Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

12-bob bo’yicha xulosalar 
Xar qanday intellektual tizim, uning qaerda qo’llanishiga bog’liq bo’lmagan 
xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning vazifasi 
- oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi faoliyati doirasida 
malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan 
foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar 
manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli 
bo’lgan masalalarni echish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual 
interfeys masalani echish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o’rtasidagi o’zaro 
munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan sunggi foydalanuvchining xamma 
vositalarini o’z ichiga oladi. 
Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ETlarning taxlili 
shuni ko’rsatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-g’ayrati, sanoat va konstruktor-
texnologik korxonalarda samarali qo’llanuvchi sistemalar yaratishga qaratilgan. 


167 
13- bob Neyron tarmoq texnologiyalari 
13.1 Neyron to’rlarini tashkil qilish to’g’risida ma’lumot 
Odam miyasi juda murakkab tuzulishga ega. Uning qanday ishlashini o’rganish 
maqsadida juda ko’p ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda. Ma’lumki inson 
miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya 
nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir [24,34].
Sun’iy neyronlarning g’oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari 
xisoblanadi. Bugungi kunda miyaning ishlashini o’rganish yo’lida fan erishgan 
yutuqlardan kelib chiqib biologik neyron quyidagicha ishlashini aytish mumkin. Nerv 
xujayrasi - neyron bo’lib, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi eng kichik birlikdir. O’z 
o’rnida xar bir neyronda ko’plab o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalarning bittasidan 
boshqa barchalari akson deb nomlanadi va aksonlar orqali neyronga tashqi signallar 
keladi. Bitta o’simta dendrid deb nomlanadi va u orqali neyron tashqariga signal 
beradi. Ko’plab neyronlar bir birlari bilan ma’lum arxitekturada bog’langan bo’ladi. 
Bir neyronning aksoni boshqa bir neyronning dendridiga bog’langan nuqtalari sinaps 
deyiladi.
SHu tariqa millionlab neyronlar bir-birlari bilan bog’lanib ma’lum bir 
arxitekturadagi neyron to’rlarini tashkil qiladi. Bitta oldingi qatlamdagi neyron 
chiqish o’simtasi - dendrid orqali signalni keyingi qatlamdagi neyronlarga ularning 
aksonlari orqali beradi. Eng birinchi qatlamdagi neyronlar signallarni ma’lum 
organlarning retseptorlari orqali oladi. Masalan ko’z, burun, teri va xokazolar. Eng 
oxirgi qatlamdagi neyronlar esa signallarni ma’lum organlarning muskullariga 
uzatadi. Masalan qo’l, oyoq, yuz, tovush pardalari va xokazolar. 
Ana shu kabi miya tuzulishini o’rganishlardan kelib chiqib biologik 
neyronlarning funktsional analogi sun’iy neyronlarni yaratishga xarakatlar 
qilinmoqda. Albatta, bugun erishilgan natijalar inson miyasiga nisbatan juda primitiv, 
lekin shilliqurt, chuvalchang miyasi darajasida deyish mumkin.
Sun’iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik 
modelь, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya’ni 
amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati, 
balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ammo 


168 
organizmlar miyasini bugungi o’rganilganlik darajasi juda past bo’lib, xozirgacha bu 
borada ilmiy natijalarga erishilmagan. 
Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog’i, kompyuter dasturini nazarda 
tutiladi. 
Oddiy neyronni ko’rib chiqaylik: 
Bu erda: 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling