Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi.Axloqni alohida falsafiy fan- o’rganadi.. «Etika –burch haqidagi fandir» degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch- axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatidir. «Burch shaxsning axloqiy faolyatinig ifodalovchi ma’suliyat, onglilik vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liqdir» Zero, fikrlar xilma-xilligi umuminsoniy- axloqiy qadriyatlarni ma’naviy idial tarkib vositasida jamiyatga singdiradi. Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi.Axloqni alohida falsafiy fan- o’rganadi.. «Etika –burch haqidagi fandir» degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch- axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatidir. «Burch shaxsning axloqiy faolyatinig ifodalovchi ma’suliyat, onglilik vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liqdir» Zero, fikrlar xilma-xilligi umuminsoniy- axloqiy qadriyatlarni ma’naviy idial tarkib vositasida jamiyatga singdiradi. Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir necha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Axloq (arab. хulqning ko’pligi; lot. moralis- hulq-atvor)-ijtimoiy ong shakllaridan biri. Axloq-kishilarning tarixan tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib-qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi. Murakkab ijtimoiy tartib intizom majmuasi bo’lgan axloq shaxsning ruhiy ma’naviy faoliyati bo’lib, uning kundalik hatti-harakatini tartibga soladi va turli axloqiy prinsiplarda, normalarda ( burch, ma’suliyat, qadr-qimmat, vijdon va h.), munosabatlarda, baholarda, ideallarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |