Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
3.Produktsion tizimlar. 70-yillarning o’rtalariga kadar ekspert tizimlarda bilimlarni
tasvirlash uchun bilimlarni ifodalovchi produktsiey modellar keng qo’llanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarning 1-avlodiga xos edi (masalan, DENDRAL, MYCIN, PUFF, SECS, Rl, MDX, MEDAS va boshqalar). Produktsion (maxsuliy) qoidalar bilimlarni «AGAR — U XOLDA» ko’rinishida tasvirlaydi. Qoidaning «AGAR» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya’ni «U XOLDA» qismidagi xulosalar mazmunga ega bo’ladi. Masalan: AGAR televizion tasvir tinik bo’lmasa, Va vaqt o’tishi bilan u pasaya borsa, Va tasvir uta ko’rib bo’lmaydigan darajaga etsa, «U XOLDA» kineskop ishdan chikkan bo’ladi, yangisi-ga almashtirish kerak. Bilimlarni qayta ishlovchi, bilimlarni tasvirlashda ishlatiladigan Produktsion qoidalarni uz ichiga oluvchi tizimlar produktsion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarning qo’llanishi buyicha produktsiyalarni «vaziyat->-xarakat», «xolat-v echimni qabul qilish», «jo’natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o’ziga xoslik — bu «jo’natish — xulosa» ko’rinishidagi talqin qilishdir. Bunda jo’natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, produktsiyalarni o’zi esa xulosa qoidalarini ifodalaydi. Produktsiyalar tilining asosiy elementi quyidagi konstruktsiyadir: (i), P, P j ; A → V; (j)Q. Bu konstruktsiya og’zaki quyidagi tekst bilan ifodalanishi mumkin: «Agar R shart bajarilsa va A shart urinli bulsa, u xolda V ishni qilish va produktsiyaning i nomerli shar-tini Q shartiga uzgartirish kerak». Bizning yozuvdagi (i) qoidaning tartib nomeri. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish buyicha uch xil bo’ladi: 1) to’g’ri yul bilan xulosa chiqaruvchi, 2) teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi, 3) aralash yul bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar. Masalan, to’g’ri yul bilan xulosa chiqaruvchi ETlar yordamida kasallik alomatlariga kura kasallik aniqlanadi. Teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi ETlar yordamida farazlardan (taxmin kilingan kasallikdan) bu farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastlabki ma’lumotlarga tomon sekin- asta boramiz. Mashxur chet el ekspert tizimlardan DENDRAL tizimi to’g’ri yul bilan xulosa chiqaruvchi, MYCIN esa teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi ETdir. Aralash yul bilan xulosa chiqaruvchi tizimlarda ikki tomon-lama jarayonni amalga oshirish mumkin, lekin bu xolatda ekspert tizimning bilimlar manbaida vaziyat (xolat) bilan birlikda maqsad xam berilishi lozim. Bilimlarni tasvirlovchi qoidalarning muxim axamiyati shundaki, tasvirlash modul xarakterga ega, ya’ni boshqa qoidalarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan yangi qoidalarni kushish, eskilarini olib tashlash yoki uzgar-tirish mumkin. Qoida produktsiya ko’rinishida bilimlarni tasvirlashning ikkita jiddiy kamchiligi bor. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida u (tasvirlash) ning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. Birinchidan, uxshash qoidalar tuplamini aniqlay oladigan xamda qoidalar tuplamiga uzgartirish kiritishda yoki qoidalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni 166 aniq-lashda foydali bo’ladigan qoidalar modulligi qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga tuskinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsligi kup xol-larda, bilimlarning xar xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va okibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Masalan, boshqa qoidalarni chakirishni boshqaradigan, yashirin xolda ishlaydigan yoki yakun yasaydigan qoidalarni yangi ma’lumotni chiqarishda ishlatiladigan qoidalar-dan farklab bo’lmaydi. Ekspert tizimlarda bilimlarni tasvirlash usullariga yakun yasab shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi paytga kadar ishlab chikilgan usullarda aniqlik va bir kiymatlilik yuk. Bunga bir tomondan, bilimlarni aniqlash va ularni ifodalash usullarining kupligi, ikkinchi tomondan, ulardan xar birining samaradorligi-ni baxolashda, ular bilan ishlashda eng maqsadga muvofik muolajalarni aniqlash usullarining yukligi sababdir. Bu xol bilimlarni ifodalashning umumiy nazariyasini yaratishni takozo etadi. Hozircha bunday nazariya yuk. SHu sababli bilimlarni ifodalashning u yoki bu usuliga baxo bera olmaymiz. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling