Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma


Download 1.44 Mb.
bet17/24
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1120316
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

U marov Sulton Umarovich (1908-1964) Taniqli fizik, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi va Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi va prezidenti (1957-1964). Tojikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Xo’jand (hozirgi Leninobod) shahrida tug’ilgan. 1930 yilda O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasini tugatgan.. U metall yarimo’tkazgich kontakti nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Bir vaqtda ikkita turlicha sochilish mexanizmi vujudligida yarimo’tkazgichlarda issiqlik va elektr ko’chishi hodisalari nazariyasini umumlashtirdi. Ikki va ko’p komponentli sistemalarning beta- va gamma-nurlarini sochishi va yutishi bo’yicha tahlili metodi g’oyasini ishlab chiqdi. 
R asulov O`tkir Hasanovich (11.07.1939) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1992), O`zR FA akademigi (1995). O`zR FA Elektronika instituti direktori (1985 yildan).Ilmiy ishlari fizika elektronika va qattiq jism sirti, fizik kimyosi masalalariga oid.
M uqimov Komil Muqimovich (14.02.1940) - O`rta Osiyo Davlat universitetida o`qigan (1957-1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989), O`zR FA akademigi(2000). Buxoro universiteti rektori bo`lgan (1992-2005).Ilmiy ishlari magnitooptika, yadro, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalarga oid.K.Muqimov izlanishlari tufayli magnit hodisalari fizikasi sohasida yangi "kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnito optikasi" ilmiy yo`nalishi shakllandi.
Mo`minov Ramzilla Abdullayevich (24.10.1941) - ToshDU ni bitirgan (1963). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA fizika-texnika institutida maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984-1988), O`zR FA fan va texnika davlat qo`mitasining Davlat ilmiy texnika axborot bo`limi direktori (1996-2002) bo`lgan.Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarim o`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob uskunalar yaratishga oid.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling