Axborot tizimlari


Horijiy tillarni o’rganish uchun tizimlar


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Horijiy tillarni o’rganish uchun tizimlar. Bunday katta miqdordagi amaliy 
mulьtimedia – tizimlar orasida Learning English in Multimedia o’qituvchi tizimini 
ajratib ko’rsatish mumkin. U boshlovchilar uchun ingliz tilini o’qitish maqsadlariga 
mo’ljallangan hamda IFAP/IRI (Italiya) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. 
Kurs moduli printsipi bo’yicha qurilgan, har bir modul u yoki bu hayotiy 
vaziyatga muvofiq keladi. Ko’rib chiqilayotgan holatlar va ularga muvofiq keluvchi 
xatti-harakatlar uchun tegishli so’z, tushuncha, jumla va gaplar kiritiladi. SHunday 
qilib, tinglovchilar o’z lug’at boyligini to’ldiradi, grammatika va sintaksis qoidalarni 
o’rganadi. 
Kompyuter dasturi yordamida o’qitish og’zaki nutqni tinglash va talaffuzini 
nazorat etish uchun videokasseta va audiokassetadan, shuningdek, grammatika 
qoidalari berilgan ikki o’quv qo’llanmasidan foydalanilgan holda to’ldiriladi. O’z-
o’zini nazorat qilishning bunday usuli o’qitish jarayoni samaradorligini oshiradi. 
Fan va zamonaviy texnologiyani o’rganish uchun tizimlar. Bu katta sinfdagi 
amaliy mulьtimedia – tizimlariga quyidagi misollarni (oddiydan murakkabga qarab) 
keltirish mumkin. Singapurning Ngee Ann politexnika instituti tomonidan ishlab 
chiqilgan COMAPP o’qitish dasturi talablarga hisoblash texnikasi asoslarini, ya’ni 
kompyuter ishlashi printsiplari va uni qo’llashni o’rgatishga mo’ljallangan. U 
Authorware Professional mualliflik tizimi yordamida qurilgan va turli o’quv 
mavzulariga tegishli modul tizimiga ega. Uning bosh menyusida quyidagi 
ma’lumotlar mavjud: 
 kompyuter o’zi nima? 
 raqamli kompyuterlar tarixi; 
 kompyuterlar tasnifi; 
 axborotni taqdim etish; 
 mikrochizmalarni ishlab chiqish; 
 kompyuter qanday ishlaydi; 
 mikroprotsessorlar; 
 dasturdan chiqish; 
 muqaddima. 
Ko’pgina kontseptual qoidalarni yaxshi o’zlashtirish uchun ko’p joy oladigan 
so’z bayonlari o’rniga animatsiya yordamida ochib beriladi. Dastur CD-ROM da 
yozilgan va o’n mingdan ziyod talaba o’qiydigan ushbu institutda keng foydalaniladi. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling