Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ovoz haqida tushuncha.Ovozni yozib olish tarixi. Reja
Nazorat uchun savollari 3-ilova Uyga vazifa Yu.O . Mannonov K.G. Mavlonov Axborot kutubxona texnologiyalari. T: Noshir. 2013.-10-13 betlar. o’qish konspektlashtiish. Mavzu: Ovoz haqida tushuncha.Ovozni yozib olish tarixi. Reja: 1.Axborot-kutubxona muassasalarida ovozni yozib olish va qayta eshittish asoslari. 2. Ovoz haqida tushuncha. 3.Ovozni yozib olish tarixi. 4.Ovozni magnit usulda yozib olish Daniya fizigi V. Paulsen birinchi bo‘lib (1898) ovozni po‘lat simga magnit usulda yozishni taklif qildi. Ovozni yozib olish va qayta eshittirishning quyidagi usullari mavjud: 1) mexanikaviy usul gramplastinkalar ishlab chiqarish usuli bo‘lib, hozirgi kunda bu usul o‘rniga muqobil ravishda optik kom- pakt disklarga ovoz yozish qo‘llanilmoqda; 2) optikaviy (fotografik) usul faqat ovozli kinoda qo‘llaniladi; magnit usul axborot-kutubxonalarda, radioeshittirish, ovozli kino, o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlari, kundalik turmush (havaskorlar- ning ovoz yozib olish) va h. k. da qo‘llaniladi . 1. Ovoz deb nimaga aytiladi, unga izoh bering? 2. Ovozni yozib olish tarixi haqida so‘zlab bering. 3. Ovozni yozib olish va qayta eshittirish turlarini aytib bering. Tayanch iboralar- Ovoz, ovoz kuchaytirgichlari, mikrofonlar, musiqa markazlar Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida audiovi- zual, ya’ni ovozli texnika vositalarining ishlatilishi, ovoz haqida tushuncha, ovozni yozib olish va uning tarixi, ovoz yozib olish turlari, ovoz kuchaytirgichlari, mikrofonlar, ularning turlari, musiqa markazlari va ulardan turli xil ommaviy tadbirlarda foydalanish, tadbir mazmuniga qarab kerakli ishlarda qo‘llash haqida bilim, malaka va ko‘nikma berish. Ovoz haqida tushuncha. Axborot-kutubxona muassasalarida ovozni yozib olish va qayta eshittirish muhim ahamiyatga egadir. Turli xil ommaviy tadbirlarda - konferensiyalar, uchrashuvlar, turli xil kechalar va boshqalarda so‘zga chiqqanlarning nutqla- rini yozib olib, undan keyingi kelayotgan kitobxonlarning axborot so‘roqlariga javob berish mumkin. Masalan, biror-bir fan nomzodi bilan uchrashuv o‘tkazib, uning fandagi yangiliklari shu sohaning taraqqiyoti haqidagi fikrlarini yozib olish yoki biror- bir shoir bilan uchrashuv o‘tkazib, yangi she’rlarini yozib olish va ularni keyingi kelayotgan kitobxonlarga taqdim etish mumkin. Yozib olingan ax- borotlarning barchasi axborot-kutubxona fondi sifatida foydalani- ladi. Ovoz yozuvi xalq xo‘jaligida, fan va texnikada keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda yozib olingan ovoz mashinalar, avtomatik potok liniyalarining ishini boshqaradi, telefon orqali ma’lumotnomalar beradi. Ovoz yozuvi kosmonavtning Yer bilan suhbatlashish imko- nini beradi va h. k. Turli radioeshittirishlar, tarixiy anjuman, konfe- rensiya va kengashlardagi chiqishlar ham, odatda, magnit tasmaga yozib olinadi. Boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’limning o‘quv jarayonida ham ovoz yozib olish usulidan foydalaniladi. Bizni o‘rab turgan atrof muhitdagi tovushlar rang-barang va go‘zal. Qushlarning sayrashi, hayvonlarning ovozi, daraxtlar, barg va o‘tlarning mayin shitirlashi juda yoqimli. Qulog‘imiz eshitadigan hamma narsani yozib olish va o‘quv maqsadlarida foydalanish mumkin. Turli ovozlar - odamning nutqi, musiqani eshitish organlarimiz idrok qiladi. Xo‘sh, ovozning o‘zi nima va u qanday vujudga kela- di? Ovozni tebranuvchi jismlar hosil qiladi. Dutorning torini tarang tortib qo‘yib yuborsak, u tebranishi, tovush chiqarishini eshitamiz. Torning tebranishlari havoga o‘tadi va havoda ko‘zga ko‘rinmas sferik havo to‘lqinlari - ovoz manbayidan hamma tomonga tarqa- ladigan ovoz to‘lqinlarini hosil bo‘ladi. Odamning qulog‘i ovoz tebranishlarini tutadi, ularni sezadi, tovush asabi orqali asab uyg‘onishlari impulslarini miyaga o‘tkazadi va odam ovozni eshitadi. Demak, ovoz - odam qulog‘i qabul qiladi- gan havo zarralarining tebranishi, ovoz manbayi esa tebranuvchi jism ekan. Tovush to‘lqinlari faqat havodagina emas, suvda ham qattiq, jismlarda ham va boshqa muhitda ham tarqalishi mumkin. Ovoz to‘lqinlarining tarqalish tezligi ular harakatlanadigan muhit- ning xossalariga bog‘liq. Ovoz manbalari kuchi turlicha bo‘lgan ovozlarni tarqatadi. Tebranuvchi tor dastlabki eng chekka o‘ng vaziyatgacha siljiydi, so‘ngra sekinlik vaziyatiga qaytadi va eng chekka chap vaziyatga siljiydi, yana sokinlik vaziyatini egallaydi. Torning sokinlik vaziyatidan eng ko‘p og‘ish qiymati, ya’ni ja- ranglovchi jismning qulochi tebranish amplitudasi deb ataladi. Tebranish amplitudasining qiymati ovoz kuchini belgilaydi. Tebranish amplitudasi qancha katta bo‘lsa, ovozning kuchi ham shuncha kuchli bo‘ladi. Amplitudadan tashqari, ovoz kuchi muhit- ning zichligiga ta’sir qiladi. Odamning qulog‘i kuchsiz ovozlarni (masalan, shivirlasa va kuchli ovozlarni, masalan portlash, to‘p ovozini), ya’ni kuchi turlicha bo‘lgan ovozlarni qabul qiladi. Man- ba qancha uzoq bo‘lsa, uning ovozi kuchsiz eshitiladi. Qabul qilish joyida ovozning balandligiga qarab baholana- di. Ovoz balandligi va ovoz intensivligi quloq qabul qiladigan ovozning eng kichik kuchi intensivligiga nisbati logarifmi bilan o‘lchanadi va detsibell (db) bilan ifodalanadi. Ovozning balandligi faqat ovoz kuchigagina emas, balki chasto- tasiga bog‘liq. Ovoz to‘lqinlarining kuchi o‘rtacha ovozga nisbatan bir xil bo‘lgan holda juda yuqori va juda pastdek tuyuladi. Masalan, bir torni kamroq tebranishga majbur qilish mumkin. Birinchi holda qulog‘imiz past tonli ovozni, ikkinchi holda yuqori tonli ovozni eshitadi. Demak, ovozning balandligi tebranishlar chastotasi bilan bog‘liq. Tebranishlar chastotasi qancha ko‘p bo‘lsa, ovoz shuncha yuqori bo‘ladi. Ovozning 1 soniyadagi tebranishlar soni tebranishlar chastotasi deb ataladi va gers (Hz) bilan ifodalanadi. Quloq qabul qiladigan ovozlar chastotalari diapazonini hosil qiladi. U juda cheklangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, normal eshitadigan odam tebranishlar chastotasi 10-20 Hz dan (pastki pog‘ona) 15-20 kHz gacha (yuqori pog‘ona) ovozni eshitadi. Lekin ko‘pchilik odamlar eshitish qobiliyatining yuqori chegarasi atigi 10-12 kHz ni tashkil qiladi. Chastotasi 10 kHz dan past va 20 kHz dan yuqori bo‘lgan tebranishlar ovoz sezgisini hosil qilmaydi. Eng past ovozlar infraovozli, eng yuqori ovozlar ultraovozli teb- ranishlar yoki ultraovozlar deb ataladi. Ovoz chastotasi 10-300 kHz bo‘lgan tebranishlar odamda past ovoz sezgisini, chastotasi 5-20 kHz bo‘lgan tebranishlar yuqori ovoz sezgisini hosil qiladi. Odamning tovushlari ancha tor chastotalar polosasi bilan cheklangan. Tabiatda mavjud bo‘lgan g‘oyat turli-tuman tovushlarni nutq tovushlari, musiqa (musiqa asboblari) ovozlari va shovqinlarga ajratish mumkin. Odam nutqi va musiqa asboblarining ovozi murakkab tebra- nishlar bo‘lib, tonlar deb ataladigan - bir-birining ustiga tushadi- gan oddiy (garmonik) tebranishlardan tashkil topadi. Demak, har bir tebranuvchi jism turlicha ton chiqaradi. Past ton asosiy ton deb ataladi va u ovoz chastotasini belgilaydi. Boshqa chastotali tonlar esa obertonlar Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling