Modelli axborot tizimlari foydalanuvchiga matematik, statistik, moliyaviy va boshqa modellarni taklif qiladi. Foydalanuvchi yetishmayotgan axborotni shu modellardan olib, qaror qabul qilishi mumkin. Modelli axborot tiizmlarining asosiy vazifalari quyidagicha: namunaviy matematik modellar muhitida ishlash; kiritish parmetrlarini va modelning cheglarini tezkor tayyorlash va tuzatish; modelning dinamikasini grafik koʻrinishda iodalash; modeldan foydalanish qadamlarini koʻrsatib turish. Ekspertli axborot tizimlarida foydalanuvchi bilimlarni tahlil qilish yoʻli bilan alternativ qarorlarni tuzadi. Axborot tizimlarini qoʻllash soxalari. Axborot tizimlari qiyidagi belgilarga qarab shartli ravishda sinflarga boʻlinadi: - Vazifasiga koʻra
- Apparat vositalarning stirukturasiga koʻra
- Foydalanish rejimiga koʻra
- Quvvatlangan faoliyat turiga koʻra
- Avtomatlashtirish darajasiga koʻra
Vazifasiga koʻra axborat tizimlari esa oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi: - Malumotlarni uzatish tizimlari.
- Malumotlarni yigʻish tizimlari.
- Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari.
Ma’lumotlarni uzatish tizimlari deb - turli masofada joylashgan tizimlar orasidagi ma’lumotlarni uzatish uchun moʻljallangann tehnik vositalar va dasturiy taminot vositalar taminotiga aytiladi. Ma’lumotlarni yigʻish tizimlari deb - kiritish, qayta ishlash, oʻzgartirish, uzatish va yigʻish ishlari bilan shugʻillanuvchi texnik vositalar va oʻz dasturiy taminotiga ega boʻlgan tizimlarga aytiladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi deb – turli tizimlardan kelgan turli maqsaddagi malumotlarni toʻplashi qayta ishlash bilan shugʻillanuvchi oʻz texnik vositalari va dasturiy taminotiga ega boʻlgan tizimga aytiladi. Axborot tizimlari vazifasiga koʻra yana qoʻshimcha quyidagi turlarga boʻlinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |