Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li


ammofos ishlab chiqarish sxemasi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana21.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1107634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
ekjstraksion fosfor 101-19

ammofos ishlab chiqarish sxemasi: 
1 – TAB jihozi; 2 – bug’latuvchi jihozlar; 3 – aylantiruvchi nasoslar; 4 – bug’latilgan suspenziya 
yig’gichi; 5 – BDQ jihozi; 6 – elevator; 7 – elak; 8 – valkali maydalagich; 9 sovutgich; 10 – suzuvchi 
nasadkali absorber; 11 – yuvish minorasi; 12 – suyuq ammiakni bug’latgich; 13 – oraliq idish; 14 – 
issiqlik almashtirgich. 
Fosfat kislota (22-29% P
2
O
5
) gaz holatdagi ammiak bilan pH  55,5 gacha 
TAB – tezkor ammoniylashtiruvchi bug’latgich jihozida neytrallanadi (12 – rasm). 
Bu vertikal reaksion quvur (Ǿ 0,6 m,  6 m) ostidagi Venturi soplosi (ichida gaz 


38 
yoki suyuqlik tezligi oshadigan o’zgaruvchan kesimli kanal yoki qisqa quvur) dan 
ammiak va kislota kiritiladi. Reaktsiya issiqligi hisobiga massa qaynaydi va 
yuqoriga harakatlanadi, 1-2 minut ichida separatorga yetib boradi, suspenziya u 
yerdan aylantiruvchi quvur orqali reaksion quvurga qaytariladi. Uning bir qismi 
separatordan kontsentrlashga yuboriladi. Separatordan chiqadigan bug’ issiqlik 
almashtirgichda boshlang’ich kislotani isitish orqali kondensatlanadi. Ammofos 
suspenziyasi (NH
3
:H
3
PO
4
 1,1) ko’p qobiqli bug’latish qurilmasida 
kontsentrlanadi, u yerda undagi suv miqdori 55-56% dan 18-25% gacha 
kamaytiriladi; 1-qobiq vakuum ostida, 2-qobiq - atmosfera bosimida, 3-qobiq - 
yuqori bosimda ishlaydi; yangi hosil qilingan bug’ (0,3 mPa) 3- va 4- qobiqqa 
beriladi, 1- va 2-qobiqlarda esa jarayonda hosil bo’ladigan bug’ ishlatiladi. So’ngra 
112-115°C haroratli suspenziya BDQ jihozida quritiladi va shu bilan bir vaqtda 
donadorlanadi. Sovutilgan va elakda ajratilgan mahsulotning zarracha o’lchami 1 
mm dan kichik bo’lgan fraktsiyasi BDQ jihoziga tashqi retur sifatida qaytariladi. 
Yirik fraktsiya maydalashga yuboriladi, mahsulot fraktsiyasi esa 45°C gacha 
(konteynerlarga yuklashda yoki qog’oz qoplarga joylashtirishda) yoki 55°C gacha 
(polietilen qoplariga joylashtirishda) sovutiladi. 
Apatitdan (51% P
2
O
5o’zl.
, 12% N) va Qoratog’ fosforitidan (47% P
2
O
5o’zl.

11% N) 1 t ammofos mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarf koeffitsientlari muvofiq 
ravishda, taxminan quyidagicha bo’ladi: Ekstraksion fosfat kislota (100% P
2
O
5
) – 
0,54 va 0,5 t; NH
3
– 0,15 va 0,14 t; tabiiy gaz (34,8 Mj/m
3
) – 28 m
3

elektroenergiya 111 kVt•s; suv – 22 m
3
; qisilgan havo – 60 m
3
. P
2
O
5
dan 
foydalanish darajasi 96% ni, NH
3
dan esa – 97% ni tashkil etadi. 
Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) ishlatilgan holdagi sxema 
bo’yicha ammofos olishda (14 – rasm) 50-54% P
2
O
5
gacha bug’latilgan 
Ekstraksion fosfat kislotaga chiqindi gazlarini absorbtsiyalashdan olinadigan 
oqavalar qo’shilib (undagi P
2
O
5
miqdori 47-48% gacha kamayadi), aralashtirgichli 
reaktorlarda ammiak gazi bilan NH
3
:H
3
PO
4
 0,60,7 molyar nisbatigacha 
neytrallanadi. 


39 
13 – rasm. Tezkor ammmoniylashtiruvchi bug’latgich (TAB). 
 
120-125
O
C harorat va 17-18% namlikdagi (ammoniylashtirish issiqligi 
hisobiga reaktorlarda 20-25% bug’langan) kislotali (rN  3) suspenziya AD 
jihoziga beriladi (15 – rasm). AD jihozida 85-95°C haroratda massa NH
3
:H
3
PO
4
 
11,05 molyar nisbatigacha qo’shimcha neytrallanadi va mahsulot donadorlanadi; 
unda jarayonga berilgan 50% suv bug’lanadi. AD jihozidan chiqadigan nam (2,5- 
3,5% H
2
O) donachalar to’g’ri oqimli barabanli quritgichda (250-350°C 
haroratdagi) o’txona gazlari bilan donachalar harorati 75-90°C bo’lgan holda 
quritiladi. So’ngra u elanadi va mahsulot fraktsiyasi sovutgichda 75-90°C dan 45- 
55°C haroratgacha sovutiladi. 
Quritish barabanidan (105-115°C da) chiqadigan hamda neytrallagich va 
ammoniylashtiruvchi donadorlagichdan so’rib olinadigan gazlar chang, ammiak va 
ftordan tozalanadi; hosil bo’ladigan oqavalar reaktor-neytrallagichlarga yuboriladi. 
Mahsulot tarkibida ftor miqdorining kam (1% dan oshmasligi) keltirib 
o’tilgan jarayonning afzalliklaridan biri hisoblanadi; kuchsiz kislota ishlatilganda 
esa u 3,5-4% ni tashkil qiladi. 
Bu sxema bo’yicha 1 t ammofos (53% P
2
O
5
, 12% N) ga: bug’latilgan kislota 
shaklida 0,588 t P
2
O
5
; 0,151 t NH
3
; 9 m

tabiiy gaz (34,8 Mj/m
3
); 67 kVt∙s 
elektroenergiya talab etiladi. 


40 
14 – rasm. AD jihozi bilan donadorlangan ammofos olish sxemasi: 
 
1 – neytrallagich; 2 – ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD); 3 - quritish barabani; 4 – tsiklonlar; 
5 – elaklar; 6 – sovutgich; 7,8 – abslrberlar. 
15 – rasm. Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD): 
1 - qobiq; 2 – sochiluvchi komponentlarni uzatish tuynugi; 3 – ichki devorini tozalash uchun pichoq; 
4 – ammiak taqsimlagich; 5 – o’ram; 6 – tayanch va qisgich g’ildiraklar; 7 – tayanch halqa; 8 – 
bandaj. 
Apatit konsentratidan olinadigan mahsulot tarkibida taxminan: 55-56,5% 
P
2
O
5umum.
, 54-55% P
2
O
5o’zl.
, 53-54% P
2
O
5s.e.
, 12-12,5% N; 0,5-1% H
2
O bo’ladi. 


41 
Keltirilgan sxemalarni mukammallashtirish bo’yicha turli takliflar berilgan. 
Masalan, kislotani neytrallashni bosim ostida amalga oshirishni ko’rsatib o’tiladi. 
Buda reaktsiya issiqligidan amalda deyarli to’la foydalanilishiga erishilishi 
mumkin. Konsentrlangan (35-40% P
2
O
5
) Ekstraksion fosfat kislota pH  44,5 
gacha neytrallanishi 0,3-0,35 mPa bosimda quvurli reaktordan juda qisqa vaqtda 
o’tishi (~0,1 s) hisobiga amalga oshiriladi. Neytralizatsiya issiqligi hisobiga 180- 
200°C gacha qizigan suspenziya minoradagi forsunkada changlanadi, u yerda 
atmosfera bosimi ushlab turiladi; shu bilan bir vaqtda massaning sovutilishi 
natijasida o’z-o’zidan bug’lanish hisobiga qizigan eritmadan suv tezda yo’qotiladi; 
kukunsimon ammofos hosil bo’ladi. Uni donadorlanishi mumkin yoki 
nitroammofos va boshqa murakkab o’g’itlar olish uchun ishlatilishi mumkin. 
Qoratog’ fosforitidan olingan Ekstraksion fosfat kislotani 50-55% P
2
O
5
(va 
undan yuqori) konsentratsiyagacha bug’latish usullari (NamMPI, prof.Q.G’afurov 
boshchiligida) yaratilgandan keyin, bu kislotadan eng mukammal usulda (quvurli 
neytrallash jarayoni orqali) ammofos murakab o’g’iti 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi yaratilgan va sanoat sharoitida sinovdan muvofaqqiyatli o’tkazilgan. 
Natijada tarkibida 49-51% P
2
O
5o’zl.
va 11% N tutgan, ftorsizlangan (0,3-0,4% F li) 
ekologik toza ammofos o’g’iti olingan (1980 y., Rossiya, Voskresensk shahri). 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling