- Umumiy maqsad yechish uchun an’anaviy algoritmlar mavjud bo’lmagan quyidagi masalalarni yechish usullarini ishlab chiqish hisoblanadi:
- Tabiiy tillarni tushunish
- O’rganish
- Teoremalarni isbotlash
- Murakkab ob’ektlarni aniqlash
Intellektual tizimlar - Sun'iy intellekt sohasida tizimli tadqiqotlar faqat raqamli kompyuter paydo bo'lishi bilan boshlandi. Sun'iy intellekt bo'yicha birinchi ilmiy maqola 1950 yilda A. Tyuring tomonidan nashr etilgan. (Computing Machines and Mind, 1950 yilda Mind jurnalida chop etilgan).
- Sun'iy intellekt (SI): aqlli mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish texnologiyalari; an'anaviy ravishda insonga xos deb hisoblanadigan ijodiy funktsiyalarni bajarish uchun aqlli tizimlarning xususiyatini o’zida saqlaydi.
Massachusets texnologiya instituti muzeyida saqlanayotgan sun'iy intellektga ega Kismet roboti, 2006 y
Ekspеrt tizimi - Ekspеrt tizimida ma'lum bir prеdmеt sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
- Ekspеrt tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to’plash va qo’llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspеrt tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog’ida muqobil variantlar ko’pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Stratеgiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta'sirini tahlil etadi.
- Ekspеrt tizimlari sun'iy intеllеktdan foydalanishga asoslangan.
- Sun'iy intеllеkt dеganda aksiy hatti-harakatlarga nisbatan kompyutеr tizimining javob berish qobiliyati tushuniladi. Ko’pincha bunda inson fikrlashi bilan bog’liq qobiliyat anglanadi.
Ekspеrt tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari - yaqin davrlargacha EHMda yеchish qiiyin yoki umuman yеchib bo’lmaydigan dеb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yеchish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
- dasturchi bo’lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o’z tilida suhbat yuritish va kompyutеrdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo’llash imkoniyatini ta' minlash;
- yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspеrt tizimini mustaqil o’rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, bilimlarning to’planishi;
- foydalanuvchi axborot-o’lidigi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-barangligi, yoki hatto kompyutеr yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho’zilib kеtilishi tufayli yеcha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
- takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspеrt tizimlarini yaratish imkoniyati;
- ekspеrt tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.
- Bilimlar bazasi — bu ayrim prеdmеt sohalari murakkab vazifalar yеchimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga kеltiruvchi modеl, qoida, omillar (ma'lumotlar) majmuidir.
- Axborot ta'minotining alohida yaxlit strukturasi ko’rinishida yaqqol ko’zga tashlangan va tashkil etilgan prеdmеt sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspеrt tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon bеruvchi aniq ko’rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko’maklashadi. Ekspеrt tizimining asosligini ta'minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo’linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajribasini o’zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan stratеgiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |