- Axborot qidiruv intellektual tizimlari muammoga yo’naltirilgan (faktografik) berilganlar bazasi bilan, tabiiy tilga nisbatan grammatik va leksik chegaralangan, muloqot qilish tizimlari hisoblanadi. Bunday tizimlar uchun bilimlar omboridan tashqari, muammo sohasida bilimlarni taqdim etishning semantik modelini amalga oshiruvchi lingvistik protsessordan foydalanish xarakterlidir.
- Tadqiqot tizimlari, hozirgi kunda, intellektual tizimning jadal rivojlanayotgan sinflaridan biri hisoblanadi. Bu tizimlar, birinchi navbatda, ilm-fan va texnikaning matematika kam formallashgan sohalarida rivojlana boshladi. Masalan, sport, tibbiyot, geologiya, biologiya va boshqalar.
- Mantiqiy-hisob tizimlari masalalarning boshlang’ich ma’lumotlari matematik modellarining murakkabligidan qat’iy nazar, boshqaruv va loyihalash masalalarini yechish imkonini beradi. Bunda, hisoblash jarayoni bosqichida, foydalanuvchiga muloqot rejimida nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Umumiy holda, muammoning bayoni bo’yicha, predmet sohasi tilida matematik modelini avtomatik qurish va funksional masalalarning tuzilishidan ishchi dasturlarni tahlil qilishni ta’minlaydi.
- So’nggi vaqtlarda gibrid tadqiqot tizimlar maxsus sinf sifatida ajratilmoqda. Bunday tizimlar axborot-qidiruv, tadqiqot, mantiqiy-hisob tizimlarining eng yaxshi tomonlarini o’zida jamlashi zarur. Gibrid tadqiqot tizimlarni ishlab chiqish sohasi boshlang’ich bosqichda turibdi.
Intellektual tizimlar - Intellektual tizim (IS) - bu bilimga asoslangan avtomatlashtirilgan tizim yoki, inson faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlangan tabiiy tillardan foydalanib biror vazifani amalga oshirish uchun qo’llaniluvchi dasturiy ta'minot, lingvistik va mantiqiy-matematik vositalar majmuasi.
- Murakkab ma’lumotlarni intellectual yechishga mo’ljallangan a[borot hisoblash tizimlarida mantiqiy amallar hisoblash amallaridan ustun hisoblanadi.
- Shunday qilib, bu tizmlar tomonidan ko’rib chiqilayotgan har qanday masala intellectual masala hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |