217
o’sishining asosiy sharti - bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada
kompyuterlashtirishi bo’lib qoladi.
Masofaviy ta’lim - o’qitishning
universal shakli sifatida, zamonaviy
axborot va telekammunikatsiya texnologiyalariga va texnik vositalarning keng
spektrlaridan foydalanishga asoslangan bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’qitish
darslarini
erkin tanlash, o’qituvchi bilan muloqot qilish imkoniyatlarini
ta’minlaydi. Bunda o’qitish jarayoni o’quvchilarning ham hududiy,
ham vaqt
bo’yicha joylashishiga bog’liq bo’lmaydi.
SHunday qilib, mulьtimedia-tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayorlash
sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish
uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko’rsatish), axborot markazlarida (kutubxona,
muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda.
SHunday qilib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish nafaqat mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni o’zinigina
tubdan
o’zgartirib qolmay, balki malakaviy majburiyatlarni bajarishda, fuqarolar xuquqini
amalda qo’llash,
oilaga nisbatan munosabatda, yoshlar ma’naviy-madaniy ongini
shakllanishida ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. SHuning bilan birga jamiyat ijtimoiy
tarkibiga, iqtisodiyot, fan va ta’limdagi o’zgarishlarida hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: