Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

10. Konferensiyalar 
Audiokonferensiyalar 
Audiokonferensiyalarda masofaviy uzoqlashgan xodimlar va 
korxona bo„limlari o„rtasida aloqani ta‟minlash uchun audioaloqadan 
foydalaniladi. Audiokonferensiyani amalga oshirishning eng sodda 
vositasi suhbatlarda ikkidan ortiq ishtirokchining qatnashishi imkonini 
beruvchi qo„shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi 
hisoblanadi. 
Audiokonferensiyani 
tashkil 
qilish 
kompyuterning 
mavjud 
bo„lishini talab qilmaydi va ishtirokchilar o„rtasida ikki tomonlama 
aloqadan foydalanishni nazarda tutadi. Audiokonferensiyalardan 
foydalanish qaror qabul qilishni yengillashtiradi, arzon va qulay. 
Audiokonferensiyaning samaradorligi quyidagi shartlar bajarilganda 
ortadi: 
audiokonferensiyani tashkillashtirayotgan xodim qo„shimcha 
ravishda barcha qiziqqan shaxslarning ishtirok etishini ta‟minlasa; 
konferensiya ishtirokchilari soni muhokama qilinayotgan 
muammo doirasini ushlab turish uchun juda katta bo„lmasligi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


122 
lozim (odatta 
oltitadan ortmaydi); 
konferensiya dasturi uning ishtirokchilariga, faksimil aloqasini 
qo„llagan holda, avvaldan xabar qilinishi lozim; 
har bir ishtirokchi so„zlashdan avval o„zini tanishtirishi lozim; 
konferensiyani yozish va saqlash tashkillashtirilgan bo„lishi 
lozim; konferensiya yozuvi chop qilinishi va barcha 
ishtirokchilarga jo„natilishi lozim. 
Videokonferensiyalar 
Videokonferensiyalar ham audiokonferensiyalar kabi maqsadlarga 
yo„naltirilgan bo„lib, videoapparatlarni qo„llash bilan farqlanadi. 
Ularning o„tkazilishi ham kompyuter ishtirokini talab qilmaydi. 
Videokonferensiya jarayonida bir-biridan masofaviy uzoqlashgan 
ishtirokchilar televizor ekranida o„zlarini va boshqa ishtirokchilarni 
ko„rishlari mumkin. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz boshqaruvi 
ham uzatiladi. 
Videokonferensiyalar transport va yo„llanma harajatlarini 
kamaytiradi. Ko„pgina firmalar ularning nafaqat bu jihatlaridan 
foydalanadilar. Ular bunda muammolarni yechishda markaziy ofisdan 
masofaviy uzoqlashgan xodimlar va menejerlarni maksimal jalb qilish 
imkoniyatini ko„rmoqdalar. 
Videokonferensiyalarni 
qurishning 
uch 
konfiguratsiyasi 
ommaviydir: 
bir tomonlama video- va audioaloqa. Bu yerda video va 
audiosignallar bir yo„nalishda yuboriladi, masalan, loyiha 
rahbaridan bajaruvchiga; 
bir tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. Ikki 
tomonlama audioaloqa videotasvirni qabul qilayotgan 
konferensiya ishtirokchilariga videoxabar jo„natayotgan 
ishtirokchi bilan audioaxborotlar almashish imkonini beradi
ikki tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. Bunday 
ancha murakkab bo„lgan tuzilishda koferensiyaning barcha 
ishtirokchilari ikki tomonlama video va audioaloqadan 
foydalanadilar. 
Videomatn. Monitor ekranida matnli va grafik ma‟lumotlar tasvirini 
olish uchun kompyuterni qo„llashga asoslangan. Qaror qabul qiluvchi 
shaxslar uchun axborotni videomatn ko„rinishida olishning uch xil 
imkoniyati mavjud: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


123 
o„z shaxsiy kompyuterlarida videomatn fayllarini yaratish
maxsuslashtirilgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan 
videomatn fayllariga kirish huquqini olish uchun shartnoma 
tuzish. Sotish uchun mo„ljallangan bunday fayllar kompaniyaning 
mos xizmatini ko„rsatuvchi serverlarida saqlanishi yoki optik 
disklarda taqdim etilishi mumkin; 
boshqa korxonalar bilan ularning videomatn fayllariga kirishga 
ruxsat olish uchun shartnomalar tuzish. 
Korxonalar o„rtasida o„z mahsulotlarining kataloglari va narxlari 
bilan videomatnli ko„rinishda almashish ommaviylashib bormoqda. 
Videomatn savdosi bilan shug„ullanayotgan kompaniyalar xizmati 
gazeta va jurnallar bilan raqobatlasha bormoqdalar. Hozirgi kunda 
ko„plab davlatlarda gazeta va jurnallarning videomatn shakliga 
buyurtma berish mumkin (birja axborotlarining joriy holati haqida 
gapirmasa ham bo„ladi). 
Faksimil aloqasi. Bunday aloqa kommunikatsion kanalning bir 
boshida hujjatni o„qish va uning tasvirini ikkinchi boshida tasvirlash 
imkoniyatiga ega bo„lgan faks-apparatni qo„llashga asoslangan. 
Faksimil aloqasi ishtirokchilarning geografik holatidan qat‟iy nazar, 
muammoni hal qilayotgan ishtirokchi guruhlarga qaror qabul qilishda 
hujjatlarni tez va oson tarqatishda o„z hissasini qo„shmoqda. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling