Aborotlarni magnit usulida yozish. Ma’lumki, ba’zi materiallar juda oson magnitlanadi va magnit xossalarini uzoq muddat saqlaydi (masalan, temir va uning kremni kobalt va h. k. bilan birikmalari). Ferromagnitlar deb ataladigan bunday materiallar ovoz yozib olish uchun qo‘llaniladi. Demak, ovozni magnit usulida yozib olish ferromagnit materiallarning magnit ta’sirida magnitlanish va magnit maydonidan chiqqandan so‘ngbuholatni saqlashxossasigaasoslangan.Tovushni yozib olishda axborot eltuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga monand o’zgaradi. Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda tovush signallari hosil bo’ladi. Axborot eltuvchining magnitlanish yo’nalishiga, signallarni yozib olish va qayta eshittirish kanallarida yuz beradigan o’zgarish turiga hamda magnit kallakka signal tokidan tashqari qo’shimcha magnitlaydigan o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok berilishiga qarab, magnitik yozishning bir necha usullari qo’llaniladi. Tovushni yozib olishda diktofon, magnitofon, tasvir va tovushni yozib olishda videomagnitofon va axborotni juda aniq magnitik yozishda aniq magnitik yozib olish apparatlaridan foydalaniladi.
Magnit kallaklar.Bir xil tuzilishdagi magnit kallaklardan foydalanib, ovoz magnit tasmaga yoziladi va qayta eshittiriladi hamda yozib olingan fonogramma o‘chiriladi. Masalan, yozib oluvchi magnit kallak izolatsiyalangan mis simli (chulg‘amli) g‘altaklardan iborat. G‘altaklar kuchli magnit maydoni vujudga keltiradigan tutashmagan halqasimon o‘zakka mahkamlangan(12.5 - rasm).
M ikrofondan klemmalarga keladigan ovoz chastotali o‘zgaruvchan tok yozib oluvchi kallak chulg‘ami bo‘ylab o‘tadi va ish tirqishida ovoz chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni hosil qiladi. Bu magnit maydonining kuchi va yo‘nalishi tasmaga ovoz yozib olish paytida tovush manbayiningovoz tebranishlariga monand o‘zgaradi.
Korpus (ekran) magnit kallakli magnitafon elektrodvigateli va transformatori hosil qiladigan tashqi magnit ta’siridan saqlaydi. Kallaklar yaxshi ekranlanmagan bo‘lsa,ovoz bilan birga o‘zgaruvchan tok foni ham eshitilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |