Axborotlashtirish to’g’risida
Download 123.73 Kb.
|
axborot
· maxsus axborot xizmatlari beradigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi yangiliklarni;
· kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalarning asosiy faoliyat yo’nalishlari va ishlab chiqargan mahsulotlari, narxlari, moliyaviy ahvoli, aloqalari, oldi – sotdi bitimlari va rahbarlari haqidagi tijorat axborotini. 2. Fan – texnika va maxsus axborot sektori. Fundamental va amaliy fanlarning barcha tarmoqlari, ta’lim, madaniyat va inson faoliyatining boshqa sohalaridagi bibliografik, referativ va ma’lumotnoma axborotini, kutubxona va ixtisoslashgan xizmat orqali boshlang’ich manbalarga bo’lishni, matnli ma’lumotlar, to’la hajmli nusxalar, mikrofilmlar, kasb bo’yicha axborot va xo’jalik mutaxassislari uchun maxsus ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashni qamrab oladi. 3. Iste’molchilik axborot sektori yangiliklar xizmati va matbuot axboroti, ma'lumotnoma, adabiyotlar, qomuslar, ommaviy va qiziqarli axborotni qamrab oladiki, ulardan bo’sh vaqtda, uy sharoitida foydalaniladi. Bu sektor shuningdek, mahalliy yangiliklar, ob – havo, transport qatnovi jadvali va hokazolarni ham o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda axborotlarni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: · Axborot – milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda. · Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan – texnika ma’lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan – texnika faoliyati axborot xizmati tizimining maxsuli va “xomashyo”sidir. · Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan – texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborotli jarayonlar ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborotlashgan jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir. Bu masala bo’yicha ko’plab asarlar e’lon qilingan. Umumiy holda axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Tasnif tizimini axborotlarga qioslash uchun quyidagicha yondoshish zarur: 1) axborotlar tasnif va qiyoslash vositalari asosida tahlil qilinishi lozim; 2) tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo’yilishi lozim; 3) ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan, bozor va tovarlar haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bo’lishi zarur; 4) tahlilning mohiyati va teranligi, avvalo, berilgan axborotlar turi va hajmiga bog’liqigini inobatga olish lozim. Download 123.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling