Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA





 
 
 
 


Dinamik mikrofonlar yorqin ovozlarni o‘tkazish uchun qulay, ammo ular past ovozni 
qayta ishlashga qiynaladilar. 
Uning narxi boshqalariga nisbatan ancha arzon bo‘lib, foydala- nishga qulaydir. 
Elektrostatik mikrofonlar. 
Elektrostatik mikrofonlar kon- densator va elektretlarga bo‘- linadi. Mikrofonlarda 
hamisha quvvat va ovoz kuchaytirgich bo‘lishi lozim. Doimiy 48... 200 voltli 
kuchlanish membranani polarlashtirish, shuningdek, ku- chaytirgichni oziqlantirish 
uchun qo‘llaniladi. 
Mikrofon ishlab chiqaruv- chilari undagi xususiyatlarga ta’rif berish maqsadida qu- 
yidagi so‘zlarni ishlatishadi: «yo‘naltirish» so‘zi ingliz tilida polar pattern, polar 
diagram, polar response, ba’zida polar response curve, directivity, directionality degan 
ma’nolarni anglatadi. 
«Aylana bo‘ylab» atamasini omni, omnidirectional yoki unidirectional sifatida 
qo‘llanilsa, «keng kardioidli» so‘zi esa wide-car- dioid sifatida beriladi. Mazkur 
atamalar ovozning amplitud-chasto- tali tavsifini belgilab beradi. 
«Pushka» mikrofonlari. Ommaviy tadbirlarni videotasvirga olishda ishlatiladigan 
«pushka» mikrofonlari videokameralar jam- lanmasiga kiradi. 
Mazkur mikrofonlarning o‘ziga xos nomi ularni 2 metrdan 
10 
metr uzoqlikkacha o‘rnatish imkoni mavjudligi va ovoz man- bayini «nishonga 
olish»idan kelib chiqqan. 
Mikrofonning uzunligi 15 mm dan 1000 mm gacha bo‘lib, u qanchalik katta bo‘lsa, 
shuncha kadr tashqarisidan kelayotgan ovoz bosiladi. Bu esa obyektiv qaratilgan 
hududdagi ovozni ilg‘ab olish imkonini beradi. Shuning uchun ham «pushka»lardan 
reportaj, ommaviy tadbirlar va boshqalarni xonadan tashqari tasvirlarni yozib olishda 
kamera usti mikrofonlari sifatida foydalaniladi. 
PZM mikrofonlari elektrostatik mikrofonlarning yangi turi bo‘lib, PZM so‘zi 
pressure zone microphone, ya’ni «bosim zo- nasi mikrofoni» sifatida tarjima qilinadi. 
Mazkur mikrofonlar yuqori sezuvchanlik va polusfe- rik yo‘nalishga ega bo‘lib, uning 
5- rasm. PZM mikrofonlari. bir o‘zi bilan bir nechta teledas- 
tur qatnashchilarining ovozini 
yozib olishi mumkin. 
Demak, ular davra suhbatlarini, konferensiya, seminarlar olib borishda juda ham qo‘l 
keladi. Ular, asosan, televideniya sohasida ishlatishga mo‘ljallangan. Jajji, ammo 
telejurnalist hamda TV re- jissyorining ishini ancha osonlashtiradigan, kadrda 
ko‘rinmaydigan mikrofonlarni «petlichka» deb atashlari bejiz emas. Ular jurnalist 
yoxud teledastur qatnashchisi kiyimining yoqasiga joylashtiriladi. Ishlab chiqaruvchilar 
mikrofonning kiyim bilan ishqalanishidan keraksiz ovoz chiqmasligi uchun ularning 
ovozni ushlab olish yo‘nalishini teskari qilib yasashadi. 
Elektrostatik mikrofonlarning ikkita kamchiligi bo‘lib, uning narxi balandligi va 
doimiy ravishda tokdan oziqlanishi lozimligidir. Aytish joizki, mazkur mikrofonlarni ilk 
marotaba tok manbayidan oziqlantirayotganda uning ovoz traktida nazorat qilib 
bo‘lmaydigan amplituda ko‘tarilishini kuzatish mumkin. 
Shuning uchun ham mikrofon batareyasini almashtirayotganda yoki tokka 


ulayotganda oziqlanish manbayini eng kam darajaga tushirish lozim. 
Albatta, mikrofonlarni ishlatayotganda uning boshiga paralon qalpoqchani kiygazish 
zarur U «p» hamda «s», «z», «j» tovushla- rining jaranglab chiqishining oldini oladi. 
Nazorat savollari: 
1.Ovoz deb nimaga aytiladi, unga izoh bering? 
2.Ovozni yozib olish tarixi haqida so‘zlab bering. 
6. 
Ovozni yozib olish va qayta eshittirish turlarini aytib bering. 
7. 
Magnit usulda ovozni yozib olish va axborot-kutubxonalarda ularning roli va 
ahamiyatini ochib bering. 
8. 
Magnitafonlar va ularning turlari haqida gapirib bering. 
9. 
Ovoz kuchaytirgichlari va axborot-kutubxonalarda ulardan foyda- lanishni aytib 
bering. 
10. 
Mikrofonlar ularning turlari haqida gapirib bering 


NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling