Axborot tizimini boshqarish turli komponentlardan iborat, jumladan: Dasturiy ta'minot: Bu ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to'plamini anglatadi


Download 360.29 Kb.
bet4/27
Sana21.04.2023
Hajmi360.29 Kb.
#1368526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Sessiya

Bilet №5.1.relyatsion algebra – bu relyatsion ma'lumotlar modelidagi munosabatlar bo'yicha amallarning yopiq tizimidir. Relyatsion algebra jadvallar bo'yicha bajariladigan amallar tili bo‘lib, relyatsion ma'lumotlar bazasida relyatsion algebra amallari orqali dastlabki munosabatlarni o'zgartirmasdan bir yoki bir nechta jadvallarga asoslangan boshqa jadvalni yaratishga imkon beradi. Hosil qilingan jadval odatda ma'lumotlar bazasiga yozilmaydi, bu esa SQL so'rovini bajarish natijasida hosil bo'ladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasida axborotlarni ortiqchaligini normallashtirish yo‘li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu amallarni 1970 – yilda Edgar Frank Kodd tartiblab ishlab chiqqan. Har qanday relyatsion algebra amalining natijasi yangi munosabat (jadval) dir. Bunday amallar tizimlari yopiq tizim ham deb ataladi. Relyatsion algebraning 7 ta asosiy amali mavjud bo’lib, ular ikki guruhga bo'lingan. Birinchisi har qanday munosabat (jadval) larda bajariladigan amallarni o'z ichiga oladi:Birlashma (Union);Kesishma (Intersect);Ayirma (Minus);Dekart ko‘paytma;
Ikkinchi guruhga faqat munosabatlarga taalluqli amallar kiradi:Tanlab olish (Selection);Proyeksiya;
Birikma.2. Normallashtirish - bu ma'lumotlar bazasida ma'lumotlarni tartibga solish jarayoni bo'lib, u jadvallar o'rtasida aloqalarni o'rnatish hamda ortiqcha bog'liqliklarni bartaraf etish orqali ma'lumotlar bazasini moslashuvchanligini orttiradi.Bir xil ma'lumotlarni ko‘payib ketishi MB ni hajmi ortib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa ma'lumotlar bazasini saqlashni qiyinlashtiradi. Misol uchun, agar bir turdagi ma’lumotlarni bir nechta joyda saqlangan bo‘lsa uni o'zgartirish kerak bo'lsa, barcha joylarga bir xil o'zgartirishlar kiritilishi kerak bo'ladi.Normallashtirish va normal shakl so'zlari ma'lumotlar bazasining tuzilishini anglatadi.Normallashtirish 1970-yillarda IBM tadqiqotchisi E.F. Codd tomonidan ishlab chiqilgan.Normalizatsiya ma'lumotlar bazalarida ma'lumotlarni tartibga solishda aniqlikni oshiradi.
Ma'lumotlarni ortiqcha bo'lishi turli xil noaniqliklarganing paydo bo'lishiga olib keladi, bu unumdorlikni pasaytiradi va ma'lumotlarni boshqarishni moslashuvchaligini kamaytiradi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, normallashtirishdan maqasad:Noaniqliklarni bartaraf etish;Ishlashni yaxshilash;
Ma'lumotlarni boshqarish qulayligini oshirish. 3. SQL (Structured Query Language) – Bu strukturaviy so'rov tili bo'lib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan boshqariladigan relyatsion ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni yaratish, o‘zgartirish va boshqarish uchun foydalaniladigan dasturlash tilidir. SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi.SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.Jadval qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.Obyektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.Ma'lumotlar bazasi va obyektlarga ruxsatlarni o'rnatish.Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash. Interaktiv SQL — bu ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi. O'rnatilgan SQL – bu so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. C, С++, Python, Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi. 4. Select *from Xaridorlar where PostalCode=12209 and City=’Mexico D.F’

Download 360.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling