Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma
EHMning magnit xotirasi.Magnit disketalar va ularning qo’llanilishi
Download 1.44 Mb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- M agnit lentalari.
EHMning magnit xotirasi.Magnit disketalar va ularning qo’llanilishi.Tarix taraqqiyoti mobaynida axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. Bunda axborotni qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Agar axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish bilan cheklanish mumkin edi, biroq davrimiz axborotlari sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash va uzatish masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu axborotni makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning saqlanishi uni saqlovchi, tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq. Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat qiladi.
Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda ishlab chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatgina 1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan. M agnit lentalari. Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida magnit lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari o‘tgan asrda ishlab chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo‘lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — sirtiga magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq, musiqa)ni yozib olish va qayta eshittirish uchun foydalaniladi(12.6 - rasm). Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid, xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat plyonka ishlatiladi. Plyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bog‘lovchi modda, eritgich, plastifikator va magnit lentasi sifatini yaxshilaydigan qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi harorati 20±5°gacha bo‘lgan sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Magnit lentalari metall va bimetalldan tayyorlanadi. Lentaning eni va qalinligi uning nima maqsadda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 9–55 mkm bo‘lgan magnit lentasi ishlatilgan. Yupqa ishchi qatlami So–Ni (kobaltnikel), So–R (kobalt–fosfor) So–N–R (kobalt — azot — fosfor) va So–W (kobalt–volfram) qotishmalaridan iborat metall magnit lentalari ishlab chiqarilgan. Magnit lentasining ustunligi yozuvni amalga oshirishda va ayrim signallarni qabul qilishda sezgirligidan iborat. Ko‘p qatlamli magnit lentasi o‘z davrida juda keng tarqalgan. Bugungi kunda katta hajmli axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida kompakt – disklardan foydalaniladi (12.7 – rasm). Kompakt-disk («CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. CD disklar — bu compact disk so‘zlarining bosh harflaridan olib, nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optic yuzadan iborat, disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri130 mm. bo‘lganida) 1 Gbaytva (diskdiametri300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil etishga mo‘ljallangan. XULOSA Bugugi kunda foydalanib kelinayotgan adbiyotlar tahlili natijasidagi dastur asosidagi boblarning ketma – ketligi bo’yicha mavzulardagi quyidagi kamchiliklar aniqlandi va dissertatsiya ishida bu kamchiliklarni bartaraf etishga etibor qaratildi. M.X. O’lmasova “ Fizika” darsligining Kirish qismida: 1. Markaziy Osiyo buyuk allomalarining kashfiyotlari, fizik qonuniyatlarining fizika fanida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida yetarlicha to‘liq malumotlar bilan boyitilmaganligi; 2. Bugungi kunda O’zbekistonda fizika va texnika rivojiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan fizik olimlar, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida foliyat yuritayotgan akdemiklar va ularning fizika sohasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarning yetarli emasligi; Kinematika bobida: Kinematikaning vazifalari haqidagi ma’lumotlarning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi; Tezliklar nisbiyligi to’g’risidagi ma’lumotlarning yetarlicha mavjud emasligi bunday holatlar bashqa boblarda ham uchraydi A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonovadan iborat mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan darslikning I. Kinematika bobida: Tezliklarning nisbiyligi to’g’risida ma’lumot berilmaganligi Dinamika bobida: Jismlarning bir necha kuchlar ta’siridagi harakati. Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish va shu kabi bir qancha mavzular. XULOSA Joriy yilning 15 – martida qabul qilingan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tanishib chiqildi. Qarorda ta’lim jarayoni sifatini oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unda: akademik litsey o‘quvchilarining biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari va boshqa moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish; har bir akademik litseyda o‘quvchilarning individual qobiliyatidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil izlanishlariga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish; oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini akademik litseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktirish; oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishda ular tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha akademik litseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar tashkil etish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, tajribali professor-o‘qituvchilar ishtirokida doimiy mahorat darslarini o‘tkazish, akademik litsey o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi masalalar qamrab olingan. Bundan tashqari, qarorda akademik litseylar negizida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uchun zarur ustaxonalarni barpo etish va jihozlash, shuningdek, soatbay asosida akademik litseylarda faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida akademik litseylarda o‘qitish sifati va samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va maqsadli ta’limga yo‘naltirish, farzandlarimizning tanlangan mutaxassisliklarni puxta egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu maqsadlarni ko’zda tutgan holda ishlab chiqilgan fizika fanidan akademik litsey va kasb hunar kollejlarining o’quv dasturining tarkibi va mazmuni shu davrgacha amal qilib kelgan o‘n bir yillik umumta’lim maktablarining fizika dasturi tarkibi va mazmuniga yaqindir. Bunda 6-9-sinflarda o‘rganilgan fizik bilimlarning akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta’lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu o‘quv dastur materiali 160 dars soatiga mo‘ljallangan. Ajratilgan soatlar har bir bosh mavzu mazmunini o‘zlashtirishga, shu mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qishga, ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masala va test topshiriqlarini echishga, o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga mo‘ljallangan. Mazkur dasturga ko‘ra, 17 ta laboratoriya ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgisi bilan keltirilgan laboratoriya ishlariga almashtirish mumkin. Masalalar echish, laboratoriya ishlarini tashkillashtirish, ekskursiyaga borish, umumlashtirish va takrorlash darslarini uyushtirish o‘qituvchi ixtiyoriga beriladi. O‘qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o‘qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og‘zaki bayon qilish, masalalar echish, amaliy ish, ko‘rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o‘tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo‘llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo’yilgan talablar va uning mazmuni hamda chop etishga qo’yiladigan talablar bilan tanishib chiqildi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi va „0‘qituvchi“ nashriyoti tomonidan ana shu dasturlar talabiga javob beradigan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi va chop etildi. Jumladan: O.I Axmadjonov, R.B.Bekjonov, SH.M Kamolxo’jayev, H.A.Rizayev “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 1992 yil, N.M. Shaxmayev, S.N. Shaxmayev, D.SH. Shodiyev ,, Fizika” M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.S. No’monxo’jayev, M.A.Fattohov, B. Normatov , N.A. Nurmatov, K.A.Tursunmetov, A.M . Xudoyberganov ,, Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2005 yil va ho Biz bu magistrlik dissertatsiyasi ishida bugungi kunda AL VA KHK larida qo’llanilib lelinayotgan M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil kitoblarini o’rganilib, tahlil qilib chiqildi. Bugugi kunda foydalanib kelinayotgan adbiyotlar tahlili natijasidagi dastur asosidagi boblarning ketma – ketligi bo’yicha mavzulardagi quyidagi kamchiliklar aniqlandi va dissertatsiya ishida bu kamchiliklarni bartaraf etishga etibor qaratildi. M.X. O’lmasova “ Fizika” darsligining Kirish qismida: 1. Markaziy Osiyo buyuk allomalarining kashfiyotlari, fizik qonuniyatlarining fizika fanida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida yetarlicha to‘liq malumotlar bilan boyitilmaganligi; 2. Bugungi kunda O’zbekistonda fizika va texnika rivojiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan fizik olimlar, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida foliyat yuritayotgan akdemiklar va ularning fizika sohasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarning yetarli emasligi; Kinematika bobida: Kinematikaning vazifalari haqidagi ma’lumotlarning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi; Tezliklar nisbiyligi to’g’risidagi ma’lumotlarning yetarlicha mavjud emasligi bunday holatlar bashqa boblarda ham uchraydi A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonovadan iborat mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan darslikning I. Kinematika bobida: Tezliklarning nisbiyligi to’g’risida ma’lumot berilmaganligi Dinamika bobida: Jismlarning bir necha kuchlar ta’siridagi harakati. Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish va shu kabi bir qancha mavzular. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling