Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Uyga vazifa: Insert jadvali 
 
 
 
“V”- men bilaman, men bilgan ma’lumotlarga mos; 
“+”–men uchun yangi ma’lumot; 
“-“ -meni bilgan ma’lumotlarga zid; 
“? “– men uchun tushunarsiz, bu bo’yicha menga qo’shimcha ma’lumot 
kerak. 
Mavzu: Mikrofonlar va ularning turlari. 
Reja: 
1.Mikrofonlarning yaratilishi. 
2.Mikrofonlar va ularning turlari. 
Tayanch iboralar- Ma`ruza, Dinamik mikrofonlar, Elektrostatik mikrofonlar., 
«Pushka» mikrofonlari, «Petlichka» mikrofonlari 
Mikrofonlar ovozni yetkazib berishda, o‘tkazilayotgan tadbir- larning mohiyatini 
foydalanuvchilarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. 
1878- yili Edison mikrofonni kashf etganidan boshlab, uning bir nechta avlodi 
almashdi. 1883- yili ko‘mirli, 1917- yili kondensa- tor mikrofonlar hayotimizga kirib 
keldi. 1924- yili nemis olimlari E. Gerlax va V. Shottkilar tomonidan tasmali dinamik 
mikrofonlar sotuvga chiqarildi. 1925- yili S. Rjevkin va A. Yakovlevlar tomonidan 
yasalgan pezoelektrik mikrofon datchik sifatida ishlay olishi ko‘pchilikni hayratga 
solgan edi. 
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar odamlarni kam hay- ratlantirsa ham, 
ularning xususiyatlari soha talablariga mos bo‘lishi lozim. 
Hozirgi kunda elektrodinamik va elektrostatik mikrofonlar keng qo‘llaniladi. 
Dinamik mikrofonlar. Elektrodinamik mikrofonlarni qisqa- cha shunday deb 
atashadi. Ular madaniy-ma’rifiy muassasalarda keng qo‘llanilib, yutuq va 
kamchiliklariga ega. Mazkur mikrofonlar ovoz signalini uzatishda uni kamroq 
o‘zgartiradi va uncha katta bo‘lmagan elektron shovqinni paydo qiladi. Shuningdek, 
ushbu mikrofonlar og‘ir korpusga ega bo‘lib, anchagina mustahkam. Qo‘ldan tushirib 
yuborilgan taqdirda ham, deyarli shikastlanmay- di. Mexanik qismining sodda tuzilishi 
harorat o‘zgarishi va namlik ta’siriga chidamliligini ko ‘rsatadi. 
Bundan tashqari, mikrofon membranasining qalinligi uning tashqi shovqinlarga 
bo‘lgan sezgirligini kamaytiradi, bu esa in- tervyularni yozib olishda qo‘l keladi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling