Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish b


Ma’lumotlarni uzatishda xavfsizligini ta’minlash


Download 351.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana17.06.2023
Hajmi351.81 Kb.
#1536291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
2. Ma’lumotlarni uzatishda xavfsizligini ta’minlash. Ma’lumotlarni 
xavfsiz qayta ishlash uchun aloqa kanallarida himoyani tashkil etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mijoz va server 
о‘rtasida ma’lumotlarni xavfsiz almashishni 
amalga oshirish uchun VPN kanallaridan foydalanish. VPN tunellar ikki tarmoq 
о‘rtasida xavfsiz aloqa kanalini hosil qiladi va ularning harakatlari yagona login va 
parol asosida tartibga solinadi. Aloqa sifatini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
ochiq bulutli hisoblash tizimlariga internet orqali ulanish VPN tunellar orqali amalga 
oshiriladi. Misol sifati SSL ulanishlari keltirish mumkin. 
SSL va VPN ulanishlari autenifikatsiyalash protokollari yordamida amalga 
oshirilsa, xavfsizlik yanada ortadi. Autentifikatsiyalash sertifikatlari qattiq disklarda 
shifrlangan k
о‘rinishda saqlanadi. Bulutli hisoblash tizimi va mijoz о‘rtasida ushbu 
himoyalash vositalarini q
о‘llash orqali amalga oshirilgan ulanishlar xavfsiz 
hisoblanadi. 
Shifrlangan axborotlar autentifikatsiya jarayoni muvafaqqiyatli amalga 
oshirilgandan s
о‘ng bulutli hisoblash tizimiga jо‘natiladi. Ma’lumotlarni ruhsat 
etilmagan kanallardan kirilgan holatda ham 
о‘zgartirish mumkin emas. Ushbu 
usullar juda mashx
о‘r bо‘lib, ularga AES, TLS, IPsec protokollarini misol keltirish 
mumkin. 
3. Autentifikatsiya. Foydalanuvchilarning haqiqiyligini tekshirish usuli 
hisoblanadi. Uning parollar, e-tokenlar va biometrik parameterlarga asoslangan 
usullari mavjud. Ularning ichidan bir martalik parollorga asoslangan 
autentifikatsiyalash usuli oddiy va xavfsizlik jihatidan yuqori hisoblanadi. Ushbu bir 
martalik parollar kalitlarni generatsiyalash maxsus dasturlari, qurilmalari yordamida 
va dastlabki qiymat SMS xabarlari orqali amalga oshiriladi. Bulutli hisoblash 


36
tizimlarining boshqa hisoblash tizimlaridan asosiy farqi, uning geografik jihatdan 
chegaralanmaganligi va keng masshtabligi hisoblanadi. Bir martalik parollar mobil 
telefonlarda dasturlarni yuklash va undan foydalanish huquqini berishda 
kо‘p 
qо‘llaniladi. Xizmat kо‘rsatish provayderi va mijoz о‘rtasida sinxron aloqani tashkil 
etish uchun LDAP (Lightweight Directory Access Protocol) protokoli va SAML
(Security Assertion Markup Language) dasturlash tilidan foydalanish maqsadga 
muvofiq.

Download 351.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling