Qoʻllanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: - ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; - tashkiliy jarayonlarni boshqarish; - texnalogik jarayonlarni boshqarish. Ilmiy axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun moʻljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Tashkiliy boshqaruvning AT – shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat ob’ektlari (bank, birja, sugʻurta kompaniyalari, mexmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnalogik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Axbort tizimlarini oʻrganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni batafsil bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun uning normal ishlashini ta’minlaydigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi blok-sxema shaklida tasavvur etish mumkin (1.2-rasm). Har bir tizim 4 ta asosiy qismdan iborat: Axbort tizimlarini oʻrganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni batafsil bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun uning normal ishlashini ta’minlaydigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi blok-sxema shaklida tasavvur etish mumkin (1.2-rasm). Har bir tizim 4 ta asosiy qismdan iborat: - Kiritish
- Ishlov berish
- Chiqarish
- Teskari aloqa
Do'stlaringiz bilan baham: |