Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot texnologiyasi
- Anjomiy oqim
7. Axborot texnologiyalari
Texnologiya deyilganda keng ma‟noda material boyliklarni ishlab chiqish qonuniyatlari tushuniladi. Ularni quyidagicha tarkibiy qismlarga bo„lish mumkin: g‘oya – ishlab chiqarish asoslari; mehnat qurollari – stanoklar, mashinalar, agregatlar; kadrlar – malakaviy bilimga ega bo„lganlar. Bu tarkibiy qismlar mos ravishda axborot, anjomiy va ijtimoiy qismlar deyiladi. Aniq bir ishlab chiqarish uchun texnologiya deyilganda, tor ma‟noda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish ketma-ketligini aniqlovchi usullar mosligi tushuniladi. Texnologiya darajasi jamiyatning ilmiy-texnik rivoji bilan bog„liq va uning ijtimoiy tarkibiga, madaniyatiga va g„oyalariga ta‟sir ko„rsatadi. Har qanday texnologiya uchun maqsad, predmet va vosita ko„rsatilishi mumkin. Masalan, sanoat ishlab chiqarishida texnologiyaning maqsadi mahsulot sifatini oshirish, uning tayyorlanish muddati va tannarxini kamaytirish hisoblanadi. Texnologiyaning rivojlanishida ikkita turli bosqichlarni ko„rsatish mumkin. Birinchi turi negiz texnologiyani uzluksiz rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Rivojlantirish maksimal darajaga erishilgandan so„ng, katta hajmdagi iqtisodiy xarajatlar o„zini oqlamaydi. Ikkinchisi, mavjud texnologiyalardan voz kechgan holda boshqa, birinchi texnologiyaning qonuniyatlari bo„yicha rivojlanuvchi yangi texnologiyaga o„tish bilan farqlanadi. Axborot texnologiyasi axborotni olish, ishlov berish, taqdim etish usul va vositalari mosligi bo„lib, axborotning holati, xossalari, shakli va mazmunini o„zgartirishga yo„naltirilgan. Axborot texnologiyalarini uch darajaga ajratish mumkin. Birinchi daraja – nazariy. Asosiy masalasi – axborot jarayonlarining o„zaro bog„langan modellari jamlanmasini yaratish. Ikkinchi daraja – tadqiqot. Asosiy masalasi – aniq optimal axborot texnologiyalarini avtomatik loyihalash imkoniyatini beruvchi usullarni ishlab chiqish. www.ziyouz.com kutubxonasi 82 Uchinchi daraja – amaliy. Bu darajani ikki oqimga ajratish maqsadga muvofiq: anjomiy va predmet. Anjomiy oqim (qurilmalar, stanoklar, anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish yo„llari va vositalarini aniqlaydi. Ularni uslubiy, axborot, matematik, algoritmik, texnik va dasturiy turlarga bo„lish mumkin. Predmet oqimi aniq predmet sohasi spetsifikasi bilan bog„liq bo„lib, maxsus axborot texnologiyalarida o„z ifodasini topgan. Masalan, texnologik jarayonlarni boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash, tashkiliy boshqaruv, o„qitish va boshqalar. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling