Axborot texnologiyalari va uning turlari


Download 1.13 Mb.
bet7/15
Sana06.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1330577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1-ma\'ruza Axborot texnologiyalari va uning turlari

CASE-texnologiyalar

CASE-texnologiyalar axborot tizimlarini loyihalash uslubiyatini, hamda predmet sohasini ko’rgazmali shaklda modellashtirish imkoniyatini beruvchi anjomiy vositalar to’plamini ifodalaydi. Shu bilan birga bu modelni butun loyihalash bosqichlarida tahlil qiladi, axborot tizimini boshqaradi va foydalanuvchi talablariga mos ravishda ilovalarini ishlab chiqadi. CASE-vositalarning ko’pgina qismi tizim va dasturiy vositalarning dinamik holatini, tizimning modellari o’rtasidagi bog’lanishlarni, diagramma yoki matn ko’rinishida tashqi talablarni bayon etish uchun tarkibiy (asosan) yoki tahlil va yo’naltirilgan loyihalash uslublarini qo’llaydi. Tahlillar natijalariga ko’ra, CASE- texnologiya axborot texnlogiyalarining izchil turiga kiradi.

Sun’iy tafakkur texnologiyasi

Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan axborot tizimi tushunchasi ma’nosi ham o’zgardi. Zamonaviy axborot tizimi – bu axborotning hayot jarayonini ta’minlashga yo’naltirilgan axborot texnologiyalari to’plami bo’lib, o’z ichiga uchta asosiy jarayonni oladi: ma’lumotlarga ishlov berish, axborotni boshqarish va bilimlarni boshqarish.

Prof. Pospelovning ta’rifiga ko’ra, quyidagi asosiy funksiyalar bajarilsa, tizim intellektual deyiladi:

  • tizimni o’rab turgan muhit haqida bilimlarni to’plash, ularning paragmatik nuqtai nazardan foydaliligini baholash, yangi bilimlarni olish jarayonlarini amalga oshirish, avvalgi ma’lumotlarni yangi ma’lumotlar bilan taqqoslash;
  • mantiqiy xulosalar natijasida bilimlarni to’ldirish va o’z faoliyatini mantiqiy loyihalash;
  • inson bilan inson tiliga yaqin tilda muloqot qilish va o’rab turgan olamni bilish uchun inson qo’llaydigan kanallardan axborot qabul qilish, xotirada saqlanayotgan bilimlar asosida foydalanuvchiga yordam ko’rsatish, o’zi uchun yoki inson (foydalanuvchi) iltimosi bilan o’zining faoliyati tushunchalarini shakllantirish.

Sun’iy tafakkur texnologiyasi

Intellektual tizimlarni kiritilayotgan funksiyalarni amalga oshiruvchi tashkil etuvchilarni to’plashiga qarab, quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling