Axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi «dasturlash tillari» fanidan kurs ishi mavzu: C++ dasturlash tilida for, while va do while operatoriga doir dastur tuzish


Do… while operatori va undan foydalanish


Download 0.93 Mb.
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1416520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Chirmashev Diyorbek

Do… while operatori va undan foydalanish
Bazi bir masalalarni yechish algoritmlari tarkibida takrororlanishlar qandaydir shartlarga asosan bajariladi. Har bir takrorlanish jarayoni bajarilish qadamida shart tekshirilib o‗tib borilaveradi, qachonki shart yolg‘on bo‗lgandagina takrorlanish jarayoni to‗xtatiladi. Masalan yig‘indisi n ga teng bo‗lgan natural sonlar sonini topish yoki umumiy hadi n dan kichik bo‗lgan cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyani hadini topish kabi masalalarda shartli takrorlanuvchi operatorlardan foydalaniladi. Agar algoritm tarkibidagi bir necha marta takrorlanishi kerak bo‗lgan buyruqlarni takrorlanuvchi jarayonlar asosida dasturlash tillarida tasvirlanmasa, bu buyruqlarni barchasini bajarish murakkablashadi. Shartli takrorlanuvchi algoritmlarni shartli takrorlanuvchi jarayonlar ham deb ataymiz. Tarif: Agar takrorlanishlar soni ma‘lum bir shartlar asosida aniqlansa, bunday jarayonlar shartli takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi. Shartsiz o‗tish operatori va tarmoqlanuvchi operatorlar yordamida ham shartli takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Lekin bunday holatlarda bitta amalni bajarish uchun bir nechta operatorlarni ishlatish kerak bo‗ladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar bajarilish holatlariga qarab turlarga ajratiladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar quyidagi turlari mavjud: -Shart oldi takrorlanuvchi operatorlar; - Shart keyin takrorlanuvchi operatorlar. Yuqorida keltirilgan operatorlar takrorlanish holatiga qarab bajariladi. Shart oldi va shart keyin takrorlanuvchi algoritmlar C++ dasturlash tilida quyidagi operatorlar yordamida dasturlanadi.
While operatori
Shart oldi takrorlanuvchi jarayonlar bajarilish holati har bir takrorlanish oldidan shart tekshirilib keyin takrorlanish tanasidagi operatorlar bajariladi. Agar takrorlanish holati boshidan shart yolg‘on qiymat qabul qilsa, takrorlanish bir marta ham bajarilmaydi. Shart oldi takrorlanuvchi operatorlarning C++ dasturlash tilida ifodalash uchun while operatori yordamida tasvirlanadi. 111 Ta‘rif: Agar shartli takrorlanuvchi jarayonlar tarkibidagi shart takrorlanishdan oldin tekshirilsa, shart oldi takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi. Takrorlanuvchi operator tarkibiga beriladigan shart tahlil qilinib yozilish kerak, chunki shart hech qachon yolg‘on qiymat qabul qilmasa, dastur cheksiz ishlashga to‗g‘ri keladi. Takrorlanish hech qachon cheksiz bo‗lishi mumkin emas, aks holda algoritmning diskretlik hossasi buziladi. Shart oldi takrorlanish operatori yani while operatorining umumiy ko‗rinishi quyidagicha.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling