Axloqiy qadriyatlar. Etika


Download 123.99 Kb.
bet1/10
Sana19.10.2023
Hajmi123.99 Kb.
#1709710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa 201-guruh Rajapboyev D

Axloqiy qadriyatlar (Etika)

Reja:

O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach barcha ijtimoiy fanlar kabi axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o’z yuksak mavqeini egallab bormoqda. «O’zbekistonning kelajagi, buyukligi avvalo, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy, siyosiy va estetik jihatdan kamol topishi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu esa ijtimoiy ong shakllari, shu jumladan, axloqiy - estetik ongni shakllantirish va rivojlantirishni talab etadi».

Etika (axloqshunoslik) hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zuravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina u yolg’onga bo’ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo’l bilan ahamiyati pasaytirilgan. «Aslini olganda, - deb ta‘kidlaydi Prezident I.A.Karimov, - axloq – ma‘naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomilalikdangina iborat emas. Axloq – bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani».

Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik, ko’rinishlariga loqayd qarovchilarga va bu fanlarni yengil-elpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo’lsa, ikkinchi tomondan etikaning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi keraqligini ta‘kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda milliy va umuminsoniy etik qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlar, an‘analar mustaqil O’zbekistonda yangi zamon ma‘naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qilishi talab etadi.

Mazkur Etika (axloqshunoslik) fanidan yozilgan ma‘ruza matnlari oliy ta‘limdagi nofalsafiy bakalavriat tizimi talabalari uchun yangi namunaviy dastur asosida yozilgan hamda talabalarga axloqshunoslik tarixi hamda nazariyasidan zamonaviy bilim berishga, ularni yuksak axloq egasi qilib tarbiyalashni yuksaltirishga yo’naltirilgan.


Download 123.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling