Axloqiy qadriyatlar. Etika


Download 123.99 Kb.
bet5/10
Sana19.10.2023
Hajmi123.99 Kb.
#1709710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa 201-guruh Rajapboyev D

Axloq universal hodisa- uning qoidalari, hamisha hamma uchun umumiy talab hisoblanadi. Xulqiy fazilatlar, fe’l-atvor xislatlari o’zgarib borishi mumkin , lekin ular axloq qonuniyatlari doirasida o’zgarishi kerak. Shu ma’noda bugungii jamiyatimizning ma’naviy- axloqiy muhiti va uning axloqiy darajasi talab darajasida, unga milliylik va umuminsoniylik xos.Buning sababi shundaki, jamiyatimizning ahloqiy muhiti qadimgi tarixiy tajriba hosilasidir. Bizda kattaga hurmat, kichikka izzat, oilaga sadoqat, muhtojga sahovat, o’ziga talabchanlik va Vatanga nisbatan fidoyilik ahloqiy madaniyat darajasiga ko’tarilgan. Bu qadriyatlarsiz bizning axloqiy ongimiz g’arib bo’lib qoladi. Bu konservativ hodisa emas, aksincha, milliy o’ziga xoslik va mental xarakterga egadir.

Misol uchun, faylasuf olim V. Semyonovning fikricha, bugungi jamiyatning axloqiy muhitini talab darajasida saqlab qolish etika fani zimmasiga tushadi va bunda etika insonni quyidagi olti jihatdan o’stirish hamda rivojlantirishga diqqat qilishi lozim: 1. Insonni hayotiy maqsadga o’rgatish. 2. Insonni ma’naviy-axloqiy o’stirish. 3. Insonda ijodkorlikni rivojlantirish. 4. Insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlantirish. 5. Insonni erkinlikka o’rgatish. 6. Insonni maqsadli tarbiyalash

Falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo’lib, ularning tarkibiga axloqiylik va go’zallik haqidagi bilimlar tizimini o’z ichiga oladigan etika va estitika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi.

Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli “Avesto”, “Bibliyo” va “Qur’on” kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni – ichki go’zallik, nafosatni- tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko’rib o’tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi va ijodkor eng yuksak axliqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi. Bu in’ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqeahodisalarga muallif nuqtayi nazari orqali ro’y berishi mumkin. Ya’ni, biror-bir badiiy asarda ijobiy qahramonlar umuman bo’lmaydi,lekin undagi voqea- hodisalarga ijodkor o’z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois axloqsiz badiiy asarning bo’lishi mutlaqo mumkin emas.


Download 123.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling