Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma


Download 1.44 Mb.
bet14/24
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1120316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
Abu Rayhon Beruniy - 973 yil 4 sentyabrdaXorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G‘aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
B eruniy astronomiyaga doir asarlari bilan geliosentrik nazariyani olg‘a suradi. Ekliptikaning og‘maligini aniqlab, bir yilda 52 sekundga kamayishini (hozirgi natija 47 sek.) aniqladi. U kvadrant astralyabiga o‘xshash asboblar ixtiro qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O‘z asarlarida Erni shar shaklida ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy ravishda ochadi. 1048 yilda «Minerologiya» asarini yaratadi, bu asari ikki qismdan iborat bo‘lib, 1- qism 36 bobni o‘z ichiga olib, u qimmatbaho toshlarga bag‘ishlangan. 2- qismi 12 bobdan iborat bo‘lib, metallarga bag‘ishlangan. Beruniy fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug‘lik, elektr va magnetizm masalalariga doir fikrlarni olg‘a suradi. Materiya, o‘lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og‘irlik va solishtirma og‘irlik, tutash idishlar, vodoprovod, buloqlar, fontan, artezian quduqlari, bo‘shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, erkin tushish hodisalari, oddiy mexanizmlar g‘oyasini boyitadi. U yorug‘likni moddiy zarrachalar dastasi deb qaraydi. Yorug‘lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslaydi. Yorug‘likning qaytishi va sinishi, ranglarga bo‘linishini tushuntirishga urinadi. Elektron so‘zining sharqda atalishi «kahrabo» so‘zining ma’nosini tushuntiradi. «Kah» — somon, «rubo» - o‘g‘irlamoq (tortib olish) degan ma’noni anglatadi, ya’ni qahrabo junga ishqalanganda engil (somon) parchalarini tortishi sababli shunday deb nomlangan.
U gidrostatik tortish usuli bilan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma og‘irligini aniqlagan. Jadvalda bir necha moddalarning Beruniy tomonidan o‘lchangan va hozirda ma’lum bo‘lgan solishtirma og‘irliklari keltirilgan. Ushbu jadvaldan ko‘rinadiki, natijalar orasidagi farq unchalik katta emas. Bu narsa Beruniy juda mukammal tajriba usulidan foydalanganligidan guvohlik beradi. Beruniy o‘zining «Minerologiya» nomli asarida ta’kidlashicha, u juda ko‘p izlanishlar va urinishlar natijasida gidrostatik tortish ishlari uchun maxsus idish ixtiro etganligini yozadi. Ushbu idishning ostki qismi konus shaklida, bo‘yin tomoni silindrsimion bo‘lib, uning o‘rtasidan teshik ochilib ingichka naycha ulangan. Idishga suv to‘ldiriladi va unga solishtirma og‘irligi aniqlanishi lozim bo‘lgan jismlar tushirilganda, ushbu naychadan ma’lum miqdorda suv tarozi pallasiga oqib tushadi. Oqib tushgan suv og‘irligi tarozida tortilib va u namuna siqib chiqargan suv og‘irligi bilan taqqoslanib, jismlarning solishtirma og‘irligi aniqlanadi.
Quyidagi 1 - jadvalda bazi moddalarning solishtirma og‘irligi misol keltirilgan:
1 - jadval



Metallar

Beruniyning o‘lchashlari natijalari

Hozirgi qabul qilingan qiymat

1

Oltin

19,8

19,3

2

Simob

13,55

14,19

3

Kumush

10,42

10,5

4

Qo‘rg‘oshin

11,47

11,34

5

Mis

8,71

8,89

6

Temir

7,98

7,83

Beruniy bilan Ibn Sino bir davrda yashagan. Ular o‘rtasida doimo ilmiy muloqot bo‘lib turgan. Masalan, Ibn Sino savollariga Beruniy bergan javoblarini keltiramiz:
Savol: Toza suv to‘ldirilgan yumaloq shisha idish quyosh nurini to‘plab xuddi tiniq tosh kabi kuydirishi mumkin, agar havo bilan to‘ldirilsa, u kuydirmaydi, nima uchun?
Javob: Albatta, suv qalin, vazmin, tiniq bir jism bo‘lib, uning zotida bir oz rang bor. Shunday sifatdagi har bir narsadan yorug‘lik akslanadi (sinadi). SHu’laning to‘planishidan, kuydirish quvvati hosil bo‘ladi. Havoda shu’la kuchli akslanmaydi, chunki havo nozik yupqa va tiniqdir.
Ikkinchi savol: Agar jismlar issiqlikdan kengayib, sovuqdan toraysa, ichidagi suvi yaxlab qolgan idishlar yorilishining sababi nima?
Javob: Jism qizib, kengayib joy talab qiladi, shunga o‘xshash jism sovub kichikroq joy olgach, idishda bo‘shliq hosil bo‘ladi. Natijada sovuqlik idishni sindiradi.
Uchinchi savol: Nima uchun muz suv yuzida bo‘ladi, holbuki, muz sovuqlik bilan qotishi sababli, Yer tabiatiga yaqinroq edi?
Javob: Suv yaxlagan vaqtda suvda havo bo‘lakchalari qalashib qolib, yaxni suv tagiga cho‘kishidan saqlaydi.
Ikki alloma o‘rtasidagi ushbu ilmiy muloqot zamonaviy fizik tasavvurlarga ancha yaqin keladi, ammo o‘sha davrga nisbatan ancha ilg‘or fikrlar edi.
Beruniy Yer shari ekliptikasining og‘ishini juda katta aniqlikda o‘lchagan: 230 34’ ga teng, bu natijaga u 20 yillik kuzatishdan so‘ng erishadi. Ekliptika og‘ish burchagining turli davrda turli olimlar tomonidan aniqlangan qiymatini keltiramiz:
Ptolemey — 230 51’
Arablar — 230 35’
Xorazmiy — 230 51’
Al Farg‘oniy — 230 35’
Xo‘jandiy – 230 32
Ekliptikaning og‘ish burchagi har 100 yilda taxminan 52 sekundga kamayishini aniqlangan. Hozirgi paytda o‘lchangani bo‘yicha har 100 yilda 47 sek. kamayar ekan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling