Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
6- ilova 
Uyga vazifa 
Mavzuni o’qish va mavzu yuzasidan test tuzish. 
Mavzu: Statistik va dinamik apparatlar. 
Reja: 
1. Statik proyeksion apparatlar. 
2. Dinamik proyeksion apparatlar. 
Tayanch 
iboralar
Epidioskop,grafoproyektor, 
dioproyektor, 
epiproyektor, 
kinoproyektor, dinamik proyeksion apparatlar. 
1640- yilda birinchi proyektor paydo bo‘lgan. Bu proyektorni Afanasiy Kirxer 
(1601-1680- yillar) ismli nemis fizik-matematigi ixtiro qilgan. A. Kixxer ushbu 
apparatini «sehrli chiroq» deb nomlagan. Ushbu apparat kartonlardan kesib yasalgan 
hayvon va odam- lar ko‘rinishining ko‘lankali proyeksiyalarini amalga oshirib bera 
olgan. Bu yerda yorug‘likning manbayi bo‘lib shag‘am ishtirok etgan. 
1839- yilda L. Dager ismli fransuz rassomi fotografiya (suratga tushish)ni ixtiro 
etgan. Bu esa sur’atlarni shishali diopozitivlarda namoyon qilish imkonini bergan. 
XIX asrga kelib proyektorlardagi yorug‘lik manbayi sifatida elektr lampalar ishlatila 
boshlanib, ushbu lampalar ham ikki xilda bo‘lgan bular: qizdirilgan ko‘mir lampasi va 
«Yablochkov shag‘am»laridir. 
XIX asrning boshlariga kelib Moskvada maktab dasturlariga muvofiq bo‘lgan o‘quv 
diopozitivlari ishlab chiqarila boshlangan. 1904-1905- yillarga taalluqli plyonkali 
birinchi diofilmlar paydo bo‘lgan va ular «proyeksion fotogrammalar» deb atalgan. 
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan grafoproyektor, dioproyektor, 
epiproyektor, kinoproyektor kabi proyektorlarda kichik hajmdagi kvars galogen 
lampalari ishlatiladi (KGM 12-100, KGM 24-150, KGM 220-500 va b.). Ushbu 
lampalarning oddiy lampaladan ustunlik tomonlari ko‘p. Masalan, bu lampalarda 
doimiy ravishda yorug‘lik oqimi va rangli harorat ta’minlanib, ular hajm jihatidan 
unchalik katta bo‘lmasa-da, foydali ish koeffitsiy- enti hamda xizmat qilish davri juda 
balanddir. 
Lampaning asosiy qismi volfram ipdan iborat bo‘lib, maxsus kvarsli shisha idishga 
joylashtirilgandir. Kvarsli shisha idish yod va gaz bilan to‘ldirilgan. Shuningdek


galogen lampalarda molib- den folga (zar qog‘ozi)ni yoki oddiy simni kvarsga qalaylab 
ham ishlatishadi. Bu holatda galogen lampaning harorati 350 °C dan oshmasligi kerak, 
aks holda, lampa oksidlanib, kvarsning yori- lishiga olib kelishi mumkin. Kvars 
galogen lampalari ekspluatatsi- ya qilinayotganida elektr ventilatorlardan foydalanish 
o‘ta muhim hisoblanadi. 
Mazkur lampalardan foydalanayotganda yana bir muhim nar- saga e’tibor qaratish 
lozim, ya’ni lampaning tashqi ballon qismini ochiq qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. Chunki 
bu holatda ballonda barmoq izlari qolib, lampaning yorug‘lik quvvatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi va lampa tez orqada ishdan chiqadi. 
Lampalarning tashqi ballon qismiga maxsus markalar ham qo‘yiladi. Bu markalarda 
lampaning quvvati ko‘rsatiladi. Masalan, K-30-400 - bu kinoproyeksion lampa, PJ-220-
500 - bu epiproyektorlar uchun ishlatiladigan projektorlik lampasi, KGM- 12-150 - bu 
kichkina hajmli kvarsli galogen lampasi va h. k. 
Endi statik proyeksion apparatlar haqida batafsilroq to‘xtalsak. Ta’lim 
muassasalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan dioproyektorlar bu «Svityaz» va «Peleng» 
apparatlaridir. 
«Svityaz» dioproyektori 50 x 50 mm
2
o‘lchamdagi rangli va oq- qora diopozitivlarni 
namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. 
Dioproyektorlarning alohida sxemalari bu kodoskoplardir (gra- foproyektorlar). 
Kodoproyektorning yorug‘lik proyeksion sistema- si vertikal - tikka tushgan, 
proyeksiyaning obyekti esa gorizontal yonlamasigadir. Grafoproyektor - grafik surat va 
matnlarning retropro- yeksiyalarining ekrandagi ko‘ri- nishlarini ta’minlab beruvchi 
statsionar yoki ko‘chirib yuruv- chi moslamadir. 
Grafoproyektorlarning af- zallik tomonlari: ekrandagi su- ratlarning yirik mashtabli 
ko‘ri- nishi; xonani qorong‘ilashtir- masdan turli xil namoyishlarni o‘tkazish; o‘ta katta 
bo‘l-magan auditoriyalarda keng qo‘llani-li-. Grafoproyektor. shi; proyektorlarning ikki 
xil re- 
jimda ishlay olishi, ya’ni to‘la yorug‘likda va ekonomik yorug‘likda (10-15 % quvvati 
bilan). 
Zamonaviy overxed proyektor o‘ta mustahkam korpus, frenel linzalari, uch linzali 
yuqori sifatli obyektiv, lampalar avtomatik ko‘chirilishining ekonom rejimi, ular xizmat 
muddatining to‘rt barobar uzaytirilishi, lampalarning bir zumda almashtirilishi uchun 
moslama, o‘rnatilgan zaxira lampasi, ovozsiz ventilator kabi usku- nalarga ega. 
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, fotoplyonkadan qilingan o‘quv 
materiallaridan bugungi kunda foydalanish kamayib bormoqda. Uning o‘rniga 
ma’lumotlarning raqamli formalaridan keng foy- dalanilmoqda. Bunday suratlar 
kompyuter texnikalari, monitorlar va videoproyektorlar yordamida namoyish etiladi. 
Epiproyeksiya - bu ekranga tiniq bo‘lmagan o‘zakdan yasal- gan turli sur’atlar, 
chizmalar, fotografiyalar va mayda predmetlarni proyeksiya qilishdir. Epiproyektorlar 
ko‘rilayotgan obyektning akslantiruvchi nurlarini sferik oynalar orqali ekranga yetkazib 
beradi. Apparatdan kelayotgan yorug‘likning binoga taralib ke- tishining oldini olish 
maqsadida uskuna maxsus g‘ilofga solinadi. Bunday proyektorlar tez ishlash quvvatiga 


ega bo‘lsa-da, ammo ekrandagi obyekt ko‘rinishini tiniq namoyish qilib berishda dio- 
proyektorlardan orqada qoladi. Ekrandagi suratlarni sifatli namoyish qilib berish uchun 
epiproyektorlar quvvatli yorug‘lik manbayi bilan ta’minlanishi kerak. 
Epiproyeksiya, asosan, ax- borot-kutubxona muassasalarida keng qo‘llaniladi. 
Epiproyeksi- yalarning afzallik tomonlari shundaki, u ekranda rangli bo‘lgan katta 
hajmdagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsata oladi. Hattoki gazeta illustratsiyalarini ham 
ekrandan tiniq va sifatli ko‘rish imkonini beradi. Ba’zida ekranda stereoskopik effekt 
paydo bo‘ladi. Epiproyeksiyada kichik hajmda bo‘lgan obyektlar ham ekranda tiniq va 
ravshan ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Epiproyektor - proyeksion apparatning bir turi bo‘lib, bugungi kunda epiproyektorlar 
videoproyeksion moslamalar bilan birga- likda ishlaydigan teleproyektorlar va 
dokument proyektorlar kabi texnik o‘quv moslama kompleksidan deyarli chiqarib 
tashlangan. 
Epiproyektorlarning sxemasi qayta tuzilgan proyeksion appa- ratlarning optik 
sxemasi tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni tiniq va tiniq bo‘lmagan obyektlarni proyeksiya 
qila oladigan epidioskoplar tarkibiga. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling