Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma


Download 1.44 Mb.
bet16/24
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1120316
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449)
Mirzo Ulug‘bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o‘g‘li 1394 yilning mart oyida eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Uning ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, yoshligidan Ulug‘bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qolgan. Ulug‘bek Qozizoda Rumiyni o‘zining uztozi deb hisoblaydi. U Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg‘ayadi. Ulug‘bekning safdoshi G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha, Ulug‘bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini mukammal egallagan. Fan va madaniyatga qiziqqan Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda uchta madrasa qurdiradi.
Ulug‘bek rahbarligida Samarqand shahri yaqinidagi Ko‘hak tepaligida Rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib 1429 yilda nihoyasiga etkaziladi. Rasadxona silindr shaklida 3 qavatli ulkan binodan iborat bo‘lgan. Unda radiusi 40 m bo‘lgan ulkan sekstant bo‘lib, uning yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar holati aniqlangan. Sekstant yoyidagi ingichka o‘yik, chiziklar bilan belgilangan shtrixlar orasi 70.2 santimetrdan bo‘lib, u 1 darajaga to‘g‘ri keladi. 1 minutga to‘g‘ri kelgan sekstant yoyi uzunligi esa 11.18 millimetrni tashlik etadi. Bosh "teleskop" yoyining uzunligi 50 metr chamasi bo‘lib, uning dioptr (tuynuk) o‘rnatilgan janub tomondagi Yer sirtidan 28 metr balandlikkacha borardi.

Mirzo Ulugbek Rasadxonasi
Mazkur rasadxona ishga tushirilganda uning bosh "teleskop"ining aniqlik darajasi atigi bir necha yoy sekundigacha borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan XVII asrga qadar uning samaralari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo‘lib xizmat qildi. Bu asbob Quyosh, Oy va sayyoralar harakat nazariyalarini yangi bosqichga ko‘tarish, tutilishlar nazariyasi va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo‘lgan vaqtni o‘lchash ishlarida yuksak aniqlikka erishish imkonini berdi.

3.2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIKLARI

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling