Axborot turlari va xususiyatlari mavzusida reklama matnlarini yaratish


Download 42.05 Kb.
bet3/4
Sana16.01.2023
Hajmi42.05 Kb.
#1095460
1   2   3   4
Bog'liq
Akademik yozuv 911-22 Abdulla Xajinazarov

1. Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar), kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.


  • 2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.


    • 3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
    • Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanglig’ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubigafaollar yig‘ilishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin.




    Men sevgan asar
    Esse
    O’tgan kunlar
    Kitob insonni ulgʻaytiradi deganlari rost ekan. Qancha koʻp kitob oʻqisang, hayotga boʻlgan qiziqishing, dunyoqarashing, oʻzingga boʻlgan ishonching ortaverarkan.
    Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romanini oʻqib, nazorat ishiga tayyorgarlik koʻrib kelganim hamon esimda. Oʻshanda hamma «besh» olish payida kitobni «suv qilib» yodlab keldi, shular qatorida men ham. Avvaliga nazorat ishini aʼloga topshirish uchungina oʻqigan boʻlsam, ikkinchi bor butunlay boshqacha taassurot bilan mutolaa qildim. Kitob meni ohanrabodek bogʻlab oldi. Onajonim ham bu kitob haqida toʻlqinlanib gapirib berdi. «Bu asar oʻqilishi shart boʻlgan kitoblardan» dedi-da, javonidagi kitobni qoʻlimga tutqazdi. Oʻsha kuni kitob meni goʻyoki sehrlab olgandek edi. Undagi qahramonlar, ayniqsa, Kumush obrazi meni kitobni oxirigacha oʻqishga undardi. Shu kuni tundan qarz boʻlib qoldim. Goʻyo kitobni yopgudek boʻlsam, yaxshi koʻrgan filmim tugab qoladi-yu, men uni oʻtkazib yuboradigandek. Baʼzida Kumushga rahmim keldi, baʼzida Zaynabning qilgan ishidan achchiqlandim. Hatto Otabekni ikki emas, uch oʻt orasida qolganiga kuyundim ham. Yozuvchi asar qahramonlarini shunday tanlaganki, agar biri boʻlmasa, asar oʻziga oʻxshamay qoladigandek. Xullas, oʻsha kitob meni jasoratga, mehr-muhabbatga oʻrgatdi.
    Maktabni bitirib kollejga kirdim. Endi oʻzimni ancha ulgʻaygandek his qildim. Bolalik shoʻxliklari ortda qolib, hunarli boʻlishga harakat qildim.
    …Bugun adabiyot darsi. Oʻqituvchimiz «Oʻtkan kunlar» romani haqida maʼlumot berib, shu kitobni oʻqishni tavsiya qildi. «Men bu kitobni oʻqiganman» dedim hammadan oldin. Oʻqituvchimiz esa «yana oʻqing zarar qilmaydi» dedi tabassum bilan. — Bu kitobni qancha oʻqisangiz shuncha kam. Qahramonlarga razm soling, ularni oʻrganing, oʻzingiz uchun kashf qiling, dedi vazifani tushuntira turib.
    Baʼzilar oʻqigan kitobini qayta oʻqigisi kelmaydi, ammo menda unday boʻlmadi. Xuddi kitobni birinchi bor qoʻlga olyapmanu undagi voqealar yana hayratga soladigandek tuyilaverdi. Endi kitobni katta odamning nigohi bilan oʻqiy boshladim. Qahramonlarni tahlil qildim. Tarixga nazar soldim. Xullas, fikrlashni oʻrgandim.
    …Universitet talabasiman. Ilm olish odamni yuksaklarga koʻtarib, hayotni oʻrgatarkan. Endi men katta davralarda oʻtirib, koʻpchilikni taniy boshladim. Jamiyat uchun oʻzimni kerakli insondek his qildim. Buni qarangki, oʻqish jarayonida yana oʻsha sevimli asarim bilan oshno boʻldim. Endilikda qahramonlar ustidan oʻzim bilgancha hukm chiqara boshladim. Baʼzi fikrlarimga qarshi chiqdim. Kitobni oʻqishni emas, uqib olishni oʻrgandim. Haqiqatan ham kitob insonni ulgʻaytirarkan.
    Kitobdagi har bir syujet kitobxonni nimanidir oʻrganishga, mushohada qilishga undaydi. Masalan, asarning mana bu joyi haqiqiy oʻzbek xonadonida kelinga hurmat, qaynota va kelin oʻrtasidagi koʻrinmas parda — andishaning yuqoriligini namoyon etgan. «…Kumush uyalib zoʻrgʻagina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinigʻa kelib boʻyin egdi. Hoji qoʻli bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tegʻizib olgʻan oʻz qoʻlini oʻpdi…» Buni qarangki, Yusufbek hoji mana shu bilan keliniga baxt tiladi, oilasiga qabul qildi. Bu, albatta, oʻzbek otalariga xos fazilat. 
    «Oʻtkan kunlar»ni hozir ham oʻqir ekanman, kitobdan oʻrganadigan narsalarim hali koʻp ekaniga amin boʻldim. Goʻyo kitob men uchun yozilgandek. Otabek va Kumush oʻrtasidagi muhabbatni koʻrib, meni ham oʻzgacha bir his qamrab oldi. Kumushning botiniy va zohiriy goʻzalligi koʻzlarimni qamashtirgandek edi. Men bu asardan yorga sadoqatni, cheksiz muhabbatni, quyosh yangligʻ mehrni, ota-onaga hurmatni, ayollarga xos andishani, maʼsumalikni, soʻnmas sevgini oʻrgandim.

    O’tkan kunlar” asariga taqriz


    Abdulla Qodiriyning "O´tkan kunlar" romaniga taqriz.

    O'zbek adabiyotidagi birinchi roman "O'tkan kunlar" tarixiy voqei asar bo´lib, XX asrning birinchi yarmida yozilgan. Roman Xonlik davrlarini, ya'ni XIX asrning ikkinchi yarimlaridagi voqealarni yoritib beradi. Asosan, biz qanday qilib mustaqilligimizni yo'qotganimiz haqida ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar, asar bosh qahramonlari bo'lgan Otabek va Kumushning muhabbati orqasidan yuzaga keladigan muammolar yordamida, butun bir davlatning chirkin muhiti ochib beriladi. Umuman, bu asar har bir o'quvchisiga vatan nima, xalq nima, uni sevish nima bilan bo'ladi kabi savollar beradi. Bu asarlar har bir insonni uyg'otishga bo'lgan chaqiriqlar sirasidandir. Asar qahramoni, Yusufbek hojining qipchoqqa qirg'in oldidan, va keyindan aytgan achchiq nutqi har bir kitobxonni chuqur sukutga soladi, hatto Yusufbek hoji bilan birgalikda yig'laydi. Yusufbek hoji tomonidan aytilayotgan nutq, bu Abdulla Qodiriyning nutqidir. U alamli satrlar har bir o'quvchiga ta'sir etmay qolmaydi. Birinchi galda aytishimiz mumkinki, Abdulla Qodiriyni bunday asar yozishga nima majbur qildi? Tabiiki, u bu bilan o'zining o'limini belgilab bergandi. Lekin nega shuni bilsada, u baribir bu asarni yozishga majbur bo'ldi? Birinchidan, o'zligini toboro yo'qotib, rus millatiga mostlashib borayotgan xalqni ko'rish, o'zligini tanigan, ziyoli odamga og'ir edi. Ikkinchidan, bizning buyuk tariximiz chiqitga chiqib ketayotgani, uchinchidan, ilmsizlik, qoloqlik, jamiyatda toboro avj olayotgani, bir so'z bilan aytganda, ruslarning soyasiga aylanib borayotganimiz va hklar... adibni qog'oz qoralashga majbur etdi. Adib, asarni tarixdan boshlagani ham bejiz emas, "mana biz bir paytlar mustaqil edik, mustaqil davlatimiz bor edi, bizning qul bo'lishimizga, mana shu kabi ahmoqlar sababchi bo'ldi", kabilarni ko'rsatmoqda. Mabodo, asar yozilmaganda nima bo'lardi? 50-60% shaxs o'zini rus deb e'lon qilishi va shu bilan faxrlanishi ham ehtimoldan yiroq emas edi, asar esa ana shunday fikrlarga qo'llanilgan sanksiya sifatida yaratildi.


    O'zbek romanchiligida birinchi yaratilgan asarni, "O'tkan kunlar"ni qanchalar maqtab aytsakda, buning ham o'ziga yarasha tarixi bor. Jumladan, asarning birinchi bobi oxiriga mualif tomonidan yozilgan izohda taxminan shunday deyiladi: " sizga ro'man deb taqdim qilingan bu narsa dunyoga kelishi bilanoq baxtsizlikka uchray boshlag'an edi. Besh yillab bosilmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassar bo'lg'anida ham turlik zarbalarga uchradi. Imlosi uch-to'rtta imlochilarimjz tomonidan tuzatilib, ajoyib bir quroq holiga keldi", ushbu vaqt, besh yil, bu bizga juda kam vaqtdek tuyulishi mumkin, lekin bu o'sha davrda juda katta vaqt edi. Nafaqat, o'sha davrda balki hozir ham besh yil katta vaqt. Bitta asarning bosilishi uchun besh yil kutish, o'sha davrda ijod qilish qanchalar murakkab ekanligini shundan ham bilsak bo'ladi. Shukurki, adiblarimizning ushbu mehnati oradan yillar o'tib o'z qadr-qiymatini yana qayta tikladi. Bu asarlar bizga o'zligimizni tanishimizda, millat rivoji uchun qay darajada kuch sarflashimiz va hklarni o'rgatdi, o'rgatadi, lekin baribir ham ba'zi bir bukirilar ham uchrab turadi, zero guruch kurtmaksiz bo'lmas.
    Asarda majoziy ma'nolar ko'plab uchrab turadi. Asar umuman o'zbeklarning hayot tarzini yoritib beradi. Buni asarning bosh qahramoni bo'lmish Otabekning onasi - O'zbek oyimda ko'rishimiz mumkin. O'zbek oyim barcha sodda o'zbek onalari singari, u ham ko'hna bit'atlarga ishonadi, fol-u va yana bir narsalarga sig'inadi va ulardan najot kutadi, O'zbeklarning asil tasviri. Agar ushbu qahramonni chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, asarning oxiriga e'tibor qaratamiz: Yusufbek hoji elga osh berdi, O'zbek oyim qora kiyib aza ochdi. Bu yerda aynan butun o'zbeklar hayoti haqida gap ketmoqda, ya'ni o'zbeklar o'z erkini, o'zligini qabrga ko'mib, aza ochdi kabi. Umuman O'zbek oyim obrazi butun sodda o'zbek xalqining timsoli bo'lib keladi. Kumush timsolida O'rta Osiyo go'zaligi jam bo'lgan. Negaki, aynan Kumushning o'limi ham, uning chiroyi ham, aqli ham bir majoziy ma'noni ifoda etadi, o'limini ham biz, o'zimiz qildik, ya'ni ilmsizlik, loqaydlik va hklar, bular Zaynabda jo bo'lgandi. Uning go'zalligi esa mamlakat go'zalligi edi, lekin ruslar uni yo'q qildi, (mening fikrimcha) bu yerda zahar ruslar, uni bergan va tayyorlagan esa o'zimiz edik. Kumush o'lgan vaqtda, hijriy 1269-yilda O'rta Osiyoga ruslarning birinchi hamlasi boshlangan bo'ladi. Ular tomonidan Toshkentning chegarasida joylashgan Oqmachit qal'asi bosib olinadi, bu O'rta Osiyo go'zalligiga "zahar" tushganidan darak berardi. Xullas, asar umuman bizning o'zligimizni tanitadi. Bizga ruh, kuch beradi, vatanni qadrlashni o'rgatadi. Xullas, shunaqa...


    Download 42.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling