Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari
Loyihalashni avtomatlashtirish har qanday ishlab chiqarish sohasida samarali masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, mashinasozlikda detallar, bo„g„inlar va tayyor mahsulotning sexda bo„lish vaqti bilan o„lchanuvchi korxonaning ishlab chiqarish sikli loyihalash boshlanish vaqtidan tayyor mahsulot chiqarishgacha bo„lgan vaqtning 1% ini tashkil etadi, qolgan 99%i konstruktorlik, tajribaviy-konstruktorlik va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga to„g„ri keladi. Ikkinchi tomondan avtomatlashgan loyihalash masalasini yechishning murakkabligi, aniq predmet sohasining turli-tumanligi bilan bog„liq. Avtomatlashgan loyihalash tizimlari (SAPR – системы автомати- зированного проектирования) mahsulotlar yaratishning asosan quyidagi yo„nalishlarida qo„llaniladi: tekislikda chizish, hajmli modellashtirish va fotoreal vizuallashtirish uchun universal grafik paket; ilovalar yaratish uchun ochiq grafik muhit (turli sohalarda turlicha reja va texnik masalalarni yechish uchun SAPR); grafik redaktor va ilovalar grafik muhiti; konstruktorlik loyihalash ochiq muhiti; mutaxassis bo„lmaganlar uchun SAPR (uyda foydalanish uchun). Universal grafik paket darajasida SAPR-mahsulotning imkoniyatlarini AutoCAD 2000 (Rossiyada eng keng tarqalgan chizmachilik paketi) misolida ko„rish mumkin. Autodesk firmasi tomonidan yaratilgan yangi ishlanmaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: samaradorlikni pasaytirmagan holda bir seansda bir necha chizma fayllari bilan ishlash imkoniyati; qirra va yoqlar darajasida qattiq tanali obyektlarni tahrirlash imkonini beruvchi modellashtirish vositalarining mavjudligi; obyektlar xossalariga murojaat qilish mumkinligi; obyektlarni turlari va xossalari bo„yicha tanlash, guruhlash va filtrlash mumkinligi; bloklarni yaratish va tahrirlash texnologiyasining mavjudligi; ekranda tasvirlash bilan birga chiziqlarning qalinligini www.ziyouz.com kutubxonasi 79 boshqarish; bloklar, tashqi jo„natmalar, tasvir va chizma fayllari bilan ishlash uchun drag-and-drop texnologiyasining yangi interfeysi – DesignCenterning qo„shilishi; chop qilishga chiqarmasdan, qatlamlar bilan ishlash imkoniyatining mavjudligi; simli karkasdan bo„yashgacha bo„lgan vizuallashtirishning bir necha rejimi mavjudligi; yaratishda va tahrirlashda kiritishning aniqligini ta‟minlash vositalarining mavjudligi; chizmalarni birlashtirish va chop qilishga chiqarish imkoniyati; o„lchamlar va o„lcham stillari bilan ko„rgazmali ishlash; koordinata tizimlari va ko„rinishlarni boshqarish vositalarining mavjudligi; chizmaga gipermurojaat qo„yish mumkinligi; tashqi berilganlar bazalari bilan ishlash; Visual LISP va Visual Basic redaktorlari yordamida sozlash vositalarining mavjudligi; talqinlarning mosligi (DWG AutoCAD R14, R13 va DFX AutoCAD R14, R13, R12 formatlarda). Mutaxassislarning baholashlariga ko„ra AutoCAD 2000 2D/3D o„rta narx toifasida universal grafik paket hisoblanadi. SAPRning radioelektronika soxasida qo„llanilishiga to„xtalib o„tamiz. Radioelektronika keng ilmiy-texnik soha hisoblanadi, shu sababli radioelektron apparatlarni (REA) loyihalash muammosiga to„xtalamiz. REAni loyihalash sohasida SAPRga qo„yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo„ladi: REA loyihalash barcha kompleks masalalarini yechish: tarkibiy, funksional va printsipial sxemalarni kiritish; hisoblashlarni bajarish; modellashtirish; apparaturalarni loyihalash; ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi va uni tayyorlash; elementlar va bo„g„inlar to„liq kutubxonasining, ko„plab parametrlarni jamlagan va yengil o„zgartirish imkoniyatiga ega bo„lgan signal va shovqinlar generatorlarining mavjudligi; GOST va ma‟lumotlar omborlari ma‟lumotnomalarining mavjudligi; zarur hisoblashlarni amalga oshirish (ishchi rejimlar, ishonchliligi, quvvati va boshqa parametrlar); www.ziyouz.com kutubxonasi 80 boshqa informatsion tizimlardan axborotni import va eksport qilish imkoniyati; turli periferiyani qo„llash. REAni loyihalash jarayonini bosqichlarga (tizimli, sxemali, loyihali, texnologik, ishlab chiqarish), loyihalanayotgan REAni esa darajalarga (tizim, tizim osti yoki apparatura, anjom, blok, katakcha yoki bo„g„in) bo„lish qabul qilingan. Bunday bo„linishdan kelib chiqadiki, SAPR barcha bosqichlar va loyihalash darajalarini to„liq hajmda ta‟minlashi lozim. Ammo, amaliyotda bunday yondashuv to„liq amalga oshirilmagan. Oxirgi yillarda mutaxassis bo„lmaganlar uchun SAPR (uyda foydalanish uchun) katta qiziqish uyg„otmoqda. Ulardan foydalanish sohalari: individual qurilish, havaskorlik modellashtirish va loyihalash va boshqalar. Bunday sinfga qo„yiladigan aosiy talablar-qoniqarli narh va kompyuter manbalariga talablarning katta emasligi. Avtomatlashtirilgan loyihalash sohasida ochiq muhitlarni qo„llash samarali hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi loyihalash jarayonini avtomatlashtirish hisoblanadi (loyihalanayotgan obyekt tarkibini tanlash, zarur hisob-kitoblar va h.k). Bunday yondashuvni amalga oshirishga grafik qobiq ko„rinishida amalga oshirilgan almashuvchi muammoga yo„naltirilgan DiaCAD (SPRUT-texnologiyalar) misol bo„la oladi. Ammo DiaCAD SPRUT-texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi va berilgan predmet muhitida loyihalash jarayonini formallash amalga oshirilgan hollarda qo„llaniladi. Mumkin bo„lmagan joylarda esa, taniqli grafik redaktorlarida kabi, interfaol chizma vositalari qo„llaniladi. DiaCADning imkoniyatlari yechiladigan masalalar ro„yxati bilan aniqlanadi: GOST talablariga rioya qilgan holda chizmalarni tezkor ishlab chiqish; iyerarxik grafik ma‟lumotlar omborlarini yaratish va foydalanish; intellektual tahrirlash (o„lchamlari qiymatlarini o„zgartirish yo„li bilan chizmani tahrirlash); dasturlashsiz parametrlangan dasturlarni olish. DiaCADni funksional jihatdan ikki qismga ajratish mumkin: grafik berilganlar bazasi administrator muhiti va konstruktor muhiti. Grafik berilganlar bazasining administrator muhiti iyerarxik grafik berilganlar bazasi bilan ishlash uchun mo„ljallangan va quyidagi masalalarini yechish imkonini beradi: ixtiyoriy iyerarxik tartibli berilganlar bazasini yaratish; chizmani www.ziyouz.com kutubxonasi 81 tezkor ko„rish; bir chizmadan ikkinchisiga ma‟lumotlarni ko„chirish; chizmani graf quruvchi yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish. Konstruktor muhiti chizmalar va geometrik modellar yaratish va tahrirlash imkonini beradi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling