Demak bu yerda pedagog roli nafaqat yig‘uvchilikka,
balkim
yuqori avlod yig‘gan qadriyatlar va tajribani yosh avlodga
uzatuvchi mexanizmning asosiy bo ‘g‘ini hisoblanadi. Aslida bu
yerda
bir emas, pedagogning ikki ijtimoiy maqsadlari belgilanadi:
uzatish uchun yig‘ish.
To‘rtinchi
vazifa:
Pedagogning yana bir ijtimoiy rollaridan
biri boTib, uning mutaxassis sifatida jamiyat madaniyatini,
jamoaviy munosabatlami, odamlaming o‘zaro munosabati
va xulq-
atvorining hozirgi vaqtdagi ahvoliga baho beruvchi va tahlil
qiluvchi rolidir. Uning baho berish mezoni quyidagicha: yaxshi va
yomon
omillaming mavjudligi, oraliq omillar ham mavjud.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun u madaniyatning umumiy
jam g‘armasidan qimmatli va foydali boTgan materiallami tanlaydi
(subyektiv nuqtai nazardan). Bunday
holatda pedagog nafaqat
progressiv, balkim konservativ rolni ham o‘ynaydi. Gap shundaki
yuqori avlod pedagoglari, o‘z
yoshlik davrlarini, yashagan yillari
cho‘qqisidan orqaga nazar solib, shiddat
bilan kirib kelayotgan
yangiliklami buzg'unchi negativ hodisalar sifatida qabul qilishadi
va bu yangiliklarga qarshilik qilishib, nomaqbul deb topishadi.
Umuman olganda esa,
jamiyat
taraqqiyotini
faqatgina
pedagoglar faoliyati belgilamaydi. Chunki boshqa omillar ham
mavjud va jamiyat taraqqiyotini ayrim pedagoglarning konservativ
qarashlari
to‘xtata
olmaydi.
Biroq
ko‘pchilik pedagoglar,
yangilikka
intilishadi
va
ilg‘or
g‘oyalami
jamoatchilik
munosabatlari tizimiga olg‘a surishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: