, SN tasma 2- tip, CR tasma 6- tip tasmamizga to‘g‘ri keladi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling