Axloqiy qadriyatlar. Etika


Download 123.99 Kb.
bet8/10
Sana19.10.2023
Hajmi123.99 Kb.
#1709710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa 201-guruh Rajapboyev D

Axloqshunoslik siyosatshunoslik fani bilan chambarchas bog’liqdir. Siyosat, davlat ishlari faoliyati bilan shug’ullanar ekan, davlat ishlaridagi har bir jarayonda axloq, odob, hulq e‘tiborga olinadi. Davlatda ichki va tashqi siyosat namoyon bo’ladi. Bu jarayon ziddiyatli o’tadi. Siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Siyosatda faoliyat ko’rsatadigan har bir jarayon, faoliyat odob orqali amalga oshishi kerak. Rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalar ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog’liq.

Axloqshunoslik ekologiya fani bilan ham aloqadorlikda. Axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi, o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini hal etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan munosabatini chetda qoldirib kelgan. Bugunda tabiatga bo’lgan insonning munosabati achinarli holdadir. Tabiatning ekologik muvozanati buzildi. Ekologik bo’ron ekologik manzarani buzdi. Endilikda global (umumbashariy) muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog’liq ekanligi ma‘lum bo’lib qoldi. Hozirgi kundagi ekologik muammolarni bartaraf etishda axloq, muhim rol o`ynaydi. Insonlarning tabiatga bo’lgan munosabatidan ekologik axloqshunoslik maydonga keldi.

Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasi bilan ham o’zaro aloqadorlikda bo’lib, uning ildizi qadimgi tarixga borib taqaladi. Milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, axloqiy g’oyalar zamirida milliy mafkura g’oyalari yotadi.

«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi. Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir.


Download 123.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling